N. B. Goipova inkluziv ta’lim gospital ped a gogika




Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/85
Sana28.09.2024
Hajmi3,4 Mb.
#272809
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   85
Bog'liq
Inklyuziv ta`lim

Gretsiya 
Maxsus pedagog oddiy sinfda yordamchi rol o‘ynaydi, undan 
maktab xodimlarini o‘quvchida maxsus ta’limga muhtoj mavjudligi 
to‘g‘risida xabardor qilish talab etiladi. Maxsus pedagog ishi o‘quv-
chiga bevosita yordam berish va sinf o‘qituvchisiga maslahat berish-
dan iborat. Keyingisiga, xususan, o‘quv materialini tanlab olish va 
o‘quv rejasini differensiyalashda yordam ko‘rsatiladi. Undan tash-
qari, maxsus pedagog integratsiyalashgan o‘quvchining sinfdoshla-
riga uning muammolari to‘g‘risida axborot beradi, maktab va maxsus 
ta’limga muhtoj o‘quvchining oilasi o‘rtasida hamkorlik qilishni 
tashkil etishga ko‘maklashadi. Ta’lim yordami o‘quvchiga faqatgina 
maktab ichida ko‘rsatiladi. Maxsus pedagog bir vaqtning o‘zida bir 
necha maktabni otaliqqa olgan maxsus ta’lim masalalari bo‘yicha 
maktab maslahatchisi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik qiladi. 
Zaruriyat tug‘ilganda, maktabga ijtimoiy va psixologik yordam 
berilishi mumkin.U asosan Ijtimoiy ta’minot vazirligining tibbiyot-
pedagogik markazlari orqali beriladi. 


115
Daniya 
Umumta’lim maktablarida maxsus ta’limga muhtoj bolalarning 
ehtiyojlarini qondirish uchun mas’uliyat o‘qituvchiga yuklatilgan. Bu 
ehtiyojlarni psixolog-pedagogik xizmat belgilaydi; keyinchalik u 
o‘quvchining rivojlanishi orqasidan kuzatadi, uni o‘qitish dasturiga 
tuzatishlar kiritadi. O‘quvchini maxsus ta’limga yo‘llash to‘g‘risidagi 
masala o‘quv ishlari bo‘yicha mudir vakolatiga kiradi. 
Integratsiya holida bola turli yordam olishga umid qilishi 
mumkin: sinfda maxsus o‘qituvchi bilan maxsus ta’lim olish; sinfdan 
tashqarida “guruhda ta’lim olish” (agar o‘quvchi bir yoki bir necha 
fanlar bo‘yicha muntazam yordamga muhtoj bo‘lsa). O‘quvchi sinf 
o‘qituvchisi bilan kuniga bir necha soat hamkorlik qiladigan maxsus 
pedagogdan ham yordam olishi mumkin. O‘qituvchida o‘quvchiga 
tanaffuslar va darsdan tashqari tadbirlar paytida hamrohlik qiladigan 
assistent bo‘lishi ham mumkin. O‘qituvchi, maxsus pedagog va 
assistent yaqin hamkorlikda faoliyat ko‘rsatadi. 

Download 3,4 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   85




Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



N. B. Goipova inkluziv ta’lim gospital ped a gogika

Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish