Yaponiyaning sifatni boshqarish tajribasi




Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/100
Sana09.03.2023
Hajmi2.2 Mb.
#44784
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Bog'liq
sifat menejmenti
Тема №3, 1 Саноат ва фуқаро бинолари архитектураси фанига кириш, PZK6PSNpbwCTdtcxPz7CvGVQqw9CyvNlUMbnSvGZ, betlik Sirtqi KL uchun ASLOS , Sun\'iy intelekt (01), QO\'ZIYEV X O\'QITISH METODIKASI KUSR ISHI, Mavzu Tabiiy shamollatiladigan omborda sig’imiga mos holda 100 , google uchun fayl, ELEKTRON O’QUV QO’LLANMALAR, Mustaqil ta'lim AYHXTQ, 3-labarotoriya, 10 Laboratoriya mashg, 64, Murakkablashgan sodda gaplarning ta\'lim bosqichida o\'rganilishi
Yaponiyaning sifatni boshqarish tajribasi ishning sifatini oshirish hech qachon 
tugamasligini ko’rsatadi. 
1945 yilda Yaponiya vayron bo’lgan, sanoati to’liq ishdan chiqqan edi. 
SHuningdek, o’sha davrda Yaponiyaning texnikasi qoloq holatda bo’lgan.
Zamonaviy radiotexnikada katta ahamiyatga ega bo’lgan Yaponiyada ishlab 
chiqarilgan kuchaytirgichlar uchun kichik chastotali transformator 250 gramm og’irlikda 
edi. Ayni vaqtda AQSH da bu apparatning konstruktsiyasining vazni atigi 30 gramm 
bo’lgan. 
Suv bilan to’yintirilgan Yaponiya transformatori 15 daqiqada ishdan chiqardi, 
Amerikaniki esa germetik qoplama bilan to’liq o’ralgan va suv o’tkazmaydi. 
Biroq 40 – yillarning oxiri – 50 – yillarning boshida sifatni boshqarish bo’yicha 
Amerikaning mashhur olimlari E. Deming va J. Juranning sabog’ini olgan yapon 
mutaxassislari bu bilimlardan Yaponiyaning sanoatida muvaffaqiyatli foydalana 
boshladilar. 
Deming davri tatbiq qilindi. U mahsulotni loyihalash, ishlab chiqarish, sotish, tahlil 
qilish va sifat darajasini oshirish uchun o’zgarishlar – PDCA tsikli “rejalashtirish – 
bajarish – tekshirish – tuzatish ta’sirlari” (“plan – do – check – action”) ni bog’langan. 
Texnologik jarayonni boshqarish uchun nazorat kartalari faol qo’llanilgan. Deming 
nomidagi mukofoti uning kitoblari, ma’ruzalari topshiriladigan mualliflik mukofoti 
sifatida ta’sis qilingan. Deming oltin medali alohida shaxs yoki korxona uchun 1951 
yildan boshlab berib kelinmoqda.
Sifatni boshqarishga Yaponiyaning yondashuvi bir qator o’ziga xos xususiyatlarga 
ega, biroq qiyosiy tahlil uning nazariy qoidalari jahon tajribasi bilan umumiy xususiyatga 
egaligini ko’rsatmoqda. Bu kontseptsiya to’liq va to’g’ri tatbiq qilingan ilg’or xorijiy 
firmalarning sifatni boshqarish tizimlari bir – biriga o’xshash, ularni qo’llash va 
rivojlantirish mexanizmlarida ham umumiylik mavjud. 
Sifatni boshqarishga Yaponiya yondashuvining o’ziga xos xususiyatlari:
1) barcha bo’linmalarda mehnat jarayonlari va natijalarini doimiy takomillashtirish;
2) mahsulotning sifatini emas, balki jarayonlarning sifatini nazorat qilish;



3) nuqsonlarga yo’l qo’yilish ehtimolini bartaraf qilish;
4) oldingi operatsiyadan keyingisiga o’tishda yuzaga keladigan muammolarni 
tadqiq va tahlil qilish;
5) “Sening iste’molching – keyingi ishlab chiqarish operatsiyasini bajaruvchi” 
tamoyilini ilgari surish;
6) bevosita ijrochining zimmasiga mehnat natijalarining sifati uchun javobgarlikni 
yuklash;
7) inson omilidan faol foydalanish, ishchilar va xizmatchilarning ijodiy salohiyatini 
oshirish, “Yaxshi odamga yomon ishlash uyat” maqoliga rioya qilish. 
“Yapon mo’’jizasi” ning asosiy g’oyasi – har qanday sohada ilg’or texnologiyalarni 
qo’llash. Firmalarda hisoblash va mikroprotsessor texnikasi, yangi materiallar, 
loyihalashning avtomatlashtirilgan tizimlari, to’liq kompьyuterlashtirilgan statistik 
usullar keng tatbiq qilinmoqda. 
Yaponiya mutaxassislarining fikriga ko’ra, ishni majburiyatlar mantig’ini himoya 
qilishdan emas, balki ma’lumotlarni to’plash va tahlil qilishdan boshlash, hamkorlikdagi 
izlanishlar, jamoaning qarorlariga tayanish kerak. 
Ishchilarni o’qitish ularning bevosita rahbarlari – masterlar, uchastka boshliqlari 
tomonidan amalga oshiriladi. Masterlar, uchastkalar va tsexlarning boshliqlarini o’qitish 
6 kunlik nazariy kurs va 4 oylik amaliy faoliyatdan iborat. 
“Nissan Motor” kompaniyasida ish faoliyatining dastlabki 10 yilida o’qitish ishlab 
chiqarishdan ajralgan holda amalga oshiriladi va bunga kamida 500 kun sarflanadi. 
Keyinchalik o’qitish kechqurunlari va dam olish kunida bevosita ish joylarida davom 
etadi. Vaqti – vaqti bilan barcha toifadagi ishlayotganlar, shuningdek, rahbarlar 
attestatsiyalanib, o’qitish jarayoni yakunlanadi. Mos bo’linmalarning rahbarlari 
mutaxassislar ishtirokida attestatsiyalashni o’tkazadilar. Ishchilarning toifalariga mos 
ravishda attestatsiyalash 3, 6 oy va 1 yilda bir marta olib boriladi. 
Bir qator mutaxassislar firmaning imtihonidan tashqari davlat imtihonini ham 
topshiradilar. Masalan, “Tabay Espek” firmasida ishchilarning 75%i Mehnat 
vazirligining davlat attestatsiyasidan o’tishgan. Davlat attestatsiyasidan oldingi o’qitish 
pullik va unga firma haq to’laydi. Davlat attestatsiyasidan o’tgan ishchining ish haqiga 
qo’shimcha to’lanadi.
Attestatsiyalash natijalari ish joylariga osib qo’yiladi. Uch martagacha 
attestatsiyadan o’tishga ruxsat beriladi. Uch marta attestatsiyadan o’tmagan ishchi 
berilgan ish joyida kasbiy jihatdan ishga yaroqsiz hisoblanadi. 
O’qitishning juda muhim foydali samarasi bor: sifat odamlarning o’z ishiga shaxsiy 
munosabatlarini yaxshi tomonga o’zgartiradi. Sifatning 90%i tarbiya, anglanganlik bilan 
va faqat 10%i bilimlar bilan tavsiflanadi, deb o’ylashadi. O’quv dasturlari atigi bu 10% ni 
berishi mumkin, lekin ular ishchilarning sifatga munosabatini o’zgartiruvchi kuch 
hisoblanib, bu munosabat keyinchalik rag’batlantirishlar vositasida doimiy qo’llab – 
quvvatlanishi kerak. 
Sifat to’garaklariga katta e’tibor beriladi. To’garaklar ixtiyoriy shakllantiriladi. 
To’garaklarga qatnash va yig’ilishlardagi faollik bilan sifatning ichki masalalarini hal 
qilishdagi ixtiyoriylik, mustaqillikda bevosita aloqa mavjudligini tadqiqotlar ko’rsatdi. 
To’garaklarning majlisi – ish vaqtida o’tkaziladigan noishlab chiqarish faoliyatining 
yagona turi. Majlislar har haftada o’tkaziladi.
Sifat to’garaklarining tsex va zavod konferentsiyalari muntazam o’tkaziladi. Yiliga 
ikki marta sifat to’garaklarining konferentsiyalari butun kompaniya miqyosida 
o’tkaziladi. Sifat to’garaklari vakillarining umumyapon s’ezdlari ham o’tkaziladi. 


10 
To’garak Yaponiya olimlar va muhandislar birlashmasi (JUSE) da ro’yxatdan o’tgan 
bo’lsa va “Sifat ustasi va nazorati” jurnalida bu ma’lumot chop etilgan bo’lsa, u holda 
bunday to’garak rasmiy tan olingan hisoblanadi. 
Yaponiya korxonalarida xodimlar uchun “beshta nolь” nomini olgan sifatni 
ta’minlashda qatnashish dasturi ishlab chiqilgan. U qisqa qoidalar – maqollar ko’rinishida 
shakllantirilgan: 

yaratmaslik (nuqsonlarning yuzaga kelishi uchun sharoit); 

yubormaslik (nuqsonli mahsulotni keyingi bosqichga); 

qabul qilmaslik (nuqsonli mahsulotni avvalgi bosqichdan); 

o’zgartirmaslik (texnologik tartiblarni); 

takrorlamaslik (xatolarni). 
Bu qoidalar ishlab chiqarishni tayyorlash va ishlab chiqarish bosqichlari uchun 
detallashtirilgan hamda har bir ishchiga yetkazilgan. 
SHu tarzda, Yaponiyada sifatga munosabatning asosiy jihatlarini ko’rib chiqamiz: 

boshqaruv va texnologiya sohasida ilmiy ishlanmalarni keng tatbiq etish; 

ishlab chiqarishni boshqarish, tahlil qilish va nazorat qilishning hamma 
operatsiyalarining yuqori kompьyuterlashtirilganlik darajasi; 

insonning imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanish. Buning uchun ijodiy 
faoliyatni rag’batlantirish (sifat to’garaklari), o’zining firmasiga sodiqlik ruhida 
tarbiyalash, xodimlarni tizimli va har tomonlama o’qitish choralari ko’riladi. 

Download 2.2 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish