1.4. INKLYUZIV TA’LIMNING HUQUQIY ASOSLARI
Oʻzbekistonda nogironlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvat-
lash, tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish, hayot sifatini yaxshilash
tizimini takomillashtirish, ularga ta’lim olish va ishga joylashishda
har tomonlama koʻmaklashish boʻyicha qator ishlar amalga oshirilib,
xalqimizga xos boʻlgan mehr-shafqat hamda ezgulik tuygʻularini
hisobga olgan holda nogironlarning muhim ehtiyoj va talablariga
alohida e’tibor qaratilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti-
ning 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “Oʻzbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”,
2017 yil 1 dekabrdagi PF-5270-son “Nogironligi boʻlgan shaxslarni
davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillash-
tirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”, 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son
“Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1.
Inklyuziv ta’lim asoslari nimadan tashkil topgan?
2.
Inklyuziv ta’lim qanday ta’lim turini amalga oshiradi?
3.
Inklyuziv ta’lim madaniyati deganda nimani tushunasiz?
4.
Inklyuziv ta’lim muammolari qaysi jaroyonda namoyon
bo‘ladi?
71
toʻgʻrisida”, 2020 yil 6 noyabrdagi PF-6108-son “Oʻzbekistonning
yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivoj-
lantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi farmonlari, 2020 yil 13 ok-
tyabrdagi PQ-4860-son “Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga
ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbir-
lari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka-
masining 2021 yil 12 oktyabrdagi 638-son “Alohida ta’lim ehtiyojlari
boʻlgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ huquqiy hujjatlarni
tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Preziden-
tining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli «2022 – 2026-yillarga
mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘ri-
sida»gi farmoni hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-
huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish muhim
ahamiyatga ega.
Inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish bo‘yicha qator normativ-
huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Mazkur hujjatlarda jamiyatimizning bir bo‘lagi bo‘lgan maxsus
yordamga muhtoj bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga
ta’lim-tarbiya berish, ularning sog‘lom bolalar qatoridan o‘rin olib
o‘z qobiliyati, imkoniyatlarini ko‘rsata olishiga, ma’naviy kamol
topishiga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab berilgan.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil
5 sentyabrdagi "Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyil-
larini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-3931-son qarorida
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ijtimoiy kafolatlarini
ta’minlovchi chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ular-
ning ta’lim-tarbiya (shu jumladan, inklyuziv ta’lim-tarbiya) olishiga
xizmat qiladigan moslashuv muhitini yaratish bo‘yicha alohida
vazifalar qayd etib o‘tilgan.
72
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil
29 apreldagi PF-5712-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kon-
sepsiyasida
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ko‘rsatila-
digan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha:
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’lim oladigan ta’lim
muassasalari binolariga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish va
tasdiqlash;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ta’lim
muassasalarini zarur adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasb-
larga o‘qitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta’minlashga qaratilgan
chora-tadbirlarni amalga oshirish;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish uchun ink-
lyuziv ta’lim tizimini tashkil etish, umum ta’lim muassasalarini
maxsus moslamalar (ko‘tarish qurilmasi, pandus, tutqich va bosh-
qalar), shuningdek tegishli kadrlar (maxsus pedagog, bolalarni ruhiy-
pedagogik kuzatish bo‘yicha mutaxassislar) bilan ta’minlash;
jamoatchilik o‘rtasida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar-
ning bilim olish huquqi, inklyuziv o‘qitishning mazmun-mohiyati
haqida tushuntirish ishlarini olib borish;
o‘quvchilarning jismoniy va aqliy talab-ehtiyojidan va ta’lim
muassasalarining geografik joylashuvidan kelib chiqqan holda alohi-
da ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ta’lim muassasa-
larini optimallashtirish;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning moslashishi va
integratsiyasi uchun maktab-internatlarni bosqichma-bosqich maxsus
jihozlar bilan ta’minlash;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan har bir bolaning inklyuziv
ta’lim olish huquqini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amal-
ga oshirish kabi vazifalar belgilangan.
73
“Zamonaviy maktab”larni qurishda ushbu maktablarda alohida
ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish uchun zarur shart-
sharoitlarni yaratish, ular uchun maxsus infratuzilma bo‘lishi va
jihozlanishini ta’minlash maqsadida inklyuziv ta’limni tashkil etish
bo‘yicha “Zamonaviy maktab”ga qo‘yiladigan me’yoriy talablar
loyihasi ishlab chiqildi.
Bundan tashqari, alohida ta’lim olish ehtiyoji boʻlgan bolalar va
ularning ota-onalariga korreksion pedagogik yordam olishida va
kasbga yoʻnaltirishda ta’lim muassasalari har tomonlama yordam
koʻrsatishi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12-oktyabrdagi 638-son
qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarida
inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomda belgilab
berilgan.
Imkoniyati cheklangan bolalar bilan olib boriladigan korreksion
tarbiyaviy ishlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirib
borish zamon talabidir.
Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan yordamga
muhtoj bolalar davlatimizning teng huquqli a’zolari. Ularni uzluksiz
ta’lim tizimidagi barcha muassasalarda hamma qatori ta’lim olishi va
tarbiyalanishini ta’minlash bizning asosiy vazifalarimizdan biridir.
Insonlarning nogironlarga nisbatan munosabatini oʻzgartirish,
atrofdagilarni ularning jamiyatda toʻliq va teng huquqli ishtiroki
haqida xabardor qilish nogironlarning dolzarb muammolarini hal
etishda oʻta muhim ahamiyatga ega. “Nogiron” tushunchasini
muomaladan chiqarish va uning, eng avvalo, inson ekanligini hisobga
olgan holda umume’tirof etilgan “nogironligi boʻlgan shaxs”
atamasini kiritish va BMTning Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi
konvensiyasini ratifikatsiya qilishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha
amaliy chora-tadbirlar tashkil etilishi ham quvonarlidir. Oʻzbekiston
Respublikasining «Bola huquqlari kafolatlari» haqidagi Qonuni har
74
bir bola oʻz oilasida tarbiyalanish huquqini kafolatlaydi, bola huquq-
larini himoya qilish boʻyicha davlat siyosatini belgilaydi, davlat
organlarini bola huquqlarini ta’minlash boʻyicha kafolatlarini
belgilaydi.
BMTtomonidan 1948 yilda qabul qilingan “Inson huquqlari
umum jahon Deklaratsiyasi”da “Ta’lim olish har bir insonning asosiy
va ajralmas huquqi” ekanligi alohida e’tirof etilgan. “Inson huquqlari
umum jahon Deklaratsiyasi” barcha insonlarning huquq va erkinlik-
larini kafolatlar ekan, bu Deklaratsiyaning barcha bandlari maxsus
ehtiyojli insonlarga ham tegishliligi aniqlandi. Nogiron shaxslarning
huquqlarini yanada mustahkamlash va kafolatlash maqsadida BMT
1975 yilda “Nogiron shaxslar huquqlari to‘g‘risida”gi Deklaratsiyani
qabul qildi. Mazkur Deklaratsiyada ta’kidlanishicha:
Xuddi shunday bolalarni huquqlarini muhofaza qilish maqsa-
dida BMT 1989 yilda “Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konve-
nitsiya”ni qabul qildi. “Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya”
bolalarning huquqlarini hamma joyda himoyalash maqsadida ishlab
chiqilgan inson huquqlari borasidagi halqaro shartnoma hisoblanadi.
U qariyb butun jahon mamlakatlari tomonidan ratifikatsiya qilingan.
Konvensiyani ratifikatsiya qilgan 191 mamlakat ko‘ngilli tarzda
zimmalariga “Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” qoidala-
rini ma’muriy qonunchilik, sud va boshqa chora-tadbirlar yordamida
“Nogironlar shaxsiyatini hurmat qilish huquqi ularda tug‘ilishi
bilan mavjud bo‘ladi. Nogironlikning kelib chiqishi, tabiati va
jiddiylik darajasidan qat’iy nazar, fuqaro o‘z yoshidagi teng-
doshlari bilan bir xil huquqlarga egadirlarkim, shu bilan birga
ular mumkin qadar to‘laqonli yaxshi hayot kechirish huquqiga
ham ega” (“Nogiron shaxslar huquqlari to‘g‘risida”gi Dekla-
ratsiya, 3-modda).
75
hayotga tatbiq etish majburiyatini oldilar. “Bolalar huquqlari to‘g‘ri-
sidagi Konvensiya” kompleks va ko‘p qirrali xarakterda bo‘lib, bu
barcha bolalar uchun inson huquqlarining fuqarolik, siyosiy, iqti-
sodiy, ijtimoiy va madaniy singari jabhalarni qamrab olgan yagona
Konvensiyadir.
Nuqsonli bolalarning o‘quv imkoniyatlari asosiy o‘rinda turadi.
Barcha nuqsonli bolalarning nuqsonlarini erta aniqlab ta’limga jalb
qilish imkoniyatini topmoq kerak. Shunday qilib, yuqorida keltirilgan
barcha huquqiy me’yoriy hujjatlar, xalqaro forum Konferensiyalar
asosida maxsus ehtiyojli bolalar ham jamiyatning to‘laqonli va teng-
huquqli a’zosi ekanligi e’tirof etilib, ular ta’limida alohida yangicha
yondashuv maydonga keldi. Ushbu ta’lim shakllari inklyuziv va
integratsion ta’lim deb ataldi.
“Nogiron shaxslar huquqlari to‘g‘risida”gi Deklaratsiyaning
mazmunidan shu narsani tushunish mumkinki, nogiron fuqarolar
uchun jamiyat hayotida to‘liq ishtirok etish kafolatlanadi. Ammo
mazkur dekloratsiyada nogiron bolalar, ularning ta’lim olish imko-
niyatlari va barcha davlatlar tomonidan imkoniyati cheklangan bola-
larning huquqlari batafsil yoritilganligi aniqlandi. Bu xususda
Suleymenova R.A. fikricha “Agarda nogiron bolalarning uzjamoalari
va butun jamiyati ijtimoiy hayotiga jalb etish imkoniyatlari radetil-
saularning imkoniyatlari keskin kamayadi” degan fikrni bildirdi.
“Ta’limning uzluksizligi, yangi global iqtisodiyotning kalitidir.
Ta’lim rivojlanish, ijtimoiy taraqqiyot va inson ozodligi uchun tub
ahamiyatga ega” deb ta’kidlaydi.
Imkoniyati cheklangan har bir bolaning oʻz oilasida yashab
tarbiyalanish huquqini ta’minlash maqsadida ta’limning ustuvor
shakli sifatida umumiy, ya’ni inklyuziv ta’lim belgilangan. Bu ta’lim
imkoniyati cheklangan bolalarga oilada yashash, ota-ona mehridan
76
bahramand boʻlib oʻz mahallasida tengqurlari orasida umumiy ta’lim
olish imkonini beradi.
«Bolalar huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiya» maxsus ehtiyojli
bolalarning ham barcha huquqlarini kafolatlar ekan, «barcha huquq-
lar – barcha bolalarga» tamoyili e’tirof etiladi.
Bu borada «Bolalar huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiya»da
maxsus ehtiyojli bolalarning ta’lim tarbiyasi xususida: «Nogiron
bolaning maxsus ehtiyojlarini aniqlab, uning ijtimoiy hayotga
qoʻshilishi va shaxs sifatida rivojlana olishiga yetaklovchi vosita
hisoblangan ta’limga, ta’lim olishga har tomonlama yordam berilishi
lozim», deb ta’kidlangan. Bu qonunga binoan, maxsus ehtiyojli
bolalar ham jamiyat hayotida toʻliq ishtirok etishi, milliy e’tiqod va
madaniyatga ham ohang boʻlib oʻsishi, uning boyliklaridan, goʻzal-
ligidan bahra olib jamiyatning rivojiga hissa qoʻshishlari katta
ahamiyatga egadir.
Alohida ehtyojli bolalar barcha bolalar kabi, teng huquqli boʻlib
ular bilan bir jamoada yashash va birgalikda ta’lim olish huquqiga
egadirlar. Alohida ta’lim olish esa bu huquqni cheklaydi va oʻz-oʻzini
namoyon qilish imkoniyatlaridan mahrum qiladi. Alohida ehtiyojli
bolalar ularning cheklangan imkoniyatlari tufayli alohida oʻqitilishi
ularning ijtimoiylashuvini chegaralab, mustaqil hayotga tayyor
boʻlishini qiyinlashtirishiga olib keladi. Birlashtirilgan, inklyuziv
ta’lim – inson huquqlarining dolzarb muammosi boʻlib kelgan. Hali
juda koʻp bolalar ota-onalarining bola uchun qulay sharoiti mavjud,
deb hisoblagan maxsus internatlarda oʻqitishi tarafdori boʻlib
kelmoqda. Lekin voyaga yetgan katta yoshli nogironlar, oʻzlarini
inklyuziv ta’lim shartlarini boshidan kechirgan deb ta’riflab, alohida
ta’limning bekor qilinishini talab qilmoqdalar. Chunki “qulay, imti-
yozli sharoitda, hamma narsa tayyor boʻlgan sharoitdan chiqgach,
tashqariga moslashish, oʻz oʻrnini topish mashaqqati uzoq yillar
77
davom etadi. Har bir bolaning ta’lim olishdagi teng huquqliligini
ta’minlash har qanday diskriminatsiya va kamsitishlarning oldini
olishga xizmat qiladigan inklyuziv ta’lim tushunchasi ham qonuniy
kuchga kiritilishi uzoq kutilgan yangiliklardan biri hisoblanadi.
Shular nazarda tutilgan holda hozirgi kunda birlashtirilgan –
inklyuziv davlat siyosati darajasida koʻrilmoqda. Birlashtirilgan
ta’limga oʻtish jarayoni uchun quyidagilar amalga oshirilishi talab
etiladi:
➢
Ta’limda alohida ehtiyojlari boʻlgan bolalarga munosabat-
larning oʻzgarishi;
➢
Oilaning bunga tayyor boʻlishi;
➢
Maxsus maktab ta’limida bolalarning oʻqitilish vaqti qisqar-
tirilib bolalar boshlangʻich bosqichda reabilitatsiya boʻlishini ta’min-
lovchi shart-sharoitlar yaratilishi;
➢
Maxsus maktab ta’limi sohasi malakali mutaxassislar bilan
ta’minlanishi, korreksiya va reabilitatsiya jarayonini sifatli va tezkor
amalga oshirilishi uchun zarur jixozlar bilan ta’minlanishi;
➢
Maxsus maktab ta’limi va oila hamkorligiga erishish, oilaning
reabilitatsiya jarayonida faol boʻlishiga erishish (qoʻshimcha uydas
hugʻullanish, repititor, maxsus psixolog maslahati orqali).
Umumta’lim maktablarni birgalikdagi – inklyuziv ta’limga
tayyorlash:
➢
Maxsus infrastruktura yaratish;
➢
Maxsus mutaxassislar bilan ta’minlash;
➢
Ehtiyojlarga mos texnik va oʻquv moslamalari bilan ta’min-
lash (maxsus lampalar, eshitish apparatlari, Brayl moslama komp-
lekti, aravachalar uchun maxsus partalar va h.k.).
O‘zbekistonda oilaviy sharoitidan qat’iy nazar, barcha bolalar
davlat umumta’lim maktablariga qatnaydi. Bu davlat tomonidan
kafolatlangan. Faqat xohlovchilar o‘z yonidan pul to‘lab xususiy
78
maktablarda o‘qishi mumkin. Lekin imkoniyati cheklangan bolalar-
ning boshqa sog‘lom bolalar bilan teng sharoitda o‘qiyotgani haqida
maqtanib bo‘lmaydi. Bu borada muammolar ko‘p. 2020 yil 13
oktyabrda qabul qilingan «Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bola-
larga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarorida bu boradagi asosiy muam-
molar ko‘rsatilgan:
➢
alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ayrim
ta’lim muassasalarida ular uchun
|