100
ya’ni ulg‘ayotgan, o‘sayotgan individ atrof-olamni keng, differen-
satsiyalashgan va adekvat anglay boshlaydi. Bunday bo‘lishning
sababi vaqt o‘tishi bilan bolalar o‘zlarining ijtimoiy-ijtimoiy muxit-
larini o‘zgartirib, xarakat va muloqotga katta qiziqish bilan qaray-
dilar. Shuning uchun ham o‘quvchilarning xulq-atvorlarini nazorat
qilish emas, balki ularda o‘z-o‘zini boshqarish malakalarini rivojlan-
tirish kerak.
Yana bir shunga o‘xshash konsepsiya Brim konsepsiyasidir,
1975 yilda konsepsiya yuqoridagi fikrning davomi xisoblanadi, ya’ni
uning ta’kidlashicha xar bir insonning o‘z ta’lim dasturi, qonun-
qoidalari bor. Shuning uchun ham biror bir guruhning faoliyatida,
ularning qonun-qoidalarini o‘rganmay turib, ishtirok eta olmaymiz.
Shuningdek o‘quvchilar maktab qonun-qoidalarini o‘zlashtirib olish-
lari, o‘qituvchilar esa ularga o‘quv muassasining ijtimoiy va tashkiliy
tizimini mukammal o‘rgatishlari kerak.