110
imkoniyatini yaratadi. Biroq hozircha o‘quvchilar umumta’lim mak-
tabining standart talablariga javob berishi uchun hamkorlik ko‘pincha
ularga qo‘shimcha yordam tarzida tushuniladi. Bolada rivojlanish-
ning kichik kamchiliklari mavjud hollarda (bu kamchiliklarni bartaraf
etish ko‘zda tutiladi) “vaqtinchalik yordam” nazarda tutiladi. Uning
davomiyligi bir maktab pog‘onasida ikki yildan ortiq bo‘lmasligi
lozim.
Ta’limda o‘ziga xos qiyinchiliklarga ega yoki xulqida nuqson-
lari mavjud o‘quvchilar maxsus maktabdan umumta’lim maktabiga
o‘tish paytida yil mobaynida maxsus yordamni olib turadilar. Buzi-
lishlari jiddiy hisoblanadigan (masalan, karlik yoki ko‘rlik) o‘quvchi-
lar haftasiga 4 soat hajmida doimiy yordam olib turadilar. Flamandiya
hukumati maxsus ta’limga muhtoj (masalan, Brayl tizimi bo‘yicha
ta’lim oladigan) o‘quvchilar uchun oddiy maktablarda zarur texnik
jihoz va moslashtirilgan materiallarga harajatlarni o‘z zimmasiga
oladi.