N. B. Goipova inkluziv ta’lim gospital ped a gogika




Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/85
Sana28.09.2024
Hajmi3,4 Mb.
#272809
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   85
Bog'liq
Inklyuziv ta`lim

HARAKAT-TAYANCH A’ZOLARIDANUQSONI BOR BOLALAR 
Har qanday ota-ona o‘z oilasida sog‘lom farzandni, jismonan 
baquvvat, ruhan tetik, fikrlash qobiliyati sog‘lom, iymon-e’tiqodi 
butun, bilimli, ma’naviyati yuksak, mard va jasur, har tomonlama 
barkamol bo‘lishini istaydi. 
Respublikamizda so‘nggi paytlarda bolalarning sog‘lom tug‘ili-
shinita’minlash, anomaliyalarning oldini olish hamda jismoniy yoki 
ruhiy rivojlanishda kamchiliklari bo‘lgan bolalarni ertaroq aniqlash 
chora-tadbirlari ustida talaygina ishlar olib borilmoqda. Bu masala-
ning tez va samarali hal bo‘lishini ta’minlash maqsadida, onaning 
homiladorlik davridan boshlab to bola voyaga yetgunga qadar uning 
rivojlanishi tibbiyot xodimlari, o‘qituvchi va tarbiyachilar, psixolog, 
defektologlar tomonidan nazorat qilinib, «Sog‘lom avlod» dasturini 
to‘g‘ri amalga oshirilishini ta’minlash chora-tadbirlari ishlab chiqil-
moqda, tashkil etilmoqda. Natijada, harakat-tayanch azolari jarohat-
langan bolalar ham aniqlanib, ularga maxsus yordam ko‘rsatilmoqda. 


58
Harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalarning ko‘pchiligiga 
nogironlar aravachalari olib berilganligi sababli, ular bog‘cha va 
maktablarga qatnay boshladilar. 
Harakat-tayanch azolari jarohatlangan bolalar serebral falaji, 
poliomielit (shol kasalligi asorati), harakat-tayanch azolarining turli 
tug‘ma va orttirilgan deformatsiyasi – artrogripoz, oyoq-qo‘llarning 
majruhligi, axondroplaziya yoki xondrodistrofiya – tana, bo‘yin, 
boshning normal rivojlanayotgan bir paytida tug‘ma oyoq-qo‘l 
suyaklario‘sis hining orqada qolishi, miopatiya – mushak to‘qima-
larida modda almashinuvi bilan bog‘liq bo‘lgan irsiy kasallikda 
mushaklar yaxshi qisqarmaydi, kishi qo‘l-oyoqni harakatga keltira 
olmaydi. 
Harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalarning ko‘pchi-
ligida miya falaji kuzatiladi. Bolalar serebral falaj kasalligi hali 
yetilmagan, shakllanib bo‘lmagan miyaning kasalligidir. Onaning 
homiladorlik davrida ma’lum kasalliklar bilan kasallanishi, tug‘ilish 
vaqtidagi patologik o‘zgarishlar, tug‘ilgandan to bir yoshgacha davr 
ichida bolani kasallanishi natijasida bosh miyaning harakat zonalari 
shikastlanadi, uning natijasida esa miyaning yaxlit yetilishi kechikadi 
va buziladi. Oqibatda bolaning umumiy hamda nutqiy motorikasi 
(harakatchanligi) faoliyati buziladi. Nutqning rivojlanmasligi esa 
intellektual rivojlanishni sekinlashtiradi. Kishi organizmining asosiy 
funksiyalari – nafas olish, qon aylanish, yutunish, tana harakati, 
nutqiy harakatlar va boshqalar harakat orqali – mushaklarning 
qisqarishi natijasida sodir etiladi. Harakatlar ixtiyoriy va ixtiyorsiz 
bo‘ladi. Aniq maqsadni ko‘zlab bajarilgan ixtiyoriy harakatlar inson 
xatti-harakati, hissiy-irodaviy qobiliyati, bilish faoliyati, xulqining 
shakllanishida asosiy rol o‘ynaydi. 
Kasallikning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan harakat 
buzilishlari bolalar serebral falajida har xil namoyon bo‘ladi. Ada-


59
biyotlarda bolalar miya falajining quyidagi shakllari qayd qilingan: 
spastik diplegiya, spastik gemiplegiya, ikkilamchi gemip-legiya, 
paraplegiya, monoplegiya, atonik-astatik sindrom. Bolalar miya 
falajining eng keng tarqalgan shakli spastik diplegiya. Bu shakldagi 
kasallik qo‘l va oyoq harakatlarining buzilishi bilan xarakterlanadi. 
Bunda ayniqsa oyoq qo‘lga nisbatan ko‘proq jarohat-langan bo‘ladi. 
Qo‘l va oyoqlarning erkin harakatining chegaralanishi yoki butunlay 
harakatsizlanishi mushaklarning kuchsizlanishi bilan birga kechadi. 
Bola qo‘llarini tepaga ko‘tarishga qiynaladi yoki umuman ko‘tara 
olmaydi, oldinga, chetga uzata olmaydi, oyoqlarini bukolmaydi, 
yozolmaydi. Har qanday harakat sodir bo‘lishi uchun mushak tonusi 
normal bo‘lishi shart. Bolalar serebral falajida mushak tonusi juda 
baland bo‘ladi, natijada bola o‘ziga xos holatni qabul qiladi: tizzadan 
bukilgan oyoq barmoqlarga tiraladi, tirsaklar bukilib, qo‘llar tanaga 
yopishganday bo‘ladi; qo‘l barmoqlari bukilib, mushtlar hosil qiladi. 
Shartsiz majburiy harakat giperkinezlar shartli harakatlarni 
bajarilishini keskin qiyinlashtiradi yoki mutlaqo bajara olmasligiga 
olib keladi. Muvozanat harakatning buzilishi o‘tirish, turish, yurishni 
qiyinlashtiradi yoki butunlay bajara olmaydigan holatga olib keladi. 
Kinesteziya – tana yoki tana qismlari harakatini sezish demakdir. 
Kinesteziya maxsus sezuvchi to‘qimalar – proprio-retseptorlar orqali 
sodir bo‘ladi. Bu to‘qimalar mushak, pay, bo‘g‘imlarda joylashgan 
bo‘ladi. Ular oliy asab sistemasiga tana, qo‘l, oyoqlarning holati 
haqida, mushaklarning qisqarishi haqida ma’lumot beradi. 
Spastik diplegiya shaklidagi miya falaji bilan kasallangan 
bolalar intellekti, fikrlash qobiliyati yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. 
Ular umumta’lim maktablari dasturini a’lo baholar bilan o‘zlashtira 
olishlari mumkin. Biroq bunday bolalarning jismoniy va aqliy 
rivojlanishidagi o‘ziga xos xususiyatlari, qiyinchiliklari ular uchun 
maxsus yordamning tashkil etilishini talab etadi. 


60
Harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar uchun O‘zbe-
kistonda maktabgacha yoshdagi bolalar uchun bog‘cha va maktab 
yoshidagi bolalar uchun maxsus maktab-internatlar faoliyat ko‘rsat-
moqda. Ayrim bolalar umumta’lim ommaviy maktabgacha tarbiya 
muassasalarida va maktabda integratsiyalashgan inkluziv ta’limga 
jalb etilmoqda. Maxsus muassasalarda barcha ta’lim-tarbiya ishlari 
korreksion yo‘nalishda amalga oshiriladi. Ko‘proq harakat funksiya-
larini korreksiyalashga e’tibor beriladi. 
Harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar bilan maxsus 
muassasalarda harakat funksiyasini korreksiyalash ishlari kompleks 
tarzda, ya’ni bolaga har tomonlama ta’sir o‘tkazish yo‘li bilan amalga 
oshiriladi. Bunga tibbiy dori-darmonlar bilan davolash, fizioterapev-
tik, ortopedik, uqalash-massaj, davolovchi gimnastika, jismoniy 
tarbiya, mehnatga o‘rgatish ishlari kiradi. 
Tibbiy dori-darmonlar bilan davolash ishlari mushak tonusini 
pasaytirish, giperkinez-majburiy harakatlarni kamaytirish, asab siste-
masidagi kompensator jarayonining faolligini kuchaytirishga yo‘nal-
tiriladi. 
Fizioterapevtik muolajalar mushak tonusini pasaytirishga, 
mushaklardagi qon aylanishini yaxshilashga qaratiladi. 
Ortopedik tadbirlar harakat-tayanch a’zolari, bo‘yin, gavda 
harakatini yaxshilash, kerak bo‘lsa ortopedik moslamalardan foyda-
lanishni, har bir bola shaxsiy ortopedik rejimga rioya qilishga 
o‘rgatishga qaratiladi. 
Mushakdagi giperkinezlar bolaning nafaqat umumiy, balki 
nutqiy motorikasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Nutq apparatining 
kam harakatlanishi (til, lab, jag‘, un paychalari, kichik til harakati 
buziladi) nutqning fonetik tomondan buzilishiga, ya’ni tovushlar 
talaffuzidagi kamchiliklarga olib keladi. Mushaklardagi giperkinezlar 
dizartriya yoki anartriya kabi tovushlar talaffuzidagi kamchilik-


61
larning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Diafragma, qovurg‘a orasidagi 
mushaklar giperkinezi nutqiy nafas olishni, un paychalarining 
tebranishi, nutq maromining buzilishiga olib keladi. Nisbatan 
ko‘proq uchraydigan dizartriyaning psevdobulbar shaklida artiku-
latsion tonus baland bo‘ladi. Lab, til, kichik til, pastki jag‘, un 
paychalari harakatchanligi buziladi va natijada tovushlar talaffuzi, 
ovoz, nutq sur’ati nuqsonlari kuzatiladi. So‘lak bezlari atrofidagi 
mushaklar qisqarmaganligi tufayli bola so‘lagi oqib turadi. Bunday 
bola yaxshi chaynay olmaydi, yutolmaydi. Dizartrik bolaning nutqi 
noaniq, chuchmal, xirillagan, monoton bo‘ladi. Dizartriya qanchalik 
barvaqt aniqlansa, uni bartaraf etish, korreksiyalash ham shunchalik 
oson bo‘ladi. Uzoq muddat ichida sabr-toqat bilan olib borilgan 
logopedik ishlar natijasida yuqori ko‘rsatkichlarga erishish mumkin. 
Nutq apparatining inervatsiyasiga bevosita bog‘liq bo‘lgan kalla 
suyak asab tolalarining jarohatlari ko‘p hollarda ko‘z harakati asab 
tolalarining jarohatlanishi bilan birga kuzatilgan ko‘rinishda bo‘ladi. 
Natijada bola g‘ilay, ko‘zi olaygan, ko‘z harakati buzilgan ko‘ri-
nishda bo‘ladi. Bolalar o‘z ko‘z harakatlarini bir maromda bajara 
olmaydilar, mo‘ljalga nigoh tashlay olmaydilar. Bunday kamchiliklar 
logopedik ishni to‘g‘ri olib borishga to‘sqinlik qiladi. Bola artiku-
latsion apparat a’zolari harakatini kuzata olmaydi, rasmga qarab 
ishlash, o‘qish va yozishni o‘zlashtirishda qiynaladi. 
Mediko-pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan, harakat-
tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar inkluziv ta’lim olishga yoki 
maxsus maktabgacha yoshdagi bolalar muassasasiga – maktab-
internatlarga yuboriladi. Bu muassasalarga o‘zlari yoki aravachada 
yura oladigan, o‘zgalarning qaroviga muhtoj bo‘lmagan bolalar qabul 
qilinadi. Sog‘liqlarini tiklagach tibbiy-pedagogik komissiyaning 
xulosasiga binoan o‘quvchilarni umum-ta’lim bog‘cha yoki makta-
biga o‘tkaziladi. Maxsus maktab-internat pedagogik kengashi biti-


62
ruvchilariga ishga joylashish uchun tavsiyanoma beradi. Harakat-
tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar I – II guruh nogironlari 
hisoblanib, ularni ishga joylashtirish ijtimoiy ta’minot bo‘limlariga 
topshiriladi. 

Download 3,4 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   85




Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



N. B. Goipova inkluziv ta’lim gospital ped a gogika

Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish