• 2. Inklyuziv ta’limning barcha uchun ochiq bo‘lishi tamoyili
  • Inklyuziv ta’lim tamoyillari




    Download 3,4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/85
    Sana28.09.2024
    Hajmi3,4 Mb.
    #272809
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
    Bog'liq
    Inklyuziv ta`lim

    Inklyuziv ta’lim tamoyillari.
    1. Inklyuziv ta’limning e’tirof etilishi tamoyili 
    1990 yildan buyon maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim 
    muassasalari tizimida o‘qitish borasida jahon miqyosida ko‘plab 
    deklaratsiyalar va qarorlar qabul qilindi. Ularni jahonning ko‘plab 
    davlatlari e’tirof etdilar. Ammo bugungi kunga qadar ularni hayotga 
    joriy qilish borasida ko‘plab muammolar mavjud. Ba’zi davlatlarda 
    esa umumiy ta’lim borasida qonun yoki qarorlar
     
    qabul qilinganda 
    nogiron bolalarning ta’lim masalasi cheda qolmoqda. Inklyuziv 
    ta’limni tan olish faqatgina qonun chiqarishdan
     
    iborat emas. 
    Inklyuziv ta’limni e’tirof etgan holda, aholi o‘rtasida targ‘ibot-
    tashviqot ishlarini olib borish eng birinchi galdagi masaladir. 
    2. Inklyuziv ta’limning barcha uchun ochiq bo‘lishi tamoyili 
    O‘tgan yigirma yil davomida maxsus ehtiyojli bolalarni umum-
    ta’lim muassasalari tizimida o‘qitish borasida sezilarli ishlar amalga 
    oshirildi. Ammo inklyuziv ta’limi tizimini joriy qilish asosan sha-
    harlar miqyosida bo‘lib, qishloqlardagi hududlarda hamon maxsus 
    ehtiyojli bolalar ta’limdan chetda qolib ketmoqda yoki ota-onalar 
    nogiron farzandini shahardagi maxsus muassasalarga qatnashlarini 
    ta’minlashda qiyinchiliklarga duch kelmokdalar. 
     
     


    17
    3. Bog‘lanishning mavjud bo‘lishi tamoyili 
    Bog‘lanish so‘zining zaminida ommaviy binolarning sifati, 
    ayniqsa nogiron bolalar uchun maktablarga kirishning oson bo‘lishi 
    kabi omillar yotadi. Bola maktab binosiga (zinapoyalar aravachada 
    yurishga moslashtirilmaganligi sababli) kira olmasligi yoki maktab 
    xojatxonasi aravachada harakatlanuvchilarga moslashtirilmaganligi 
    uchun oddiy maktabdan chiqarib tashlanmasligi kerak. Bu kabi 
    qulayliklarni yaratish unchalik katta mablag‘ talab qilmaydi. Yangi 
    maktab binosi nogiron bolalarning ehtiyojlarini e’tiborga olgan holda 
    qurilishi kerak. Albatta nogiron bolalar uchun qulayliklar me’yorida 
    rivojlanishdagi bolalar uchun hech bir muammo keltirib chiqarmaydi. 
    Bog‘lanishlarni yaratish inklyuziv ta’limning asosiy muammolarini 
    hal etishga xizmat qiladi. 

    Download 3,4 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




    Download 3,4 Mb.
    Pdf ko'rish