N. B. Goipova inkluziv ta’lim gospital ped a gogika




Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/85
Sana28.09.2024
Hajmi3,4 Mb.
#272809
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   85
Bog'liq
Inklyuziv ta`lim

KO‘RISHIDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALAR 
Ko‘rish bolaning hayotiy faoliyatida va rivojlanishida muhim 
ahamiyatga ega. Ko‘rishdagi nuqsonlar bolaning ruhiy, jismoniy 
rivojlanishida ikkilamchi nuqsonlar kelib chiqishiga olib keladi. 
Tiflopedagogika fanida ko‘rish nuqsoni darajasiga hamda o‘quv 
materialni idrok qilishga ko‘ra quyidagi guruhlar farqlanadi: 

Ko‘r va deyarli ko‘r (qisman ko‘ruvchi) bolalar. Ko‘rish o‘tkir-
ligi 0 dan 0,004 gacha. Bu bolalar umuman ko‘rmaydilar, 
ko‘rish imkoniyati kam saqlangan. Mashg‘ulotlarda ular asosan 
o‘quv materialini sezish, eshitish idroki asosida o‘zlashtiradilar. 
Brayl tizimi bo‘yicha o‘qiydi va yozadilar. Ba’zi bir bolalar 
saqlangan ko‘rish imkoniyatidan o‘qish va yozishda foydala-
nishlari mumkin. 

Zaif ko‘ruvchi bolalar. Zaif ko‘ruvchi bolalarning ko‘rish 
o‘tkirligi tuzatish (korreksiya) ko‘zoynaklari bilan 0,06 dan 0,09 
gacha. Bu bolalarda odatda ko‘rishda murakkab nuqsonlar 
kuzatiladi. Ko‘rish o‘tkirligi pastligi bilan bir qatorda ayrim 
bolalarda ko‘rish maydoni toraygan, fazoviy idrok buzilgan 
bo‘lishi ham mumkin. Bularning barchasi o‘quv materialini 
idrok etish, o‘zlashtirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu toifa-


25
dagi bolalar maxsus sharoitda, maxsus usul, uskunalar, texnik 
va optik vositalar yordamida o‘qitilishi maqsadga muvofiqdir. 

Zaif ko‘ruvchi bolalar. Ko‘rish o‘tkirligi tuzatish ko‘zoynaklari 
bilan 0,1 dan 0,3 – 0,4 gacha. Ma’lum sharoitlarda ular ko‘rish 
orqali erkin o‘qib, yozishlari mumkin, buyumlarni ko‘rib idrok 
etadilar, katta fazoviy doirada ko‘rib mo‘ljal oladilar. 
Ko‘rish analizatori yordamida dunyoni idrok etish bolaning 
ruhiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Tevarak-atrof haqidagi 
eng kuchli taassurotlar ko‘z bilan idrok etiladi. Bola ko‘rish qobiliyati 
orqali narsalarning rangi, shakli, hajmi, harakati, uzoq-yaqinligi, 
fazodagi o‘rni haqida tasavvurga ega bo‘ladi. 
Ma’lumki, ko‘rish analizatori nurlarni qabul qiluvchi qism – 
ko‘z olmasi (soqqasi) va uning yordamchi apparatidan ko‘zga 
tushgan tasvirni avval po‘stloq osti markazlariga, keyin esa oliy 
ko‘ruv markazlari joylashgan katta miya po‘stlog‘iga (ensa bo‘lak-
lariga) yetkazib beradigan o‘tkazuvchi yo‘llardan tashkil topgan. Ana 
shu analizatorning har qanday qismlaridagi o‘zgarishlar bolaning 
ko‘rish qobiliyatiga albatta ta’sir ko‘rsatadi. 
Tiflopedagogikada ko‘zi ojiz bolalar ko‘r (so‘qir), yaxshi ko‘ra 
olmaydigan, ko‘zi xira, zaif ko‘ruvchi bolalar guruhiga bo‘linadi. 
Ko‘r bolalarning ko‘rish qobiliyati keskin kamaygan (total ko‘rlik) 
yoki korreksiya qo‘llanilganida (ko‘zoynak tutilganda) ham ko‘rish 
o‘tkirligi 0,04 gacha pasaygan, ya’ni bunday bolalar amalda ko‘r 
bo‘ladi. Zaif ko‘ruvchi bolalarda ko‘rish o‘tkirligi 0,05 dan to 0,4 
gacha bo‘lishi mumkin. Ushbu guruhdagi bolalar tevarak-atrofni 
ko‘rish analizatori orqali idrok etadi. 
Ko‘rishga aloqador nuqsonlar kelib chiqish sabablariga ko‘ra 
tug‘ma va orttirilgan bo‘ladi. Tug‘ma nuqsonlar sabablari orasida 
irsiy kasalliklar (masalan, tug‘ma kataraktaning ba’zi shakllari va 
boshqalar), homilador ayolning toksoplazmoz, qizilcha kasalliklari 


26
bilan og‘rishi, homila ko‘rish organlarining embrional rivojlanish 
paytda zararlanishi, miya o‘smasi va shu kabi kasalliklar katta rol 
o‘ynaydi. 
Orttirilgan ko‘rish anomaliyalari hozirgi kunda nisbatan kam 
uchraydi. Aholiga davolash-profilaktika, oftalmologiya yordamining 
yaxshilangani tibbiyot sohasidagi katta yutuqlar qo‘lga kiritilgani 
munosabati bilan zaif ko‘ruvchi bolalar ancha kamaydi. Traxoma, 
chechak, so‘zak, ko‘z sili, skarlatina va boshqa kasalliklar oqibatida 
bolalarning ko‘r yoki zaif ko‘ruvchi bo‘lib qolish hodisalariga deyarli 
tamomila barham berildi. 
Ko‘z ojizligi, ya’ni ko‘rish nuqsonlari zo‘rayib boradigan va bir 
xil turadigan (muqim) bo‘ladi. Zo‘rayib boradigan xili kun sayin 
og‘irlashib, bora-bora ko‘rlikka olib keladi. Muqim xili esa turg‘un 
bo‘ladi, bolaning ko‘rish darajasi doim bir xilda turaveradi. Ko‘rish 
qobiliyatining zo‘rayib boradigan zaifligi, ko‘ksuv, ya’ni glaukoma 
kasalligi (ko‘z ichki bosimining ko‘tarilib ketishi) ko‘ruv asabi 
atrofiyasi, to‘r parda (ko‘zning yorug‘likni qabul qiladigan qismi) 
distrofiyasi (aynishi)ga bog‘liq bo‘lib, bolaning har qanday rivojla-
nish davrida vujudga kelishi mumkin. Gigiyenik talablarga rioya 
qilmaslik refraksiya anomaliyalar bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘z kamchi-
liklari zo‘rayib borishiga ham olib keladi (faqat yaqindan yoki uzoq-
dan ko‘rishga). 
Yosh go‘daklarda ba’zan ko‘zga oid tug‘ma nuqsonlar ham 
uchraydi: kriptoftalm – ko‘z olmasi, qovoqlarining tug‘ilishdan rivoj-
lanmay qolgani; mikroblefaron – ko‘z qovoqlar kaltaligi tufayli 
ko‘zning yumilmay turishi, koloboma – ko‘z qovoqlarining nuqsoni 
va boshqalar shular jumlasidandir. Bunday kamchiliklarning ko‘pchi-
ligini jarrohlik yo‘li bilan davolab, ularni bartaraf etsa bo‘ladi. 
Ko‘zi ojiz, so‘qir bolalar ko‘r tug‘ilgan va ko‘r bo‘lib qolgan 
bolalar deb ikki guruhga ajratiladi. Birinchi guruhga tug‘ilishdan 


27
ko‘zi ojiz va tug‘ilganidan so‘ng to uch yoshgacha bo‘lgan davr 
ichida ko‘rish qobiliyati buzilgan bolalar kiritilsa, ikkinchisiga 
keyinchalik ko‘zi ko‘r bo‘lib qolgan bolalar kiritiladi, bunday bolalar 
xotirasida ko‘rish tasavvurlari qolgan bo‘ladi. Ko‘rish qobiliyatining 
og‘ir shakldagi buzilishlari bolaning xarakterida, psixikasida ikki-
lamchi asoratlar paydo bo‘lishiga olib keladi. 
Ko‘rish nuqsonlarining eng ko‘p tarqalgan shakllaridan biri – 
refraksiya anomaliyalaridir. Ularga yaqin ko‘rish (miopiya)ning turli 
darajasi, gipermetropiya, uzoqni ko‘rish yoki yaqin ko‘rish astigma-
tizmi kiradi. 
Refraksiya anomaliyalari, ya’ni nurlarni sindiruvchi fokus ko‘z 
turi oldida bo‘ladi. Yaqin ko‘rishda (miopiya) bola uzoqdagi buyum-
larni noaniq ko‘radi. Yaqin ko‘rishda xarita, jadvallar, sayr vaqtida 
uzoqdagi buyumlarni kuzatish, o‘qish, yozish, mehnat darslarida 
bajariladigan ishlar, rasmlarni o‘zlashtirishda qiyinchiliklar kuzati-
ladi. Yaqin ko‘rish ko‘zoynaklar yordamida to‘g‘rilanadi. Yaqin 
ko‘ruvchi bolalarga boshni uzoq egib turish, tez engashish, og‘ir 
ko‘tarish, tana silkinishlari, mayda obyektlar bilan uzoq ishlash 
taqiqlanadi.
Uzoqdan ko‘rishda – buyumlarni ko‘zdan yiroqda ko‘radi, 
ko‘zga yaqin buyumlarni idrok etishda qiynaladi. Bunday bolalar 
mayda obyektlarni ko‘rib o‘rganishga mo‘ljallangan darslarda juda 
qiynaladilar va o‘qish, yozish hamda tarqatma material bilan ishlash-
da qiyinchilikka uchraydilar. Uzoqdan ko‘rish maxsus korreksiya 
ko‘zoynaklari bilan to‘g‘rilanishi mumkin. Ularga jismoniy vazifa-
larni bajarish taqiqlanmaydi. Yaqin obyektlar bilan uzoq ishlash 
taqiqlanadi. 
Ba’zi bolalarda ambliopiya kuzatiladi. Ushbu nuqson ko‘rish-
dan foydalanmaslik natijasida rivojlanadi. Bunda ikki tomonlama 
g‘ilaylik hamroh bo‘lishi mumkin. Ambliopiyada ko‘zning ko‘rish va 


28
kuzatish qobiliyati buziladi. Bu esa o‘qish va yozish, rasm chizish, 
rasmlarni kuzatish, ko‘rish, geografik va tarixiy xaritalarni o‘rganish-
da qiyinchilik tug‘diradi. 
Nistagm – ko‘zning beixtiyor, ritmik takrorlanuvchi harakatlari. 
Ko‘zning ortiqcha harakatlari natijasida ko‘rilayotgan tasvir yoyilib 
ko‘rinadi. Nistagmda bola ko‘rayotgan obyektga ko‘rish diqqatini 
jamlashda qiynaladi. Bu qiyinchiliklar, ayniqsa harakatdagi dinamik 
idrokni qiyinlashtiradi. 
Astigmatizmda, ko‘pincha uzoq va yaqindan ko‘rishning 
buzilishi qo‘shilib keladi. Shox pardaning shakli buzilishi natijasida 
nurlar noto‘g‘ri sindiriladi. 
Astigmatizmi bor bolalar setchatkasida vertikal, gorizontal va 
boshqa yo‘nalishdagi qiyshiq idrok kuzatiladi va natijada noto‘g‘ri 
tasvir paydo bo‘ladi. 
Ko‘rish nuqsonlarining yana boshqa shakllariga katarakta, 
ko‘rish asabi atrofiyasi, albinizm, mikroftalm va boshqalarni kiritish 
mumkin. 
Ko‘rish nuqsonlarining qay darajadaligi ko‘zning sindiruvchi 
sohalarining holatiga bog‘liq (shox parda, gavhar). 
Katarakta – ko‘z gavharining loyqalanishi (pomutneniye). 
Bunda gavharni jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash va yangisini 
qo‘yish mumkin. 
Afaksiya – gavharning yo‘qligi. 
Shox pardaning vazifasi – nurlarni sindirish. Afaksiya kasal-
ligida va gavhar siljib ketgan bolalar jismoniy vazifalardan chekla-
nishi, tez harakatlar, og‘ir ko‘tarish, tana silkinishlaridan himoya 
qilinishi zarur. Shox parda (rogovitsa)ning tiniqligi buzilishi ham 
ko‘rish nuqsoniga olib kelishi mumkin. Uning sindiruvchi faoliyati 
me’yordan past darajada bo‘lganligi tufayli, bola buyumlarni aniq 
ko‘ra olmaydi. 


29
Zaif ko‘ruvchi bolalarda ko‘rish asabining qisman atrofiyasi, 
ko‘z to‘r qobig‘ining turli turg‘un o‘zgarishlari tez-tez uchrab turadi. 
Bunga turli miya kasalliklari: meningit, meningoensefalit va bosh-
qalar sabab bo‘lishi mumkin. Ko‘rish atrofiyasi esa bosh miya 
jarohatlari, ko‘z to‘r pardasi kasalliklari, miya shishlari, ko‘rish 
nevriti natijasida ham kuzatilishi mumkin. Bunda ko‘z markaz bilan 
bog‘lanmaydi. Ko‘rish atrofiyasi davolanmaydi. Biroq undan kelib 
chiqadigan ikkilamchi nuqsonlarni oldini olish, davolash muhim. 
Ko‘z atrofiyasi bor bolalar doimiy ravishda izchillik bilan davolanishi 
lozim. Ularni charchatib qo‘ymaslik uchun mashg‘ulotlarda uzluksiz 
ko‘z bilan ishlash 5 – 10 daqiqadan oshmasligi lozim. 
To‘r pardaning eng ko‘p tarqalgan tug‘ma kasalliklariga 
pigmentli retinit, albinizm, to‘r pardaning ko‘chishi kiradi. 
Pigmentli retinit – to‘r pardadagi tayoqchalar faoliyatining 
buzilishi. Natijada kolbachalar faoliyati ham buziladi. Bu esa ko‘rish 
maydonining torayishiga yoki ko‘rishning butunlay yo‘qolishiga olib 
kelishi mumkin. Kasallik davolanmaydi. 
Albinizm – to‘r pardada pigment. Natijada kishining ko‘zi qizil, 
sochi va tanasi oq bo‘lishi mumkin. Ularga yorug‘lik to‘suvchi 
ko‘zoynak taqish, quyosh nurlaridan saqlanish tavsiya etiladi. 
To‘r pardaning ko‘chishi – to‘r parda tashqi qobig‘ining oqib 
tushishi. To‘r parda tarang tortilib turgan yuqori miopiyali kishilarda 
to‘r pardaning ko‘chishiga moyillilik bor. Ular og‘ir ko‘tarish, 
jismoniy mashqlardan saqlanishi lozim. Uzluksiz ishlash ular bilan
5 daqiqadan oshmasligi kerak. 
Glaukoma – ko‘z ichki bosimining ko‘tarilishi. 
Mikroftalm – ko‘z olmosining kichrayishi. 
Ko‘zi ojiz bolalar bilan barcha ishlar ularning ko‘rish tasavvur-
larini tiklash asosida olib boriladi va bunda ma’lum natijalarga 
erishish mumkin bo‘ladi. Har holda bola rang, shakl va boshqalarni 


30
bir qadar eslab qoladiki, bu tegishli tushunchalar hosil qilishni oson-
lashtiradi. Ko‘z ojizligi qancha kech paydo bo‘lgan bo‘lsa, bolaning 
tevarak-atrof haqidagi tasavvurlari shuncha boy va ularni mustah-
kamlash, takomillashtirish, kengaytirish shunchalik oson bo‘ladi. 
Ko‘rish qobiliyati keskin kamaygan ko‘zi ojiz bolalar maxsus 
tashkil etilgan maktablarda yoki sog‘lom tengdoshlari orasida ta’lim 
olishlari kerak. Bu maktablarda sog‘lom analizatorlarning faol fao-
liyati asosida (tuyg‘u va eshitish, boshqa sezgi analizatori) ko‘rish 
analizatori faoliyatini qoplash ishlari olib boriladi. Maxsus ta’lim-
tarbiya ishlari ko‘rish qobiliyatining zaifligi natijasida paydo bo‘lgan 
ikkilamchi psixik asoratlarning oldini olish, ularni bartaraf etish, 
korreksiyalashga qaratiladi. Bolada mustaqil hayot uchun zarur bo‘l-
gan barcha bilim, ko‘nikma hamda malakalar shakllantirib boriladi. 
Zaif ko‘ruvchi bolalar tevarak-atrofni ko‘rish analizatori orqali 
idrok etadilar. Ular ham ko‘rish qobiliyati zaif bolalar uchun tashkil 
etilgan maxsus maktabda yoki ko‘rlar maktabi qoshidagi maxsus 
sinflarda sog‘lom tengdoshlari orasida ta’lim olishlari kerak. Biroq 
bunday bolalar aksari ommaviy maktablarda o‘qishni boshlashi 
ma’lum. Bir necha yil muvaffaqiyatsiz ravishda, qiynalib o‘qigach, 
ular maxsus maktabga yuboriladi. Bunday bolalarni tarbiyachi va 
o‘qituvchilar sog‘lom tengdoshlaridan ajratib olib, iloji boricha vaqtli 
maxsus maktablarga jo‘natishlari yoki inkluziv ta’limni tashkil 
etishlari kerak. Ko‘rish qobiliyati zaiflashgan bolalar satrlarni yaxshi 
ajrata olmaydilar, shakli o‘xshash narsa, harflarni bir-biri bilan 
adashtirib yuboradilar, natijada o‘qish va yozishda ko‘p xatolarga 
yo‘l qo‘yadilar. Raqamlarni bir-biridan yaxshi ajrata olmaslik oqiba-
tida hisoblashda va matematika masalalarini yechishda qiynaladilar. 
Ular doskaga yozilganlarni, jadval, sxema va boshqa tasvirlarni 
yaxshi ko‘rmaydilar, ko‘rish bilan bog‘liq ishni bajarish vaqtida tez 
charchab qoladilar. 


31
Noto‘g‘ri muhit, noqulay sharoit bolaning ko‘rish qobiliyati 
keskin pasayib borishiga olib kelishi mumkin. 
Tarbiyachi va o‘qituvchilar ko‘rish qobiliyati zaif bolalarni o‘z 
vaqtida oftalmolog huzuriga maslahatga yuborishlari kerak. 
Oftalmolog bolani tekshirib, kerak bo‘lsa unga korreksiya 
qiladigan ko‘zoynak taqib yurishni tavsiya etadi va bola qayerda 
ta’lim olishi kerakligini aniqlaydi. Ko‘zoynak taqib yurishi kerak 
bo‘lgan bolalarga bog‘cha va maktab sharoitida to‘g‘ri sanitariya-
gigiyena sharoitlari yaratilishi zarur. Bolaning ish o‘rni to‘g‘ri va 
yetarli darajada yoritilgan bo‘lishi lozim. Bola doska, jadval, kartada 
chizilgan tasvirlar va boshqa o‘quv materiallarini qanchalik aniq 
ko‘rayotganiga e’tibor beriladi. Anomal refraksiyali bolalarning 
ko‘zi tez charchab qolishini hisobga olib, dars vaqtida ularga ish 
turlarini mumkin qadar o‘zgartirib turish, ko‘z qadash bilan bog‘liq 
bo‘lgan ishlar, topshiriqlar hajmini g‘oyat jiddiy nazorat qilib borish 
zarur. 
Ko‘z o‘tkirligi 0,05 dan to 0,4 gacha bo‘lgan zaif ko‘ruvchi 
bolalar maxsus bog‘cha va maktablarda ta’lim-tarbiya olishadi. Bu 
joylarda o‘quv ishlari ko‘rish asosida olib boriladi, ammo turli texnik 
va kattalashtiruvchi optik vositalardan, yirikroq harflar bilan bosib 
chiqarilgan darsliklardan, maxsus yoritqichlardan va hokazolardan 
foydalaniladi. Maxsus maktabning asosiy vazifalaridan biri – bola-
larda saqlanib qolgan ko‘rish imkoniyatlaridan o‘qish jarayonida 
to‘g‘ri foydalanish va bularni rivojlantirish, ko‘rish qobiliyati pasayib 
ketmasligi uchun shart-sharoit yaratish, oliy ruhiy jarayonlarni 
tarbiyalab, bolaning bilim faoliyatini rivojlantirish, kengaytirish, 
bolada ko‘rish qobiliyati zaifligi natijasida paydo bo‘lgan ikkilamchi 
ruhiy asoratlarni bartaraf etish va boshqalardir. 
Maxsus maktablarni bitirgach, ko‘rish qobiliyati zaif bolalar 
jumhuriyat ko‘rlar jamiyati qoshidagi muassasalarda ishlaydilar, 


32
intellektual faoliyat bilan shug‘ullanadilar (yozuvchi, shoir, oliy va 
o‘rta maktab o‘qituvchilari, musiqachi va boshqalar bo‘lib). 
Shunday qilib, ko‘rish qobiliyati zaif bolalarni ta’lim-tarbiya 
yo‘li bilan rivojlantirib borish imkoniyatlari juda katta, to‘g‘ri tashkil 
etilgan kompensator, korreksion chora-tadbirlar natijasida ular 
hayotda o‘z o‘rnini topib ketishlari mumkin. 

Download 3,4 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   85




Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



N. B. Goipova inkluziv ta’lim gospital ped a gogika

Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish