• 5. Inklyuziv ta’limga kompleks yondashish tamoyili
  •  Markazlashtirilmagan bo‘lishi tamoyili




    Download 3,4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/85
    Sana28.09.2024
    Hajmi3,4 Mb.
    #272809
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   85
    Bog'liq
    Inklyuziv ta`lim

    4. Markazlashtirilmagan bo‘lishi tamoyili 
    Bu tamoyilning mazmuni quyidagi ikkita aspekt yordamida 
    ifodalanadi: 
    A) Inklyuziv ta’lim xizmatlari umumiy ta’lim tizimining inte-
    gratsiya qilingan qismi bo‘lishi kerak. 
    B) Inklyuziv ta’lim tizimidgi vazifalar mahalliy ta’lim organ-
    lariga javobgarlik hamda boshqaruvni yuklash uchun markazlash-
    magan holda olib borilishi kerak va imkoniyatlar mahalliy sha-
    roitlarga moslashtirilishi lozim. 
    Optimal integratsiyaga erishish uchun markazlashtirilmagan 
    bo‘lishi muhimdir. Bu ayniqsa qishloq sharoitlarida ayni muddao 
    bo‘ladi. Inklyuziv ta’limning vazifalari nogiron bolalarga o‘z ota-
    onalari bilan birga bo‘lish, ularga tengdoshlari kabi o‘zlariga yaqin 
    bo‘lgan maktablarda ta’lim olish imkonini beradi. Bu ularning 
    shaxsiy sifatlarining shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Nogiron 
    bolaning normal rivojlanishiga halaqit berish nogironlikdan ham 
    og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. 


    18
    5. Inklyuziv ta’limga kompleks yondashish tamoyili 
    Nogiron bolalarga nogiron deb faqatgina nuqson jihatidan emas, 
    balki har tomonlama yondashish lozim. Bu maxsus ehtiyojli bolalar 
    uchun ta’lim masalasini rejalashtirayotganda uning butun hayoti 
    davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ehtiyojini hisobga olgan 
    holda tuzishni talab etadi. Bundan tashqari inklyuziv ta’limda 
    nogiron boladagi mavjud nuqsonlarni bartaraf etish, korrektsiyalash, 
    kompensatsiya qilish bilan bir qatorda bilim, ko‘nikmalarga ega 
    qilish, kasb-hunarga o‘rgatish nshlarini parallel ravishda olib borish 
    talab etiladi. Bu tamoyilnnng moxiyatida maxsus ehtiyojli bolalarga 
    ilk yosh davrida erta yondashish ham yotadi. 
    Maxsus ehtiyojli bolalar ta’limi boshlang‘ich va o‘rta maxsus 
    ta’limni olishlari bilan yakunlanmasligi kerak. Nogiron bolalarning 
    kasb-hunar ta’limi va oliy ta’limi ham amalga oshirilishi talab etiladi. 
    Chunki inklyuziv ta’lim tizimining vazifalaridan biri maxsus ehtiyojli 
    bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularning barcha huquqlarnni 
    ta’minlashdan iboratdir. 

    Download 3,4 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   85




    Download 3,4 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Markazlashtirilmagan bo‘lishi tamoyili

    Download 3,4 Mb.
    Pdf ko'rish