• 2.3. INKLYUZIV TA’LIM BO‘YICHA CHET EL TAJRIBASI
  • N. B. Goipova inkluziv ta’lim gospital ped a gogika




    Download 3,4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet27/85
    Sana28.09.2024
    Hajmi3,4 Mb.
    #272809
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   85
    Bog'liq
    Inklyuziv ta`lim

     
     
     
     
    Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
    1.
    Imkoniyati cheklangan bolalarni inkluziv ta’lim 
    muassasalarida o‘qitishda maktab va maktab raxba-
    riyatini vazifasi va roli haqida ma’lumot bering. 
    2.
    Inklyuziv ta’limda samaradorligini oshirishda resurs 
    o‘qituvchining o‘rni aytib bering. 
    3.
    Resurs pedagogning maqsadi va vazifalarini yoritib 
    bering. 
    4.
    Resurs pedagogning ish rejasini tushuntirib bering. 


    95
    2.3. INKLYUZIV TA’LIM BO‘YICHA CHET EL TAJRIBASI 
    Inklyuziv ta’lim boʻyicha xorijiy tajribalar tahlil qilinganda, 
    masalan, Rossiya Federatsiyasida oʻqituvchini imkoniyati cheklan-
    gan bolalar ta’limiga tayyorlashning asosiy yoʻnalishlari “Umum-
    ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari kasbiy darajasini oshirishning 
    kompleks dasturi”da (2014 y.) aks ettirilgan boʻlib, bugungi kunga 
    qadar ushbu kasbiy standart pedagogik ata’lim sohasi boʻyicha 
    kadrlar tayyorlash tizimi malaka talablarini ishlab chiqishda asos 
    sifatida qoʻllanilib kelinmoqda. 
    Ushbu davlatning bir qator oliy ta’lim muassasalarida oliy 
    kasbiy ta’lim standartlariga muvofiq pedagoglar va inklyuziv ta’lim 
    sohasidagi mutaxassislarni “Psixologik-pedagogik ta’lim” yoʻnali-
    shida tayyorlab kelinmoqda. Bugungi kunda imkoniyati cheklangan 
    bolalarni normal rivojlanayotgan tengqurlari bilan teng ta’lim jarayo-
    niga jalb qilishga zaruratni hozirgi kunda ta’minlash zarur. Sruning 
    uchun inklyuziv ta’lim rivojlanishining hozirgi bosqichida uni 
    amalga oshirish uchun pedagoglarni tayyorlashda hududiy xalq 
    ta’limi boshqarmalari metodik xizmati, OTMlari darajasida ta’lim 
    klasteri tizimiga alohida rol ajratiladi. Xalqaro mutaxassislar orasida 
    “inklyuziv ta’lim” atamasi 1994 yilda Nogironlar huquqlari toʻgʻri-
    sidagi Konvensiya va Alohida ehtiyojli shaxslar ta’limi sohasidagi 
    tamoyillar, siyosat va amaliy faoliyat toʻgʻrisidagi Salamanka dekla-
    ratsiyasida rasmiy qabul qilingan edi. Oʻzbekiston Respublikasida 
    ta’lim sohasidagi amaliyotga inklyuziv ta’lim gʻoyalarini joriy qilish 
    bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar, jumladan, ... va boshqalar bilan 
    mustahkamlab qoʻyilgan. 
    “Inklyuziya”, “inklyuziv ta’lim” atamalari keng qoʻllanishiga 
    qaramasdan, ushbu tushunchalarning mohiyatini aniqlash masalasi 
    hozirgacha bahsli boʻlib qolmoqda, bu bizning fikrimizcha, tadqi-


    96
    qotchilarning ushbu fenomenga har turli metodologik yondashuvlari 
    bilan bogʻliq. Ta’lim sohasida inklyuziv yondashuvning evolyusiyasi 
    jamiyatning nogironlik toʻgʻrisidagi tushunchasi oʻzgarishiga asos-
    langan edi: XX asrning 1960-yillari oʻrtasigacha mavjud boʻlgan 
    salomatlik imkoniyati cheklangan odamlarni ajratib qoʻyishni nazar-
    da tutuvchi tibbiy model oʻrniga XX asrning 1980-yillari oʻrtasigacha 
    davom etgan normallashtirish modeli keldi. Bu model salomatlik 
    imkoniyati cheklangan odamlarni jamiyatga integratsiyalashni nazar-
    da tutar edi. Hozirgi vaqtda salomatlik imkoniyati cheklangan bola 
    ta’limidagi toʻsiqlar va muammolar jamiyat ta’lim tizimining atrof-
    dagi odamlar bilan oʻzaro munosabatlari nomukammalligini keltirib 
    chiqarishi mumkin boʻlgan ijtimoiy modelga oʻtish tendensiyasi 
    kuzatilmoqda.
    N.V.Borisova, S.A.Prushinskiy ta’kidlaydilarki, inklyuziv 
    ta’lim tayanadigan ijtimoiy modelga koʻra, “nogironlikning sababi 
    faqat kasallikning oʻzida emas, balki jamiyatdagi mavjud jismoniy 
    (ijtimoiy tuzilmalar va tartiblarga doir) va tashkiliy (munosabatlarga 
    doir) toʻsiqlar, stereotiplar va notoʻgʻri qarashlardir.”
    S.V.Alexinaning fikricha, “inklyuziya – ijtimoiy munosabat-
    larni insonparvarlashtirish va imkoniyati cheklangan shaxslarning 
    birgalikda sifatli ta’lim olishga huquqlarini tan olish maqsadlarini 
    tushunishning bir xil ma’noda boʻlishini nazarda tutuvchi ijtimoiy 
    konsepsiya” hisoblanadi. Inklyuziv ta’limni eng umumiy tarzda 
    ta’lim siyosati va amaliyotining umumiy ta’lim asoslariga eng koʻp 
    darajada tegishli boʻlgan yangi istiqbolli strategik yoʻnalishi sifatida 
    belgilanadi. Inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirishning xalqaro 
    tajribasi uzoq muddatli izchil, uzluksiz, bosqichma-bosqich va komp-
    leks yondashuv xususiyatiga ega strategiya sifatida 1960 yillardan 
    hozirgi kunlargacha amalga oshirilmoqda. 


    97
    Xorijda inklyuziv ta’limni joriy qilish tajribasining tahlili 
    koʻrsatdiki, uning rivojlanishi turli mamlakatlarda nogiron bolalar-
    ning ta’lim olish huquqlarini amalga oshirishga, me’yoriy-huquqiy 
    hujjatlarni ishlab chiqish va manfaatdor doiralarda inklyuziyani 
    tashkil qilish muammolarini muhokama qilishga yoʻnaltirilgan fuqa-
    rolik munosabatining shakllanishidan boshlangan. 
    N.N.Malofeyevning fikricha, faqat shu bosqichlardan keyingina 
    inklyuziv ta’lim gʻoyalarini amaliyotga tatbiq qilishga oʻtish amalga 
    oshirildi. Inklyuziv ta’limni joriy qilish jarayonida toʻsiqlarsiz mu-
    hitni tashkil qilish qiyinchiliklarigina: panduslar borligi, maktabning 
    bir qavatli dizayni, umumiy foydalanish joyla
     
    rini qayta jihozlash, 
    shtatlar jadvaliga mutaxassis defektologlarni kiritishgina emas, balki 
    “keng tarqalgan stereotiplar va notoʻgʻri tushunishlar, shu jumladan, 
    oʻqituvchilar, oʻquvchilar va ota-onalarning integratsiyaga tayyorligi 
    yoki rad etishidan iborat” ijtimoiy xususiyatli qiyinchiliklar ham 
    mavjud. Shu munosabat bilan inklyuziv ta’lim gʻoyalarini amaliyotga 
    joriy qilish, birinchi navbatda, maktab jamoasi tomonidan inklyuziya 
    qadriyatlarini tan olish, har bir bolani uning “boshlanishdagi” imko-
    niyatlaridan qat’iy nazar, rivojlanishga ehtiyojini amalga oshirish, 
    individuallikni qoʻllab-quvvatlash zarurligini tushunish bilan bogʻliq 
    ta’lim muaassasasining inklyuziv madaniyatini yaratishni nazarda 
    tutadi. 
    T.But va M.Eynskouning fikrlaricha, “oʻtkaziladigan islohotlar 
    va oʻzgartirishlarning asosi hisoblanadi ..., hamkorlikda ishlash 
    gʻoyalariga qoʻshilishadigan, oʻzining barcha ishtirokchilari rivojla-
    nishini ragʻbatlantiradigan ..., xavfsiz va murosali jamoani yaratishga 
    yordam beradi, ta’lim va oʻqitish siyosati va amaliyotini oʻzgar-
    tiradi.” Inklyuziv madaniyat kasbiy pedagogik faoliyat jihatidan 
    kasbiy pedagogik madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanadi va 
    olimlar tomonidan “inklyuziv ta’lim qadriyatlari va texnologiyalarini 


    98
    yaratish va oʻzlashtirishga yordam beruvchi, bilimlar, koʻnikmalar, 
    ijtimoiy-shaxsiy va kasbiy kompetensiyalar tizimini integratsiyalov-
    chi, pedagogga inklyuziv ta’lim sharoitida samarali ishlash imkonini 
    beruvchi integratsiyalashgan shaxsiy sifat” deb belgilanadi. Tadqi-
    qotchilar ta’kidlaydilarki, “inklyuziv madaniyatning rivojlanishi 
    uchun imkoniyati cheklangan bolalarning oʻzlari va ularning ota-
    onalari ta’lim sharoitlari va natijalari uchun mas’uliyatni oʻzlariga 
    olishda faol boʻlishlari prinsipial jihatdan muhim”. Oʻzbekistonda 
    bolalar baxtiyor, jipslashgan jamoa boʻlib kamol topishi uchun 
    hamma sharoitlar yaratilgan. 
    Juda ko‘plab davlatlarda maxsus yordamga muhtoj bolalarni 
    yuqori natijali kamol toptirishda kompensator imkoniyatlarni rivoj-
    lantirish hamda ijtimoiy moslashtirishni to‘laligicha yo‘lga qo‘yish 
    maqsadida umumta’lim maktablarida ta’lim berish ilmiy va amaliy 
    davlat siyosati rejasiga kiritildi. “Ta’lim tizimi shunday bo‘lishi 
    keraki deb yozadi L.S.Vigotskiyning fikricha nuqsonli bolaning 
    tarbiyalashning vazifasi boladagi nuqsonlarni kompensatsiya qilish 
    va uning hayotga integratsiyasini ta’minlash deb xisoblaydi va 
    buning uchun shunday ta’lim tizimini yaratish kerakki maxsus 
    yordamga muxtoj bola o‘qish jarayonida xar tomonlama rivojlansin. 
    Ya’ni, L.S.Vigotskiy umumiy va maxsus ta’limni uyg‘unlashtira-
    digan ta’lim tizimini tashkil etish – maxsus yordamga muhtoj bola-
    larni umumta’lim tizimida o‘qitishni e’tirof etgan.
     
    Bir qator chet mamalakatlarning tajribasini o‘rganish jarayonida 
    bizga shu narsa ma’lum bo‘ldiki, taxminan 1970-yillardan boshlab 
    nogironlarning ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida nor-
    mativ aktlar paketi ishlab chiqildi va joriy qilinmoqda. Shunday 
    qonunlarni va boshqa shunga o‘xshash hujjatlarni hayotga tadbiq 
    etish, sog‘lom bolalar bilan nogiron bolalarni huquqjihatidan barobar 
    ko‘rishning kompleks chora-tadbirlarida ifodalanmoqda. Bu imtiyoz-


    99
    lar tartibi sog‘lom bolalar bilan nogiron bolalarning jamiyatda bir xil 
    imkoniyatlarga ega bo‘lishlariga yordam beradi.
     
    AQSh va Yevropa ta’limi siyosati tarixi davomida o‘zlarining 
    bir qancha rivojlanish yo‘nalishlarini ishlab chiqdilar: 
    maktab desegregatsiyasi; 
    ta’limga kirish imkoniyatlarini kengaytirish
    meynsriling; 
    integratsiya; 
    inklyuziya. 

    Download 3,4 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   85




    Download 3,4 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. B. Goipova inkluziv ta’lim gospital ped a gogika

    Download 3,4 Mb.
    Pdf ko'rish