|
N. B. Goipova inkluziv ta’lim gospital ped a gogikaBog'liq Inklyuziv ta`limRuhiy funksiyalar
– miyaning aks ettirish faoliyatining turli
shakllari: sezish, qabul qilish, xotira, fikrlash va hokazaolar.
Ruhiy rivojlanish
– inson hayotining turli bosqimkoniyati
cheklanganlarida uning bilish faoliyati va shaxsi xarakterining
shakllanishi va takomillashuvi.
Rivojlanishdagi nuqson
– me’yoriy rivojlanishning buzilishini
keltirib chiqaradigan jismoniy va ruhiy kamchilik.
Reabilitatsiya
– organizmning buzilgan funksiyalari hamda
kasallar va Imkoniyati cheklangan bolalarning ijtimoiy funksiyalari
va mehnatga layoqatligini tiklash yoki o‘rnini qoplashga qaratilgan
tibbiy, pedagogik va ijtimoiy tadbirlar majmuasi.
Rag‘bat
– amaliy harakatga undov, turtki.
Sog‘liq imkoniyatlari cheklangan bola
– jismoniy va (yoki)
ruhiy rivojlanishda nuqsonlarga ega, ijtimoiy yordam va himoyaga
muhtoj bola.
Sensor tarbiya
– sezgi, ko‘rish, eshitish, his qilish va boshqa
organlarning rivojlanishiga qaratilgan pedagogik usullar jamlanmasi.
Sindrom
– bir patogenezda birlashgan alomatlar jamlanmasi.
Skolioz
–
umurtqaning yonboshdan qiyshayishi.
Sezgi organlari
– sub’ektni o‘rab turgan muhitdagi (ekstero-
retsepsiya) va uning organizmidagi (interoretsepsiya) o‘zgarishlar
to‘g‘risida xabar beruvchi signallarni qabul qilishga moslashgan asab
organlari.
Taktil retseptor
– teri yuzasiga, ba’zi shilliq pardalarga
teginish va bosim o‘tkazish retseptori.
Tiflopedagog
– ko‘r va yomon ko‘ruvchi bolalar va o‘smir-
larning bilish faoliyati va buzilgan (kam rivojlangan) funksiyalaridan
kelib chiqqan holda ularning ta’lim, tarbiya, politexnik va mehnat
tayyorgarligini amalga oshiruvchi maxsus oliy ma’lumotli pedagog.
|
| |