3.
Inkluziv ta’limning vazifalarini yoriting.
4.
«Oʻzbekistonda inklyuziv ta’lim» loyihasi qanday
amalga oshirildi?
5.
Imkoniyati cheklangan oʻquvchilarga ta’lim berish
uchun qanday sharoit yaratish kerak?
20
1.2. IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR TURLARI
VA ULARNI INKLYUZIV TA’LIMGA JALB ETISH
Bolalar bir-biriga oʻxshamaydilar. Bir-biriga oʻxshash boʻlgan
bolaning oʻzi mavjud emas. Bolalarning yoshlari bir xil boʻlsa-da,
ular bir-biridan farq qiladi. Ba’zi bolalar injiq, ba’zilar esa, aksincha
xushchaqchaq, ba’zilari yaxshi kuylaydi, ba’zilari esa, aksincha
ashula ayta olmaydilar. Bu roʻyxat davom etaverishi mumkin.
Bola dunyoga kelgan kunlaridan boshlaboq koʻradi, eshitadi,
biror narsa tekkanini, ogʻriq, issiq, hid va ta’mni his etadi.
Tevarak-atrofdagi borliqni bilish-sezish va idrok qilishdan,
ya’ni voqelikdagi narsa va hodisalarning bola ongida aks etishidan
boshlanadi.
Bolaning idroki hayotining dastlabki yillaridayoq ancha
takomillashadi va ikki yoshida u buyumlarning rangi, shakli, katta-
kichikligiga qarab bir-biridan farq qila boshlaydi, tanish ohangni
ajratadi va hokazo. Unda xilma-xil sensor qobiliyatlar: koʻrish va
koʻzdan kechirish, tinglash va eshitish, buyumlarni tashqi belgilariga
qarab ajratish, koʻzi koʻrayotgan va eshitayotgan narsaga taqlid qilish
qobiliyati rivojlanib boradi.
Bola turli taassurotlar olib turishi – buyumlarni koʻrishi, ushlab
bilishi, kattalarning ishlarini kuzatishi, xilma-xil tovushlarni eshitishi
kerak. Bu bolalarning sensor rivojlanishlari uchun zarur shartdir.
Sensor qobiliyatlarning oʻz vaqtida rivojlanishi esa bolalarning aqliy
tarbiyasi uchun zamin yaratadi.
Diqqat, xotira, intilish, qiziqish va boshqa shu singari ruhiy
jarayonlar bolaning aqliy rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega.
Bola nutqining oʻz vaqtida va toʻgʻri rivojlanishi aqliy
rivojlanishining asosidir. Nutq ruhiy jarayon: idrok, xotira va
boshqalarning rivojlanishiga, bolalarning faoliyatiga katta ta’sir
21
koʻrsatadi. Bolalar nutqi rivojlanishni boshlashi bilan kattalar
soʻzlarining tarbiyaviy vosita sifatidagi roli ortib boradi.
Bola shaxsining tarkib topishi hayotining birinchi kunlaridanoq
boshlanadi. Bola har kuni koʻrgan va eshitganlari asosida borliqqa va
tevarak-atrofdagi kishilarga oʻz munosabatini bildiradi, kattalarning
xatti-harakatlari, ishlariga, sodir boʻlayotgan voqealarga bolaning
beradigan bahosi, kishilarga boʻlgan munosabati - bularning hammasi
bola ma’naviy qiyofasining shakllanishiga ta’sir etadi.
Bolaning xoh ona qornida, xoh tugʻilganidan keyin rivojlanib
borishi uchun zarur boʻlgan ma’lum shart-sharoitlarning buzilishhi
turli xil anomaliyalarga, ya’ni jismoniy yoki ruhiy rivojlanishidagi
nuqsonlar, kamchiliklarga olib kelishi mumkin.
Korreksion pedagogika fanida imkoniyati cheklangan bolalar-
ning turli xil toifalari ustida ish olib boriladi.
Ular quyidagilardir:
➢
eshitish kamchiliklariga ega boʻlgan bolalar (kar, zaif
eshituvchi bolalar, kech kar boʻlib qolgan bolalar);
➢
koʻrish qobiliyati zaif (koʻr, zaif koʻruvchi bolalar);
➢
aqliy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar;
➢
nutqiy nuqsonlari bor bolalar;
➢
harakat-tayanch a’zolarida kamchiliklari boʻlgan bolalar;
➢
ruhiy rivojlanishi sust bolalar;
➢
mujassam kompleks nuqsonli koʻr-kar-soqov bolalar;
➢
rivojlanishida murakkab koʻp nuqsonli bolalar;
➢
autizm sindromiga chalingan bolalar.
Imkoniyati cheklangan bolalar me’yorda rivojlangan tengdosh-
lari orasida inkluziv ta’limda yoki ixtisoslashtirilgan ta’lim-tarbiya
muassasalarida tarbiyalanishi va oʻqitilishi maqsadga muvofiq.
Bolaning umumiy rivojlanishiga har tomonlama kuchli ta’sir etgan
nuqsonlargina uni imkoniyati cheklangan bola deb hisoblashga asos
22
boʻlishi mumkin. Masalan, bolaning faqat chap qulogʻi eshitsayu, bu
nuqson uning har tomonlama rivojlanishiga ta’sir etmaydigan, u
maktab tengdoshlari qatori oʻzlashtiradigan boʻlsa, u imkoniyati
cheklangan bolalar toifasiga kirmaydi. Katta yoshdagi kishilarda
ma’lum sabablarga koʻra paydo boʻlgan nuqsonlar ham ularning
umumiy rivojlanishiga ta’sir etmasa, bu kishini imkoniyati chek-
langan deb hisoblash mumkin emas.
Imkoniyati cheklangan bolalarning jismoniy yoki ruhiy rivojla-
nishida kuzatiladigan ogʻir, keskin oʻzgarishlar bola shaxsining tarkib
topishiga salbiy ta’sir koʻrsatadi. Shuning uchun bunday bolalarni
tarbiyalash va ularga ta’lim berish uchun maxsus sharoit yaratilishi
kerak, ya’ni ular maxsus ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim
muassasalari va maktablarda yoki me’yorda rivojlangan tengdoshlari
orasida hamma qatori va agarda kerak boʻlsa, maxsus dastur va
darsliklar asosida oʻqitilishi va tarbiyalanishi zarur, ular alohida
yordamga muhtoj.
Har qanday imkoniyati cheklangan bolada kuzatiladigan nuqson
markaziy yoki periferik nerv sistemasidagi organik yoki funksional
oʻzgarishlarga aloqador boʻlishi mumkin.
Bola rivojlanishidagi turli xil kamchiliklar noqulay muhit,
notoʻgʻri tarbiya, ta’lim natijasida ham paydo boʻlishi mumkin.
Masalan, noqulay oilaviy sharoit, pedagogik qarovsizlik, oʻqituvchi-
ning bolaga notoʻgʻri munosabati va boshqa koʻpgina sabablar bola
rivojlanishiga salbiy ta’sir koʻrsatib, uning dastur materiallarini
yaxshi oʻzlashtira olmasligiga, ulgurmovchi oʻquvchilar orasiga
qoʻshilib qolishiga sabab boʻladi. Shunday boʻlsada, biz bunday
bolani imkoniyati cheklangan bolalar toifasiga kiritmaymiz, chunki
uning rivojlanishidagi kamchiliklar organizmdagi qanday boʻlmasin
biror organik yoki funksional patologik oʻzgarishlarga bogʻliq
boʻlmay, balki boshqa sabablardan kelib chiqqan.
23
Ota-ona, tarbiyachi va oʻqituvchilar bunday bolalarni imko-
niyati cheklangan bolalardan farqlay oladigan boʻlishlari kerak.
Kelib chiqish sabablariga koʻra har qanday nuqsonli rivojlanish
tugʻma yoki turmushda orttirilgan boʻlishi mumkin.
Tugʻma nuqsonlar koʻp jihatdan homilador onaning sogʻligʻi va
yashash sharoitiga bogʻliq. Ona qornidagi homilaning rivojlanishiga
infeksiya, intoksikatsiya, shikastlanish va boshqa omillar ta’sir etishi
mumkin. Onaning homiladorlik davrida turli xil kasalliklar bilan
ogʻrishi, oʻzboshimchalik bilan turli dori-darmonlarni bilar-bilmas
iste’mol qilishi bolaning nuqsonli boʻlib tugʻilishiga sabab boʻlishi
mumkin.
Tugʻma nuqsonlar genetik, ya’ni irsiy omillar ta’siriga ham
bogʻliq boʻlishi mumkin. Masalan, eshitish, koʻrish analizatori
faoliyatining buzilishhi, aqliy zaiflikning nasldan bolaga oʻtishi ham
kuzatiladi (fenilketonuriya, Daun sindromi, rezus faktorning mos
kelmasligi va boshqalar).
Ota-onalarning alkogolizmi, narkomaniyasi, toksikomaniyalari
ham bolaning nuqsonli boʻlib tugʻilishiga olib kelishi mumkin.
Turmushda orttirilgan nuqsonlar bola organizmiga tugʻilish
vaqtida va undan keyingi davrlarda zararli omillar ta’sir etishi nati-
jasida vujudga keladi. Tugʻruq vaqtida miya shikastlanishi, bolaning
kindigi oʻralib, boʻgʻilib qolishi (asfiksiya) va boshqalar, ba’zan
uning nuqsonli rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Bolaning ilk yoshligida (uch yoshgacha) turli kasalliklar bilan
ogʻrishi, masalan, meningit, meningoensefalit, otit, makraziy nerv
sistemasining shikastlanishi va boshqa shu singari dardlarni boshidan
kechirishi ham nuqsonli rivojlanishiga sabab boʻlishi mumkin.
Mamlakatimizda bolalarning jismoniy yoki ruhiy rivojlanishi-
dagi nuqsonlarning oldini olish yuzasidan koʻpgina choralar koʻril-
moqda, bu sohada anchagina yutuqlarga ham erishildi. Oʻzbekistonda
24
aholini davolash-profilaktikasi kengaygani hamda meditsina soha-
sidagi katta yutuqlar munosabati bilan imkoniyati cheklangan bolalar
soni nisbatan kamaydi. Bolalarning chechak, oʻlat, tif, vabo, traxoma,
qizamiq va bolalarga xos boshqa yuqumli kasalliklar orqasida
imkoniyati cheklangan boʻlib qolish hodisalari uchrab turadi. Irsiy
omillar hamda intoksikatsiya va organizm shakllanayotgan paytda
bosh miya, analizatorlarning zararlanishiga olib boradigan boshqa
sabablar tufayli bolaning imkoniyati cheklangan boʻlib qolish hollari
hali ham uchrab turadi.
|