10
hunar kolleji – ish bilan ta’minlash –
ushbu tizim kelajakda ota-
onalarga imkoniyati cheklangan bolalarini umumta’lim muassasalari
va oliy oʻquv yurtlariga bemalol, xavfsiramasdan
olib kelishlari
uchun zamin yaratadi.
Inklyuziv ta’lim
– oʻquvchilarning imkoniyatlari,
individual-
psixologik, jismoniy nuqson va oʻzlashtirish xususiyatlarini hisobga
olgan holda tashkil etiladigan ta’lim jarayonidir
3
.
Shuningdek, inkluziv ta’lim davlat siyosati boʻlib, nogiron va
sogʻlom bolalar oʻrtasidagi toʻsiqlarni
bartaraf etish, inklyuziv
ta’limga muhtoj bolalarni rivojlanishidagi nuqsonlari yoki iqtisodiy
qiyinchiliklaridan qat’i nazar, ijtimoiy
hayotga moslashtirishga
yoʻnaltirilgan umumta’lim jarayoniga qoʻshishni ifodalovchi ta’lim
tizimidir.
Inklyuziv ta’lim jismoniy va psixik imkoniyatlari cheklangan
oʻquvchilarni sogʻlom oʻquvchilar bilan birgalikda oʻqitishni angla-
tadi. Inklyuziv ta’lim bir qator muhim tamoyillarga tayanilgan holda
amalga oshiriladi. Jumladan,
➢
Inson qadri uning layoqatlari va yutuqlariga bogʻliq emasligi
prinsipi;
➢
har bir shaxsning his qilish va oʻylash
layoqatiga egaligi
prinsipi;
➢
har bir shaxsning muloqot qilish va tinglash huquqiga egaligi
prinsipi;
3
Педагогик атамалар луғати. – Т.: “Фан”, 2008. – Б. 47.
Inklyuzivlik –
inglizcha soʻz boʻlib,
inclusif –
qoʻshish, birlashtirish
ma’nolarini anglatadi. Mazkur atama alohida ehtiyojga ega boʻlgan
oʻquvchilarni umumta’lim maktablarida sogʻlom bolalar bilan qoʻshib
birgalikda oʻqitish jarayonini ifodalaydi.
11
➢
har bir shaxsning bir-biriga kerakliligi prinsipi;
➢
shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim jarayonining aniq hamkorlik
asosida amalga oshirilishi prinsipi;
➢
har bir oʻquvchining oʻz tengdoshlarining qoʻllab-quvvatlovi
va doʻstona munosabatlariga ehtiyojmandligi prinsipi;
➢
turli-tumanlik oʻquvchi hayotining barcha jabhalarini rivoj-
lantirishni ta’minlashi zarurligi prinsipi kabilar.