|
Namangan Institute of Engineering and Technology nammti uz Pdf ko'rish
|
bet | 481/693 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 15,56 Mb. | | #228860 |
Bog'liq Тўпламdigitizayter deb yuritiluvchi moslamalarning turlicha ko‘rinishlari, ayniqsa, keyingi paytlarda
kompyuter grafikasi amaliyotida keng ko‘lamda o‘z tadbig‘ini topib bormoqda. Shu joyda
skanerlarni – grafik ma’lumotlarni kompyuterga kiritib beruvchi moslamalarni eslab o‘tish o‘rinli.
Displeyning ekranidagi tasvirni qog‘ozga ko‘chirib olib o‘tishda, odatda, tasvirqurgichlardan –
grafopostroitel (plotter) lardan foydalaniladi. Tasvirqurgichlarning planshetli va barabanli turlari
mavjud. Tasvirqurgichlarning tasvirni ifoda etuchi juzvlari sifatida oddiy qalam, rangli siyohlar bilan
to‘ldirilgan sharchali qalamlar dastasi kabilar ishlatiladi.
Displeyning ekranidagi rangli tasvirlarni qog‘ozga o‘tkzishda yanada mukammalroq
uskunalardan, jumladan, elektrostatik yoki lazerli tasvirqurgichlardan foydalaniladi.
Kompyuter grafikasining harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib, uning dasturiy ta’minoti xizmat
qiladi. Kompyuter grafikasini dasturiy jihatdan ta’min etishda «Basic», «Autocad», «Point», «Graf-
4-win», «Microsoft Power Point», «Macromedia Flash MX», «3ds max», «Sorel draw», «Abobe
Fhotoshop» kabi bir qator dastur paketlarining birontasidan foydalaniladi.
Tasvirni ekranda ilk bor paydo qilishda EHM ning xotirasiga kiritilgan yuqoridagiga o‘xshash
paketlardagi grafik elementlar ibtidolar – primitivlardan foydalaniladi. Grafik primitivlar jumlasiga,
odatda, to‘g‘ri chiziq kesmasi, aylana va ellips hamda ularning yoylari, ko‘pburchaklar, spirallar,
matn satrlari, marker (shartli belgilarning shakllari majmui) kabilar kiritiladi.
Vektorli displeylarning va tasvirqurgichlarning aksariyatida alohida primitivlar sifatida nuqta
va to‘g‘ri chiziqning kesmasigina olingan bo‘ladi. Boshqa har qanday shakl tegishli uzunliklardagi
to‘g‘ri chiziq kesmalarining ketma-ketligi ko‘rinishida ifoda etiladi. Bunda tasvir algebradagi
funksiyalarning grafiklari ko‘rinishida vujudga keltiriladi.
Kompyuter grafikasi amaliyotida bir nechta nuqtasining o‘rni ma’lum bo‘lgani holda egri
chiziqning qolgan nuqtalarini aniqlash (Beze egri chizig‘i), egri chiziqning ravonligini oshirish kabi
masalalar ham tez-tez uchrab turadi. Bunda splaynlarning – ravon egri chiziqlarning har xil turlari
(mas.:
-splaynlar) dan va interpolyatsiyalash yoki ekstrapolyatsiyalash kabi amallardan
foydalaniladi.
O‘z navbatida, displeyning ekranida hosil etib qo‘yilgan shakl ustida EHM lar yordamida
ko‘plab geometrik almashtirish ishlarini bajarish mumkin: biron-bir yo‘nalishda cho‘zish yoki qisish;
shaklni kichraytirish yoki kattaytirish; shaklga simmetrik bo‘lgan shakl vujudga keltirish; shaklni
biron-bir markaz atrofida biron-bir yo‘nalishda biron-bir burchakka burish va h. k..
Grafik dasturlarning paketlarida chegarasi ma’lum bo‘lgan shakllar ichini kerakli rangga
bo‘yab qo‘yish yoki biror xil naqsh bilan to‘ldirib qo‘yish kabi amallar ham ko‘zda tutilgan bo‘ladi.
Bunday amallar «ekranlashtirish» nomi bilan yuritiladi.
|
| |