Resurs o‘qituvchining asosiy maqsadi:
umumta’lim muassa-
salarida ta’lim olayotgan maxsus ta’limga muxtoj o‘quvchilar va
ularning o‘qituvchilariga yordam ko‘rsatishdan iborat.
Resurs o‘qituvchi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
90
- har bir o‘quvchini qaysi darajadagi yordamga muhtojligini
aniqlash va ularning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda muntazam
ravishda ular bilan uchrashish;
- o‘quvchilar bilan yakka tartbda ishlash, individual rejalardan
kelib chiqqan holda ularni kuzatish, o‘quv dasturiga moslashishiga
yordam berish, o‘qitish va baholash;
- sinf o‘qituvchilariga o‘quvchilarning maxsus ehtiyojlari va
qobiliyatlariga oid ma’lumotlarni berish;
- sinf o‘qituvchilarini individual o‘quv rejalari bilan tanishtirish
va ular bo‘yicha maslahatlar berish;
- muntazam ravishda o‘quvchilarning erishayotgan muvaffaqi-
yotlarini muhokama qilish va baholash;
- maktab jamoasining boshqaruv xodimlari va ota-onalar bilan
hamkorlikda ishlash;
- zarurat tug‘ilsa, o‘quvchilarni boshqa yordam ko‘rsatuvchi
uyushmalarga taklif etish (masalan, seminarlarga, shifokorlarga);
- o‘qituvchilar hamda o‘kuvchilar bilan individual ravishda olib
boriladigan faoliyatlarni qayd etib borish;
- standart o‘quv reja talablariga javob bermaydigan vaziyatlarda
har bir o‘quvchiga individual o‘quv reja tuzishga ko‘maklashish;
- o‘zgaruvchan ehtiyojlardan kelib chiqqan holda individual
o‘quv rejalarni yangilash va baholash;
- mavjud barcha resurslar (o‘quv adabiyotlar, o‘qitish quril-
malari va boshqa asboblarni hujjatlashtirish va ular ro‘yxatini tuzish.
Maktablararo qatnab yuruvchi resurs o‘qituvchi o‘z vazifa va
maqsadlaridan kelib chiqqan holda ish rejasini o‘z tuzishda
quyidagilarni hisobga olishi kerak:
Maktablararo qatnab yuruvchi resurs o‘qituvchilarning maxsus
ta’lim olishga bo‘lgan talablariga javob beradigan yordamlarni
ko‘rsatish;
91
Sinf o‘qituvchisi bilan birgalikda individual dasturlarni yaratish
va uni baholash;
O‘qituvchilar muhtoj bo‘lgan xizmatlarni amalga oshirish;
Bolaning o‘qituvchisi yoki maktabi almashganda u haqidagi
ma’lumotlarni yetkazib berishni boshqarish;
Yangi kelgan o‘qituvchilarning ehtiyojlarini anglash va qondi-
rish;
Maxsus ta’limga muxtoj bo‘lgan oddiy sinflarga o‘qituvchilar-
ning moslashishiga yordam berish;.
Agar kerak bo‘lsa sinfdan tashqarida individual va guruhlarga
asoslangan ko‘rsatmalarni berish;
Individual dasturlarni muvaqqiyatli bo‘lishini boshqarish;
Maxsus ta’limga muhtoj bolalarni maktabning jismoniy muhi-
tiga jalb etishda ularning shu muhitga moslashishiga yordam beruv-
chi maktab boshqaruvi;
Maxsus yordamchi vositalar va qo‘llanmalarga bo‘lgan talabni
o‘rganish va ulardan foydalanishni boshqarish;
Inklyuziv ta’limni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Maktablararo qatnab yuruvchi resurs o‘qituvchi faoliyat yurit-
masligi, ko‘p vaqtini yo‘lda samarasiz sarflamasligi juda muhimdir.
Resurs o‘qituvchi nogiron bolalarning darslaridagi qiyinchilik-
larni va ehtiyojlarini muhokama qiladi. Vaqti-vaqti bilan u joylarda
olib borilayotgan o‘qituvchilar treningida nogironlik muammosi
bo‘yicha maslahat va ko‘rsatmalar berib boradi. Masalan, nogiron
bolaning nuqson xususiyatlarini, darajalarini aniqlash, individual
psixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha metodik tavsiyalar
berish kabi.
Ta’lim olishda qiyinchiligi bo‘lgan bolalarni imkoniyatini
ta’lim siyosatida e’tiborga olish juda muxim. Ta’lim siyosati
inklyuziv ta’limni rivojlantirish maqsadida moliyaviy ta’minotga
92
e’tibor karatish zarur: maxsus ta’lim va umumta’lim maktablari
urtasidagi tusiklarni bartaraf etish chora-tadbirlari; statistik ma’lu-
motlar buyicha nogironlarni inklyuziv maktablarda ta’lim olishni
joriy qilish; maxsus infra-strukturalar, masalalar, texnik vositalardan
foydalanishga imkoniyat yaratish ham ta’lim siyosatining ajralmas
kismidir.
Inklyuziv ta’lim jamoaviy ish bo‘lib, javobgarlik butun maktab
jamoasi buyniga yuklatiladi. Bunda sinf rahbari yordam ko‘rsatuvchi
bo‘lib asosiy rol o‘ynaydi. Ta’lim siyosati uni tartibga soladi. Bu kabi
yordamlar turli xil shakllarda bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga
oladi:
- sinf o‘qituvchisiga maslahat va yordam berish;
- maxsus o‘qitish qo‘llanmalari va yordamchi materiallar bilan
ta’minlash:
- ota-onalar, ko‘ngillilar yoki katta o‘qituvchilar tomonidan
mavjud bo‘lgan yordamlarni ta’minlash;
- o‘quv reja, dars jadvali, baholash mezolariga moslashtirish va
o‘zgarishlarga ko‘niktirish masalalarini shakllantirish;
- o‘qituvchilar malakalar va bilimlarini oshirish uchun sharoit
yaratish;
- faol qo‘llab-quvvatlovchi rahbar va shu kabilarni o‘z ichiga
olgan ijobiy maktab muhitini tashkil etish va ta’lim jarayonida
do‘stona munosabatni shakllantirish;
- ma’muriyatga bolalarni aniqlash va baholashda yordam
kursatish;
- ijtimoiy, psixologik va sog‘liqni saqlash xizmatlarini muvofiq-
lashtirish kabi ishlarni amalga oshirishdan iborat.
Ushbu ta’lim tizimida bolalarni nuqsonlarini aniqlash ularni
muolaja-reabilitatsiya qilish, korrektsion-pedagogik omillarni amal-
ga oshirish bo‘yicha tegishli mutaxassislar (maxsus resurs pedagog-
93
lar, psixologlar, tibbiyot xodimlari, ota-onalar va boshqalar) munta-
zam ravishda maktab pedagoglariga bevosita yordam berishlari
kerak.
Inklyuziv ta’lim nogironlarning ijtimoiy tengdoshlari bilan bir
qatorda ta’lim olishini ta’minlaydi, (agarda ularning rivojlanishida
jiddiy sabablar bo‘lmasa) muntazam maktablarga qabul qilishini
nazarda tutadi.
O‘ta murakkab nuqsonli bolalar ayrim hollarda maxsus mak-
tablar va maxsus reabilitatsiya markazlari yoki muntazam maktablar
qoshidagi maxsus sinflarda korrektsion dasturlar yordamida ta’lim
oladilar. Ushbu maktablarda ta’lim ta’minoti albatta bolaning
zaruriyatni e’tiborga olgan holda amalga oshirish ko‘zda tutiladi.
Muntazam ta’lim jarayoni imkoniyati cheklangan bolaning
shaxsiy xususiyatlariga ko‘ra yakka tartibda korrektsion metod va
moslashtirilgan o‘quv reja, dasturlar va boshqa omillardan foyda-
lanib, atrofdagi jamoatchilik bilan birgalikda o‘qitishning turli shakl-
larini tashkil qilish hamda maxsus yordamchiapparatlar, (eshitish
apparatlari, linza, lupa, nogironlar aravachalari) turli xil texnik
vositalar va maxsus ko‘rgazmali qurollarni qo‘llash asosida amalga
oshirishni nazarda tutadi. O‘z navbatida maxsus ta’lim muassasalari
pedagoglari joylarda umumta’lim o‘quvchilari, ota-onalar, davlat va
nodavlat jamoa tashkilotlari uchun maslahat bo‘limlari va resurs
markazlar bo‘lib faoliyat ko‘rsatish kerak.
Alohida yordamga muhtoj bolalarni ayrimlarini umumta’lim
muassasalarida o‘qitish uchun davlat tomonidan quyidagi shart-
sharoitlarni yaratish lozim:
- nogironlikni erta tashxic qilish;
- mutaxassislar tayyorlash;
- umumta’lim muassasalari binolarini qurishda nogironlar
uchun moslashtirilgan barcha shart-sharoitlar (inshoatlar)ni yaratish;
94
- korrektsion yordamni amalga oshirish uchun reabilitatsiya
markazi tarmog‘ini ko‘paytirish;
- ayrim nogiron bolalarni umumta’lim sharoitida o‘qitishni
tashkil etish maqsadida umumta’lim pedagoglarini malakasini
oshirish, qayta tayyorlash kurslaridan o‘tkazish va ularni maxsus
yordamchi vositalar, o‘quv metodik adabiyotlar, uslubiy qo‘llanmalar
bilan ta’minlash, shuningdek maktabda turli dasturlar yordamida
ta’limni tashkil etish;
- barcha bolalar uchun ta’lim sharoitini yaratish va ta’lim
samaradorligini oshirish.
Inklyuziv ta’lim asosan umumta’lim maktablarining oddiy
sinflarida va o‘quvchilar yashash joyiga yaqin bo‘lgan umumta’lim
maktablarida olib boriladi, ta’limning rasmiy va norasmiy turlarini
tashkil etishning ilg‘or ish tajribalarini rivojlantiradi.
|