N. B. Goipova inkluziv ta’lim gospital ped a gogika




Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/85
Sana28.09.2024
Hajmi3,4 Mb.
#272809
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   85
Bog'liq
Inklyuziv ta`lim

 
AQSH
da 1875 yildan 1914 yilgacha majburiy maktab ta’limi 
joriy qilingan edi. Shunga muvofiq ravishda aqli zaif xisoblangan va 
tarbiyasi og‘ir, kar, jismoniy nogironlar uchun maxsus sinflar tashkil 
qilingan edi. Bu vaqtda Milliy ta’lim assotsiatsiyasi maxsus ta’lim 
Departamentini tashkil qildi. Aqliy qobilyatni tekshirishga mo‘ljal-
langan testlar, psixologik nazariyalar rivojlandi, ishchi kuchi ko‘paya 
boshladi. Bu omillar maktab tizimiga ta’sir qila boshladi, ya’ni 
o‘quvchilar orasidagi individual farqlar va aniqlash va ularni o‘lchash 
tamoyillari tuzildi. 
60 – 70-yillarda nogiron o‘quvchilarning omadsizligida maktab-
ni aybdor hisoblab, maktablarga qarshi norozi ovozlar kuchaydi. 
Djeyn Merser 1971 yil tadqiqotlarida ta’kidlanishicha, xar bir 
ijtimoiy tizim insonga yangi tushunchalarni beradi, shuning uchun 
nogironlik ijtimoiy kelishuvlarning mahsuli hisoblanadi. 


101
1962 yilda Reyxolds va I.Denoning takliflari asosida “servislar 
kaskadi” degan tushuncha joriy qilindi. Bu shunday modelki, bu 
model asosida kasalxonada yoki uy sharoitida, maxsus maktab yoki 
maxsus sinflarda bilim olayotgan nogiron o‘quvchilarning, uningdek 
umumta’lim maktablardagi o‘quvchilarning xoxish-itsaklarini ino-
batga olgan holda turli qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatilishi ko‘zda 
tutiladi.
1977 yildagi “Hamma nogiron bolalar uchun ta’lim tizimi” 
haqidagi qonunda qo‘shimcha xizmatlar turi ko‘rsatilgan bo‘lib, bu 
xizmatlar o‘quvchilarni maxsus ta’limni olishlariga yordam beradi. 
Bunday xizmatlarga quyidagilar kiritilgan: transport, logoped, audo-
logiya, psixologiya, fizioterapiya, tibbiy xizmat, maktab shifokori 
yoki hamshirasi, ijtimoiy xodim, psixologlarni maslaxat berishi. 
1990 yillarda AQShda barcha nogiron bolalar uchun ta’lim 
haqidagi qonun ishlab chiqildi. Uning tamoyillari bilan individual-
lashtirilgan ta’lim, shu bilan birga nogiron ta’limi xaqidagi qonun 
ham ishlab chiqildi. M.Reynxolds 1989 yil maxsus ta’lim muxitini 
nogiron bolalarni ommaviy maktablarda ta’lim sharoitlarining yax-
shilanishi maxsus sinf va maktablarga yuborilayotgan bolalar soni-
ning kamayishiga olib keladi. Hozirda Amerikada maktablarni shun-
day qilishiga jamiyatning qiziqishi ortib bormoqda, chunki bunday 
maktablarga barcha o‘quvchilarni jalb qilish imkoni ortadi. 
Shu tariqa inklyuziya – bu ta’lim olishni tashkil qilishning 
shunday asosiki, bunda hamma o‘quvchilar o‘z tengdoshlari bilan 
birgalikda o‘zlarining yashash joylariga taaluqli bo‘lgan maktablarda 
ta’lim oladilar. 
Inkyuziya tushunchasi zamonaviy ta’lim siyosatiga Madlen Uill 
xonimning ta’lim siyosatidagi ishlari asosida kiritilgan. Uillning 
ta’kidlashicha, pedagoglar ko‘pchilik nogiron o‘quvchilar uchun 
“pull-out” xizmati samarasiz ekanligini ta’kidlashmoqda. “Pull-out” 


102
bu shunday xizmatki, sinfda dars olib o‘quvchilarni darsdan chiqib 
ketishlarini talab etadi. Gap shundaki, ko‘pincha maxsus sinflarga 
turli guruhlardagi o‘quvchilar: pedagogik qarovsiz bo‘lgan, nogiron, 
aqli zaif, xulqida qiyinchiligi bo‘lgan, diqqati tarqoq va giperaktiv 
o‘quvchilar yuborilar edi. Bundan tashqari tadqiqotchilar maxsus 
muassasalarga kelgan bolalar xech qachon ommaviy maktablarga 
qaytib kelmasligidan tashvishlanar edilar. Inklyuziv ta’limning asos-
lari shundan iboratki, nogiron o‘quvchilarni turli ehtiyojlarini qondi-
rishi kerak. Shunga ko‘ra bunday maktablarning oldiga qo‘ygan 
maqsadi shundaki, barcha o‘quvchilarga to‘laqonli ijtimoiy hayotida, 
jamoa ishlarida va maxalliy jamiyatda faol ishtirok etishda, shu 
jamiyatning bir a’zosi sifatida bir-biriga yordam berishga qaratilgan. 
Inklyuziv maktablar va sinflarda bolalarning turar joylari bo‘yicha 
o‘qitiladi. Bu tamoyillar shuni bildiradiki:
hamma bolalar o‘z turar joylaridagi maktablarning ta’lim va 
ijtimoiy hayotiga kiritilishlari kerak; 
inklyuziya – bu o‘quvchini boshidan ta’limga kiritish;
inklyuziv maktabning vazifasi shundan iboratki, xar bir bola-
ning ehtiyojini qondirish tizimini yaratish;
inklyuziv maktablarda nafaqat nogiron bolalarning, balki bosh-
qa bolalarning ham hayotda o‘z o‘rinlarini topishlariga, o‘zlariga 
ishonch xissini uyg‘otishlariga, hayotda muvoffaqiyatlarga erishish-
lariga yordam beriladi. 
Inklyuziv maktabning maqsadi hamma o‘quvchilarga ijtimoiy 
hayotda, jamoada va jamiyatda faol ishtirok etishga imkon yaratib 
berish va jamiyatning bir a’zosi sifatida bir-birlariga yordam berish, 
shu bilan birga to‘laqonli aloqalarni ta’minlashdan iborat.
5
Bu shun-
day bebaho qat’iy talabki, bunda hamma maktab va jamiyat a’zolari 
bir-biri bilan bog‘liq va o‘quvchilar nafaqat bir-birlari bilan ta’lim 
5
Ferguson, Meer, Jeanchild et al. 1992. 


103
jarayonida o‘zaro aloqada bo‘ladilar, balki auditoriyalardagi qabul 
qilinadigan jarayonlarda ham bir-birlarini qo‘llab-quvvatlaydilar.
6
Inklyuziv maktablarda ishlayotgan xodimlar, pedagoglar o‘z 
zimmalariga quyidagi majburiyatlarni oladilar: 
ularga biriktirilgan hamma o‘quvchilarni o‘qitish; 
ta’lim berishga oid masalalarni xal etish va ularning monito-
ringini tuzish; 
o‘ziga xos bo‘lgan ta’lim datsuriga muvofiq o‘qitishni ta’min-
lash; 
kutilayotgan natija bolalar erishayotgan yutuqlardan farq qilsa, 
dastur qismlarini moslashtirish; 
trli xil auditoriyalarda ishlashni bilish; 
o‘quvchilarni ta’lim jarayonida qo‘llab quvvatlash.
Tadqiqotchilarning qayd etishicha, inklyuziv o‘qituvchilarga 
aylangan pedagoglar “transformatsiya tajribasi”ni boshlaridan ke-
chirganlar. Bu tadrijiy transformatsiyaga: 
o‘z tengdoshlaridan farq qiluvchi o‘quvchilar bilan o‘zaro aloqa 
qilishni;
o‘quvchilarga ta’lim berish kerak bo‘ladigan malakalarni egal-
lamoqchi; 
tengdoshlaridan farq qiluvchi o‘quvchilarga nisbatan o‘z muno-
sabatlarini o‘zgartirmoqchi bo‘lgan o‘qituvchilar jalb qilinadi.
Inklyuziv ta’lim tizimida ishlab tajriba orttirayotgan o‘qituv-
chilar o‘quvchilarni qabul qilishning quyidagi usullarini ishlab chiq-
dilar:
nogiron o‘quvchilarni sinfdagi boshqa o‘quvchilar singari qabul 
qilish;
ularni ta’limga jalb qilish, faqat ularning imkoniyatlariga mos 
vazifa berish;
6
Sflisbury, Palombaro, Xolloivud 1993. 


104
o‘quvchilarni birgalashib ta’lim olishga va barcha vazifalarni 
guruh bo‘lib hal etishga jalb qilish; 
manipulyasiya, o‘yin, loyixa, labaratoriya, dala tadqiqotlaridan 
keng va faol foydalanish. 
Inklyuziv ta’lim jamiyatida o‘qituvchining rolini o‘zgartirmoq-
da. Lipski va Gartner fikricha, o‘qituvchi o‘quvchining faol ishla-
shiga ta’sir ko‘rsatadi. Ular o‘quvchilar bilan xar xil faoliyatda 
ishtirok etib, ularning xar birining individual xususiyatlarini bilib 
oladilar. Shu bilan birgalikda o‘qituvchilar o‘quvchilarning maktab-
dan tashqari paytdagi ijtimoiy munosabatlarida ishtirok etadilar va 
ota-onalari bilan keng ijtimoiy munosabatda bo‘ladilar. 
Pinnel va Gellovey inklyuziv ta’lim asosida maktablardagi 
sinflarni boshqarish va rivojlantirishning quyidagi printsiplar sitse-
masini ko‘rsatishgan:
o‘qituvchilar, o‘quvchilarni dars jarayoniga salmoqli xissa 
qo‘shayotganlarini tan olishmoqda; 
o‘quvchilarning biror narsalarni o‘rganishlari shunda sodir 
bo‘ladiki, qachonki o‘quvchilar o‘zlari biror nimani bilishga yoki uni 
o‘zgartirishga ehtiyoj sezishsa; 
o‘rganish, bu ma’lumot va malakalarning aloxida to‘plamlari 
emas, balki bir butun jarayondir; 
o‘qituvchilar, o‘quvchilarning o‘rganishlari ustidan ijtimoiy tu-
gal fikrni anglatuvchi sinf xonalari xokimligini tan olishadi;
o‘qituvchilar o‘quvchilarda bilimlarni o‘rganish va mutsaxkam-
lash kabi shaxsiy tushunchalarni rivojlantirishadi;
o‘qituvchilar sinflarda qanday voqea va xodisalarning sodir 
bo‘lishiga aloqadorlar va bu erda bo‘ladigan xodisalarga befarq bo‘la 
olmaydilar. 
Yevropa davlatlarida integratsiyalashgan – inklyuziv ta’lim 
muammolarini hal qilish, imkoniyati cheklangan bolalarga yordam 


105
berish, ko‘maklashish va maxsus ta’limni rivojlantirish bo‘yicha 
Yevropa agentligi tomonidan 1999 yilda chop etilgan ma’ruzasi bilan 
tanishtiramiz. 
Ushbu hujjatda 17 ta Yevropa davlatlarida integratsiya ta’limini 
tashkil qilish holati borasida fikr yuritiladi. Integratsiyalashgan ta’lim 
sohasida o‘z xohishiga ko‘ra karor qabul kilish tarafdorlari, xorijlik-
larning ijobiy tajribasiga ishora qiladilar. Ayni paytda ular ko‘pincha 
o‘zlari tomondan taklif etilayotgan keskin va jadal choralar (masa-
lalar) g‘arbcha yondashuvlarning o‘xshashi tarzida qarash mumkin 
emasligiga e’tibor bermaydilar, chunki ush bu masalalar zarur qonun-
chilik, iqtisodiy, kadrlar bazalarisiz amalga oshiriladi. Integratsiya-
ning ilg‘or modeli o‘ziga xos o‘quv joyining oddiy sinfi doiralaridagi 
yaratuvchanlik, fan o‘qituvchisiga qo‘shimcha ravishda ikkinchi 
pedagogni kiritish, infratuzilmaning o‘quvchi imkoniyatlariga mos-
lashish va yana ko‘p narsalar, ya’ni “maxsus mini maktab” sinfida 
o‘ziga xos tashkiliy ishlarni ko‘zda tutadi. YUNESKO vakili 
X.Olsenning so‘zlariga ko‘ra, “17 Yevropa mamlakatida o‘tkazilgan 
imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni o‘qitish bilan bog‘liq muam-
molarning tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, mabodo moliyalashtirish te-
gishli hajmda amalga oshirilmasa, integratsiya g‘oyasi amalda tatbiq 
etilishi haqiqatdan uzoq”. Maxsus ta’limni total ta’lim va ayni paytda 
Rossiya voqeligiga integratsiyalashmagan ta’lim bilan almashtirishga 
urinish, barcha bolalar huquqlari tengligiga erishish emas, balki 
imkoniyati cheklangan bolalarda ularning yo‘qolishiga olib keladi. 
Maxsus ta’limning davlat tizimi (MTDT) rivojlanishining oldin-
gi bosqichi yakunlanmaganligini nazarda tutgan holda, ommaviy va 
maxsus ta’lim tizimining haqiqiy, o‘zaro ta’sirini ta’minlovchi ta’lim 
integratsiyasi modelining milliy variantini ishlab chiqish zarur. Imko-
niyati cheklangan bolalarning katta qismining haqiqiy integratsiya-
sini ta’minlash fuqarolik jamiyatining iqtisodiy jihatdan gullab-


106
yashnashiga olib keladi. Ammo ayrim mamlakatlarda ham inte-
gratsiyalashgan ta’limning chorak asri mobaynida “Maxsus ehtiyojli 
bolalarga”(Children with Special Needs) pedagogik yondashish va 
yordamlashishning yagona modeli shakllanmadi. Milliy ma’ruza-
larga binoan ko‘pchilik Yevropa mamlakatlarida maxsus ta’limga 
muhtoj o‘quvchilar bilan ishlashda maktab o‘qituvchilari asosiy rol 
o‘ynaydi. Qo‘shimcha ta’lim yordami professionallar, asosan maxsus 
pedagoglar ko‘magida ta’minlanadi. Ularning ishini odatda mahalliy 
ta’lim boshqaruvi organlari tartibga soladi. 
Daniya va Shvetsiyada maxsus sinf (maktab) o‘quvchilari bilan 
faqatgina maxsus pedagoglar shug‘ullanadi. Italiyada bunday o‘quv-
chilar bilan maxsus pedagoglar bilan bir qatorda oddiy pedagoglar 
ham ishlashi mumkin, ayni paytda ularning bari maxsus ta’limga 
muhtoj o‘quvchilarning o‘qishi uchun mas’ul sanaladilar. Boshqa 
variantlar ham mumkin. Masalan, Fransiyada Adliya vazirligi qo‘l 
ostidagi xizmat maktab o‘quvchilariga yordam ko‘rsatadi. Integra-
tsiyalashgan o‘quvchilar mavjud Lyuksemburg maktablarida maktab 
o‘quv dasturlarini bilmasa ham, korreksion pedagogika va maxsus 
psixologiya sohalarida bilimga ega bo‘lgan “assistentlar” ishlaydi. 
Irlandiyada ijtimoiy xizmatlar maxsus ta’limga muhtoj maxsus 
ta’limga muhtoj o‘quvchilarga xizmat ko‘rsatishda bevosita qatna-
shadilar. Sog‘liqni saqlash bo‘yicha hududiy kengashlar tibbiy va 
ijtimoiy xizmatlarni moliyalashtiradilar. 
Internet ma’lumotlari asosida bugungi kunga qadar jahon 
miqyosida juda ko‘plab davlatlarda inklyuziv ta’lim tizimini joriy 
qilish borasida amaliy tajribalar olib borilayotganligi ham aniqlandi. 
Italiya, Norvegiya, Shvetsiya kabi mamlakatlar alohida ehtiyojli 
bolalarni umumta’lim muassasalariga to‘liq integratsiyalab, maxsus 
korreksion maktablarning yopilishiga erishdilar. Biroq maxsus eh-
tiyojli bolalarni umumta’lim tizimi sharoitiga qabul qilgan davlatlar 


107
jismoniy va ruhiy rivojlanishidagi kamchiliklarni korreksiyalash va 
kompensatsiyalashga yo‘naltirilgan qo‘shimcha ta’lim xizmatini 
ko‘rsatish ma’suliyatidan ozod etilmaydi. 
AQSh, Buyuk Britaniya, Daniya kabi bir qator mamlakatlarda 
maktab turini tanlash qonun tomonidan belgilanadi, ota-onalar esa 
ta’lim turini tanlashni yozma ravishda tasdiqlashi, ayrim hollarda 
asoslab berishlari lozim, deb topilgan. 

Download 3,4 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   85




Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



N. B. Goipova inkluziv ta’lim gospital ped a gogika

Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish