Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov




Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/100
Sana09.03.2023
Hajmi2.2 Mb.
#44784
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   100
Bog'liq
sifat menejmenti
Тема №3, 1 Саноат ва фуқаро бинолари архитектураси фанига кириш, PZK6PSNpbwCTdtcxPz7CvGVQqw9CyvNlUMbnSvGZ, betlik Sirtqi KL uchun ASLOS , Sun\'iy intelekt (01), QO\'ZIYEV X O\'QITISH METODIKASI KUSR ISHI, Mavzu Tabiiy shamollatiladigan omborda sig’imiga mos holda 100 , google uchun fayl, ELEKTRON O’QUV QO’LLANMALAR, Mustaqil ta'lim AYHXTQ, 3-labarotoriya, 10 Laboratoriya mashg, 64, Murakkablashgan sodda gaplarning ta\'lim bosqichida o\'rganilishi
2.2. Sifat tushunchasining tarixi 
 
Sifat tarixi. Fan, texnika va umuman jamiyatda sodir bo’layotgan hozirgi 
jarayonlarni anglashda sifatning tarixini bilish muhim ahamiyatga egadir. Arxeologiya va 
unga yaqin fanlar, o’tmishda muhandislik va boshqa faoliyat sohalarida g’aroyib yutuqlar 
qo’lga kiritilgani haqida dalillar topishmoqda. Bu yutuqlarni yuqori darajadagi sifat va 
sifat boshqaruvisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Eramizdan avvalgi XVIII asrda Bobil shohi 
Xammurapi qonunlar majmuini yozib,(arxeologlar tomonidan 1901-1902 yillarda Suzada 
(qadimgi Messopotamiya hududi) tahminan tarixi m.o. 1780 yillarda yaratilgan 
Xammurapi qonunlar qomusi topilgan. Qomusda 282ta qonun bo’lib, ular qora toshli 
ustunlarga bitilgan edi), mahsulot sifati uchun javobgarlikka asos solgan. Unda agarda 
usta uy qursa. ammo uy chidamli bo’lmay, qulab biror odam halok bo’lsa, ustaga o’lim 
jazosi belgilangan. Bu qonunlar ishlab chiqaruvchini (qaysi soha bo’lishidan qat’iy nazar) 
o’z ishlab chiqargan mahsulotining sifati uchun javobgarlik tamoyillarini ilk bor 
ifodalagan. Sifatsiz mahsulot ishlab chiqarilganlik uchun nafaqat moddiy, balki jismoniy 
jazolash amaliyoti qo’llanilganligi tarixdan ma’lum. Masalan, Petr I ning 1723 yil 11 


16 
yanvarda imzolagan farmoni yorqin misol bo’la oladi. Jumladan farmonda, Tula fabrikasi 
egasi Kornil Beloglazov davlat idoralariga yaroqsiz qurol-aslahalar sotganligi uchun 
cherkovda ishlashga yuborilishi,ishonchli nazoratchi Frol Fuks yaroqsiz mahsulotga sifat 
tamg’asini bosganligi uchun esa Azovga surgun qilinishi ta’kidlangan. 
Asrlar ketidan asrlar o’tgach, ko’pgina sifatning taraqqiyoti to’g’risidagi tarixiy 
ma’lumotlar saqlanib qolmagan. sifatni boshqarish to’g’risidagi fanning aynan qachon 
paydo bo’lgani haqida ham yagona fikr yo’q.
Turli mutaxassislar va tashkilotlarning qarashlaridagi ko’pgina o’xshashliklarga 
qaramay, sifatning yagona maqbul yoki to’g’ri talqini mavjud emas. Faqat turli mualliflar 
kontseptsiyalarida mavjud bo’lgan asosiy yondoshuvlarni ajratib ko’rsatish mumkin: 
1. Sifat – bu qadriyat. 
2. Sifat – bu ustunlikdir. 
3. Sifat – bu spetsifikatsiyalarga muvofiqlikdir. 
4. Sifat – bu mijozlar istaklariga muvofiqlik va yoki shu istaklarni oldindan ko’ra 
bilishdir.
Sifat bu - qadriyat, degan yondoshuvga A. Feygenbaum quyidagicha fikr bildiradi: 
“Sifat bu -“eng yaxshi” degan mutlaq ma’noni ifoda etmaydi. U, “iste’molchining 
muayyan shartlariga ko’ra eng yaxshi” degan ma’noni anglatadi. Bu shartlar quyidagicha: 
a) mahsulotning haqiqiy iste’moli; b) mahsulotning sotilish narxi. Mahsulotning 
sifatini uni ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatdan ajralgan holda tasavvur qilib 
bo’lmaydi” sifatli mahsulot – bu mutanosib narxda, ma’lum ehtiyojlarni qondiruvchi 
mahsulotdir.
Sifat bu - ustunlikdir. Bunday yondoshuv D. Garvinning ta’rifidan tashqari, 
“Oxford University Press” (1990) lug’atida mavjud. Unda sifat ustunlik yoki asllik 
ma’nosida ta’riflanadi. 
Sifat – bu spetsifikatsiyalarga muvofiqlikdir: SHunday mahsulotni ishlab chiqarish 
yoki shunday xizmatlarni ko’rsatish kerakki, ularning o’lchanadigan xususiyatlari 
raqamlarda ifodalangan aniq texnik talablarni qondirsin. Bunday yondoshuv ikkinchi 
jahon urushi davridayoq keng tarqalgan edi, negaki o’sha vaqtda harbiy mahsulotlar 
belgilangan talablarga aniq javob berishi kerak edi. Bir tomondan, bunday talqinni ishlab 
chiqarish xususiyatiga ega deyish mumkin, chunki bu talablarni muhandislar belgilaydi
buyurtmachilarning talablari esa inobatga olinmaydi. Biroq ko’p mutaxassislar
ta’kidlashicha,, mijozlarning ehtiyoj va talablari bunday spetsifikatsiyalar uchun asosiy 
harakatlantiruvchi kuch bo’lmog’i kerak.
Sifat – mijozlar istaklariga muvofiqlik va yoki shu istaklarni oldindan ko’ra 
bilishdir, degan yondoshuv hozirgi kunda keng tarqalgan. Yuqorida keltirilgan 
misollardan ko’rinib turibdiki, taniqli mutaxassislarning ko’pchiligi bu yondoshuvni o’z 
ta’riflarida e’tirof etishgan .
SHunday qilib, sifatning zamonaviy talqini qay darajada bo’lmasin, ana shu 
yondoshuvlarga asoslanishi lozim. ISO 9000:2000 xalqaro standartining so’nggi tahririda 
sifat ta’rifi lo’nda qilib berilgan va unda yuqorida keltirilgan birinchi va to’rtinchi 
yondoshuvlarni birlashtirishga harakat qilingan. Sifat mahsulot va xizmatlar xususiyatlari 
yig’indisining talablarga muvofiqlik darajasi deb, talab esa – aniqlangan ehtiyoj yoki 
istak deb ifodalanadi. 


17 

Download 2.2 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   100




Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov

Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish