|
Namangan Institute of Engineering and Technology Pdf ko'rish
|
bet | 482/693 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 15,56 Mb. | | #228860 |
Bog'liq ТўпламNamangan Institute of Engineering and Technology
nammti.uz
10.25.2023
Pg.442
Fazoviy yoki hajmga ega bo‘lgan qiyofalarning tasvirlarini displeyda hosil qilishda
aksonometrik yoki perspektiv tasvirlarni hosil qilish qoidalaridan foydalaniladi. Bunda tasvir
ob’ektining har bitta nuqtasidan qarash yo‘nalishiga parallel bo‘lgan yoki qarash nuqtasiga
kelayotgan har bitta nur displeyning ekrani yuzasi bilan uchrashtiriladi. Albatta, bunday ish EHM
uchun og‘irlik qilishi mumkin. Bunday paytlarda ob’ekt uning sath chiziqlari yoki meridianlaridan
iborat bo‘lgan sinchlar yordamida tasvirlanadi. Sinchlarning tekislikning bo‘laklari yordamida
qoplab chiqilishi approksimatsiya deb ataladi.
Shuningdek, komyuter grafikasi ob’ektni soyasi bilan birga tasvirlash, tasvirda ob’ektning
materialini (shisha, gips, yog‘och, metall kabilarni) ifodalash, ob’ekt sirtining teksturasini (g‘adir-
budirligi darajasini) ko‘rsatish kabi nisbatan murakkab grafik amallarni ham bajara oladi.
Soyalarning tasvirlarini hosil qilishda chizma geometriyadagi soyalarni tasvir etish qoidalari
mashinaviy dasturlar tiliga o‘giriladi. Ob’ektning yorug‘ va soyaga ega bo‘lgan qismlarini tasvirlash
dasturlarini tuzishda Lambertning kosinuslar qoidasidan foydalaniladi. Mazkur qoidaga ko‘ra:
«Yo‘nalishi ma’lum bo‘lgan yorug‘lik kuchining yuzaviy zichligi – yorug‘lik kuchining sirt yuzasining
berilgan yo‘nalishga perpendikulyar bo‘lgan tekislikdagi proeksiyasiga nisbatiga teng» dir.
Kompyutkr grafikasining qo‘lga kiritgan yutuqlaridan yana biri texnik vositalari yordamida
stereoskopik juftliklarni, multiplikatsion filmlarni, harakatdagi turli-tuman ekran o‘yinlarini
yartishda keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. Yo‘l-yo‘lakay, ko‘z bilan qraganda ob’ekt qanaqangi
ko‘rinsa, uning tasviriga qarab ham xuddi ana o‘shanday taassurot hosil etkizish, boshqacha
aytganda, realistik tasvirlar hosil qilish borasida ham katta ishlar olib borilmoqda.
Bitta ob’ektni displeyda bir vaqtning o‘zida uning har xil tomonlaridan tasvirlash mumkinligi
kompyuter grafikasini muhandislik grafikasi hal etib yurgan masalalarga yaqinlashtirib qo‘ydi.
Muhandislik grafikasi masalalarining har xil parametrlar bilan ko‘plab marta bajariluvchi, lekin bir
xil grafik asosga ega bo‘lgan, mas.: bolli, shpilkali, vintli birikmalarning chizmalarini bajarishda
kompyuter grafikasining samaralari, ayniqsa, ko‘zga yaqqolroq tashlanmoqda.
Konstruktorlar bilan kompyuterning displeydagi tasvirlar bo‘yicha fikr almashuvining –
dialogning yo‘lga qo‘yilishi nobadiiy grafikaning amaliyoti maydonida katta yutuqlarga
erishtirmoqda. Bunday yutuqlarni yanada ko‘paytirib borishda kompyuter grafikasining keyingi
paytlarda yuzaga kelgan va interaktiv grafika deb nom olgan bo‘limining xizmati katta bo‘lmoqda.
Kompyuter grafikasi haqidagi lavhamizni o‘z e’tiborimizni yana bir narsaga qaratib qo‘yish
bilan yakunlaymiz. Ya’ni har qanday mashina ham faqat mohir boshqaruvchining qo‘lidagina
o‘zining bor imkoniyatlarini to‘lig‘icha namoyon etadi. Kompyuterlar ham o‘z nomi bilan
mashinalarning bir turidir. Mashinadan mohirona foydalana bilish uchun esa, uning tilini puxta
o‘zlashtirish kerak bo‘ladi. Bu gaplar kompyuter grafikasi uchun ham to‘lig‘icha taalluqlidir.
|
| |