I BOB. INKLYUZIV TA’LIMNING NAZARIY ASOSLARI




Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/85
Sana28.09.2024
Hajmi3,4 Mb.
#272809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Bog'liq
Inklyuziv ta`lim

I BOB. INKLYUZIV TA’LIMNING NAZARIY ASOSLARI 
 
1.1. INKLYUZIV TA’LIM KURSINING PREDMETI, 
MAQSADI, OBYEKTI TAMOYILLARI 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar zami-
rida, eng avvalo, kelajak avlodning barkamol boʻlib ulgʻayishi, hech 
kimdan kam boʻlmay dunyo arenalarini zabt etishga qodir farzandlar 
boʻlib yetishishi kabi dolzarb masalalarni hal etish turadi. Ayniqsa, 
yetim va ota-ona qaramogʻisiz qolgan, nogiron, rivojlanishida 
nuqsoni bor bolalarning ijtimoiy himoyasi hamisha davlat va 
jamiyatning ustuvor vazifasi hisoblangan. Ushbu vazifani amalga 
oshirish borasida Oʻzbekiston Respublikasida rivojlanishida nuqsoni 
boʻlgan kishilarning huquq va erkinliklarini, teng imkoniyatlarini 
ta’minlash, turmush faoliyatidagi cheklanish, chegaralarni bartaraf 
etish, ta’limni tashkil etish va boshqarishga zamonaviy yondashuv, 
uning sifati va samaradorligini oshirish, jamiyatda aholining turli 
qatlamlari uchun ta’limning uzviylik va uzluksizligini ta’minlash 
borasida talaygina ishlar amalga oshirib borilmoqda. 
Bolalik bosqichida inson psixologo-pedagogik jihatdan kuchli 
ta’sirlanadi. Oʻsib kelayotgan bola organizmi, uning miya tuzili-
shining ichki imkoniyatlari chegarasizligini inobatga olgan holda 
tashkil etilgan korreksion-pedagogik, psixologik hamda tibbiy ishlar 
bolaning birlamchi nuqsonini kamaytirib, ikkilamchi nuqsonlarning 
oldini olishga yordam beradi. Bularning hammasi rivojlanishida 
nuqsoni boʻlgan bolani mustaqil, hech kimga qaram boʻlmagan holda 
hayot kechirishga tayyorlash omillaridir. 
Bolalarning ijtimoiy reabilitatsiyasi (tiklash) va ijtimoiy adap-
tatsiyasi (moslashuvi) – bu nafaqat qalbdagi sifatlarni, balki yangi 
texnologiya va innovatsiyalarning paydo boʻlishi bilan tadrijiy 


7
rivojlanib boradigan bu nozik sohada professional yondashuvni talab 
qiladigan sermashaqqat mehnatdir. Bu sohaning takomillashuvida 
nogironligi boʻlgan bolalar boʻyicha idoralararo muhtoj bolalarning 
ijtimoiy moslashuvi holatini oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar olib 
borildi. 
Respublikamizda ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash 
jamgʻarmasi tomonidan 2007 yilda «Oʻzbekistonda inklyuziv ta’lim» 
loyihasi amalga oshirilgan bo‘lib, loyihada Oʻzbekiston Respublikasi 
Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi, Navoiy 
shahridagi «Umr» imkoniyati cheklangan bolalarga yordam berish 
markazi, Samarqand shahridagi «Hayot» nomli nogironlarga yordam 
berish markazi, Jizzax shahridagi «Istiqbolli avlod» markazi, 
Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi «Umid» tashabbuslarga 
koʻmak berish va rivojlantirish markazi, Termiz shahridagi «Imkon» 
imkoniyati cheklangan bolalar va oilalarga koʻmak berish markazi, 
Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahridagi «Ziyo» maxsus zaruratli 
bolalarga ijtimoiy koʻmak berish markazi, maqsadli hududlar hokim-
liklari, Oʻzbekistondagi Shvetsariya elchixonasi hamkorlik qilishdi. 
Ushbu loyiha doirasida Toshkent, Guliston, Qarshi, Samarqand, 
Termiz, Andijon, Qoʻqon, Nukus, Buxoro, Urganch shaharlarida 
joylashgan ayrim maktabgacha ta’lim muassasa, maktab, kasb-hunar 
kollejlari va akademik litseylarda imkoniyati cheklangan bolalar 
aralash guruhlarda inklyuziv texnologiya asosida ta’lim-tarbiya 
olishdi. 
Mamlakatimizda imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim-tarbiya-
si va ularning ijtimoiy hayotga moslashuviga qulay sharoitlar yaratib 
berilmoqda. Ularni jamiyatga integratsiya qilish, avvalo, imkon qadar 
salomatligini tiklash maqsadida «Imkoniyati cheklangan bolalar 
uchun umumiy ta’lim loyihasi» asosida ish yuritib kelinmoqda. 
Bunda, asosan, inklyuziv ta’lim imkoniyatlaridan foydalanish koʻzda 


8
tutilmoqda. Natijada inklyuziv ta’limni tashkil etishning pedagogik-
psixologik xususiyatlarini, oʻziga xos imkoniyatlarini
2
chuqurroq 
oʻrganish, u bilan bogʻliq muammolarni aniqlash, samaradorlik 
jihatlarini asoslab berish dolzarb ilmiy muammoga aylanmoqda. 
Chunki inklyuziv ta’lim usuli barcha bolalarning ruhiy-jismoniy 
holatidan qat’iy nazar ta’lim jarayonida toʻlaqonli ishtirok etishini 
ta’minlashga qulay imkoniyat yaratadi. 
Ayniqsa, u alohida yordamga muhtoj bolalarning atrofdagilar 
bilan muloqotda boʻlishi, ijtimoiy muhit talablariga javob bera 
oladigan boʻlib ulgʻayishi, oʻz kundalik-maishiy ehtiyojini qondira 
olish koʻnikmalarini egallashi, hayotga moslashib, umumta’lim 
maktablarida sogʻlom tengdoshlari bilan teng sharoitlarda oʻqiy 
olishi, ular bilan oʻzaro doʻstona munosabatga kirishishi, darslarni 
oʻz vaqtida oʻzlashtirishi, topshiriqlarga mas’uliyat bilan yonda-
shishi uchun qulayliklar tugʻdiradi. Shuni nazarda tutib, mazkur 
darslikda inklyuziv ta’limning oʻziga xos samaradorlik belgilarini 
asoslash, uni oiladan, maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlab 
oliy ta’limgacha boʻlgan uzluksiz ta’lim jarayonida yoʻlga qoʻyish 
uchun zaruriy pedagogik-psixologik yondashuv yoʻllarini aniqlash 
koʻzda tutildi. Shunisi borki, inklyuziv ta’lim nafaqat nogiron bola-
lar oʻrtasida, balki sogʻlom turmush tarziga asoslangan oilada 
tarbiyalanayotgan bolalar oʻrtasida, maktabgacha ta’lim muassasa-
larida, maktablarda, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ham 
fanlarni oʻzlashtirish darajasi turlicha boʻlgan oʻquvchilar uchun 
qulay imkoniyatlar yarata oladi. U orqali oʻquvchilarning bir-biriga 
ijobiy ta’sir koʻrsata olishiga erishish yaxshi natija keltiradi. Lekin 
ba’zan sogʻlom bolalar bilan nogiron bolalar orasidagi tafovut sezi-
lib qolishi, nogiron bola oʻz tengdoshlariga qoʻshilmay, tortinishi, oʻz 
imkoniyatlaridan foydalana olmasligi sabab uyalib turishi, kamsiti-
2
YUNESCO: Jamiyatga va inklyuziv ta’limga muhtojlarga qaratilgan Dastur. – 1994. 


9
lishi, ayrimlari esa oilada haddan tashqari erka oʻstirilganligi tufayli 
qaysarlik, injiqlik qilishi kuzatiladiki, bunday sharoitda ta’lim 
amaliyoti va ta’lim xizmatlarini tashkillashtirishda oʻzgarishlar 
qilishga toʻgʻri keladi. Bularning barchasi inklyuziv ta’lim jarayoni 
oʻziga xos murakkabliklarga ega ekanligini va shu sohada ishlay-
digan oʻqituvchilar, sinf rahbarlari, tarbiyachilar, kasbiy mahorat 
ustalari zimmasiga jiddiy talablar va mas’uliyatlar yuklashini 
oydinlashtiradi. 
Inklyuziv ta’limni oiladan maktabgacha ta’lim 
muassasalarida, umumta’lim maktablarida, kasb-hunar 
kollejlari va oliy oʻquv muassasalarida joriy etish 
natijasida imkoniyati cheklangan insonlarga nisbatan umumiy 
munosabat oʻzgarayotgani ma’lum boʻldi. Bu esa ularning hayotda 
muvaffaqiyat qozonishi uchun omil boʻlib xizmat qilishi mumkin. 
Inklyuziv ta’lim imkoniyati cheklangan bolalarga umumta’lim 
jarayonidagi barcha tadbirlarda faol va muntazam ishtirok etish 
imkonini beradi. Buning natijasida stereotiplar shakllanishining oldi 
olinib, koʻrsatiladigan individual yordam imkoniyati cheklangan 
bolalarni jamiyatdan ajratib qoʻymaydi. Ular olgan koʻnikmalarini 
umumlashtirish imkoniga ega boʻlishadi. Imkoniyati cheklangan 
insonlar uchun ishlab chiqilgan va jamiyatga reja asosida joriy 
etilayotgan inklyuziv ta’lim strategiyasi oʻqishning uzluksiz va 
muttasilligini ta’minlaydi. Oila – bolalar bogʻchasi – maktab – kasb-
barcha o‘quvchilar uchun maxsus ta’lim 
ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning 
farqliligini inobatga olgan holda ta’lim 
muassasalarida ilm olishda teng huquqlilikni 
ta’minlashdir. 

Download 3,4 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I BOB. INKLYUZIV TA’LIMNING NAZARIY ASOSLARI

Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish