Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov




Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/100
Sana09.03.2023
Hajmi2.2 Mb.
#44784
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Bog'liq
sifat menejmenti
Тема №3, 1 Саноат ва фуқаро бинолари архитектураси фанига кириш, PZK6PSNpbwCTdtcxPz7CvGVQqw9CyvNlUMbnSvGZ, betlik Sirtqi KL uchun ASLOS , Sun\'iy intelekt (01), QO\'ZIYEV X O\'QITISH METODIKASI KUSR ISHI, Mavzu Tabiiy shamollatiladigan omborda sig’imiga mos holda 100 , google uchun fayl, ELEKTRON O’QUV QO’LLANMALAR, Mustaqil ta'lim AYHXTQ, 3-labarotoriya, 10 Laboratoriya mashg, 64, Murakkablashgan sodda gaplarning ta\'lim bosqichida o\'rganilishi
 
1 jadval 
Dunyoning turli mintaqalarida standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiyaning 
qonunchilik asoslari (sanoati rivojlangan davlatlar misolida) 
Mintaqa 
(davlat) 
Standartlashtirish qonuni 
Sertifikatlashtirish qonuni 
Metrologiya 
qonuni 
Amerika 
(AQSH 
misolida) 
Kataloglashtirish 
va 
standartlashtirish 
haqida 
(1954 y.) 
Iste’mol mahsulotlarining 
xavfsizligi haqida (1972 
y.) 
Metrologik 
tizim 
to’g’risida 
(1986 y.) 
Osiyo 
(Yaponiya 
misolida) 
Sanoatning 
standartlashtirilishi haqida 
(1949 y. 1980 y. da 
o’zgartirish kiritilgan) 
Iste’mol mahsulotlarining 
xavfsizligi haqida (1973 
y.) 
O’lchovlar 
haqida (1985 
y.) 
Evropa 
(Germaniya 
misolida) 
DIN va federal hukumat 
o’rtasidagi kelishuv (1979 
y.) 
-texnik vositalarning 
xavfsizligini ta’minlash 
haqida (1968 y.) 
-atrof muhitni 
muhofazalash haqida 
(1974 y.) 
-o’lchash ishi 
haqida (1985 
y.) 
-o’lchov 
birliklari va 
tekshirish 



-oziq-ovqat mahsulotlari 
va ommaviy foydalanish 
tovarlari haqida (1974 y.) 
haqida (1985 
y.) 
 
Sifatning past darajasi oqibatida sarflanadigan katta harajatlar AQSH sanoati uchun 
jiddiy muammoga aylangan. Namunaviy Amerika korxonasining barcha joriy 
harajatlarining 20 – 25%i mahsulotlarning nuqsonlarini aniqlash va bartaraf qilishga 
sarflangan. Boshqacha aytganda, korxona ishchilarining chorak qismi hech narsa ishlab 
chiqarishmagan – ular birinchi safar noto’g’ri bajarilgan ishlarni tuzatishgan. Agar bunga 
korxonadan chetga chiqqan va bozorga kelib tushgan nuqsonli buyumlarni ta’mirlash 
yoki almashtirib berish harajatlarini qo’shadigan bo’lsak, u holda past darajadagi sifat 
oqibatida sarflanadigan umumiy harajatlar ishlab chiqarish harajatlarining 30 va undan 
ko’p foizini tashkil qiladi. 
AQSH ning ko’plab mutaxassislari past sifatni Amerika mahsuloti uchun mehnat 
unumdorligi va uning raqobatbardoshligi o’sishining asosiy to’sig’i deb baholashgan.
Sifat darajasini oshirish yoki mag’lub bo’lish – Amerika sanoati uchun boshqa 
muqobil yo’l bo’lmagan. 
Sifat muammosini hal qilishda ko’p hollarda Amerika mahsulotini raqobatchilardan 
himoya qiluvchi turli protektsionistik choralar: tariflar, kvotalar, to’lovlarini izlangan. 
Amerika tadbirkorlarining talabi bilan AQSH ma’muriyati Amerikaning 
avtomobilь, po’lat, maishiy elektronika, mototsikllar va h.k. ni ishlab chiqaruvchilarini 
himoyalash yuzasidan protektsionistik choralar ko’rgan. Mahsulotning sifati asosiy 
masadga aylangan Amerikaning yetakchi kompaniyalarida ham sifatga iste’molchilarning 
ehtiyojlarini qondirish yo’li emas, balki ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish vositasi 
sifatida qaralgan. 
SHu bilan birga, AQSH firmalarining dadil fikrlovchi boshqaruvchilari Amerika 
mahsulotlarining sifatini oshirish zarurligini anglab yetdilar. Buning uchun quyidagilarni 
rivojlantirishga qaror qilingan: 
1) ishchilarni motivatsiyalash; 
2) sifat to’garaklari; 
3) statistik nazorat qilish usullari; 
4) xizmatchilar va boshqaruvchilarning tafakkurini yuksaltirish; 
5) sifat harajatlarini hisobga olish; 
6) sifatni oshirish dasturlari; 
7) moddiy rag’batlantirish; 
AQSH da 80 – yillarning boshida sifatni boshqarish sifatni rejalashtirish bilan 
birgalikda olib borildi. Bu sifat xizmatining muhim yutug’i bo’ldi.
O’sha davrda AQSH da E. Demingning ikkita kitobi: “Sifat, unumdorlik va 
raqobatbardoshlik” va “Inqirozdan chiqish” nashrdan chiqqan. Bu monografiyalarda “14 
qoida” nomi bilan tanilgan Demingning falsafasi o’rin olgan bo’lib, ular umumiy sifat 
(Total Quality) ning asosini tashkil qilgan. 
AQSHda sifat muammosi teran anglay boshlangan. Amerika sanoatida resurslar, 
salohiyat, qadr – qimmat va yuqori ish haqi to’lanadigan yuqori pog’ona rahbariyati 
mavjud. Mashhur Amerika mutaxassisi A. Feygenbaumning ta’rifiga ko’ra, “sifat – 
yevangelizm emas, oqilonalashtirish taklifimas va shior ham emas, u hayot tarzidir”.
Buyurtmachilar (iste’molchilar) ning talablarini qondirish sifat sohasidagi 
inqilobning negizi hisoblanadi. Konveyerdagi har bir ishchi o’zidan oldingi ishchi 



mahsulotlarining iste’molchisi hisoblanadi. SHuning uchun, har bir ishchining vazifasi 
navbatdagi ishchini qoniqtirishdan iborat.
Miliy mahsulotning sifatini oshirish masalalariga qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi 
hokimiyat tomonidan e’tibor davlatning iqtisodiy rivojlanishidagi yangi yo’nalishga 
aylandi.
AQSH ning Kongressi mahsulotning sifatini oshirish sohasida erishgan alohida 
yutuqlari uchun Malьkolьm Boldridj nomli milliy mukofotni ta’sis etgan bo’lib, bu 
mukofot har yili uchta eng yaxshi firmaga topshiriladi. Umumjahon sifat kuni deb 
belgilangan noyabrning ikkinchi choragida AQSH Prezidenti mukofotni taqdim qiladi. 
Sifat sohasida Amerika tajribasini tahlil qilgan holda uning quyidagi o’ziga xos 
xususiyatlarini qayd qilamiz: 

matematik statistika usullari orqali mahsulot ishlab chiqarish sifatini qattiq 
nazorat qilish; 

miqdor va sifat ko’rsatkichlari bo’yicha ishlab chiqarishni rejalashtirish 
jarayoniga e’tibor berish, rejalar bajarilishining ma’muriy nazorati; 

firmani boshqarishni takomillashtirish. 
Mahsulotning sifatini muntazam oshirishga qaratilgan choralar AQSH ning 
Yaponiyadan katta farqlar bilan ortda qolishini bartaraf etdi. Bu o’z navbatida yagona, 
global bozorga aylanayotgan jahon bozorida raqobat kurashini kuchaytirib yubordi. 

Download 2.2 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov

Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish