Sifatni boshqarishning Yevropa tajribasi




Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/100
Sana09.03.2023
Hajmi2.2 Mb.
#44784
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Bog'liq
sifat menejmenti
Тема №3, 1 Саноат ва фуқаро бинолари архитектураси фанига кириш, PZK6PSNpbwCTdtcxPz7CvGVQqw9CyvNlUMbnSvGZ, betlik Sirtqi KL uchun ASLOS , Sun\'iy intelekt (01), QO\'ZIYEV X O\'QITISH METODIKASI KUSR ISHI, Mavzu Tabiiy shamollatiladigan omborda sig’imiga mos holda 100 , google uchun fayl, ELEKTRON O’QUV QO’LLANMALAR, Mustaqil ta'lim AYHXTQ, 3-labarotoriya, 10 Laboratoriya mashg, 64, Murakkablashgan sodda gaplarning ta\'lim bosqichida o\'rganilishi
Sifatni boshqarishning Yevropa tajribasi. Agar AQSH va Yaponiyada ko’p 
yillardan beri sifatni oshirish dasturlari amalga oshirilayotgan, sifat masalalari bo’yicha 
faol siyosat olib borilayotgan, sifatni uzoq muddatli rejalashtirish bajarilayotgan bo’lsa, 
Yevropada kamdan – kam istisnoli holatlarda sifatni boshqarish sifatni nazorat qilishdan 
orta qolishda davom etgan. 
1980 – yillarda butun Yevropa bo’ylab mahsulotlar va xizmatlarning sifatini 
yaxshilashga intilish kuzatildi. ISO 9000 seriyasidagi standartlar asosida sifat tizimlari 
keng tatbiq qilindi. Bu sifat masalalarini yanada muhim o’ringa olib chiqdi, yanada 
ishonchliroq ta’minotlar va umuman sifatning yanada barqaror darajasiga erishishni 
ta’minladi. 
1993 yil 1 yanvarda e’tirof etilgan ochiq umumevropa bozoriga tayyorgarlik 
jarayonida yagona standartlar, texnologik ko’rsatmalarga yagona yondashuvlar ishlab 
chiqilgan, ISO 9000 seriyasidagi standartlar asosida yaratilgan sifat tizimlariga tayanilib 
milliy standartlar tuzilgan, ularning Yevropa analoglari – 29000 seriyasidagi EN lar 
amaliyotga tatbiq qilingan. Bu standartlarga mos ravishda sifat tizimlarini sertifikatlash
EN 45000 seriyasidagi standartlarning talablariga muvofiqlikda sertifikatlashtirish 
bo’yicha nufuzli Yevropa organini tuzishga alohida e’tibor berilyapti. Keltirilgan 
standartlar yuqori sifatning kafolatlariga aylanishi, millionlab iste’molchilarni past navli 
mahsulotlardan himoyalashi, ishlab chiqaruvchilarni sifat sohasidagi yangi yutuqlarga 
rag’batlantirishi kerak. 
Firmalar mahsulotning sifatini oshirish sohasida yanada intensiv siyosat olib 
boradilar, jarayonlar esa yanada qattiqroq nazoratga olinadi. 
Sifat Yevropa davlatlarining raqobatbardoshligini ta’minlash omiliga aylangan. 
Bunday strategiyani amalga oshirish uchun quyidagilar talab qilingan:
1. Yagona qonunchilik talablari (ko’rsatmalar). 
2. Yagona standartlar. 


11 
3. Firmaning bozor talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun yagona tekshirish 
jarayonlari. 
1985 yilda standartlarni muvofiqlashtirishning yangi g’oyasi qabul qilindi, 
xavfsizlik va ishonchlilikni ta’minlash bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Ayni paytda 
yagona talablarni bajarishda ISO 9000 va EN 29000 standartlariga asoslaniladi. 
Mahsulotlarni SE belgisi bilan tamg’alash joriy qilingan. 
Sinovlar va sertifikatlashtirish bo’yicha Yevropa muvofiqlashtirish kengashi va sifat 
tizimlarini baholash va sertifikatlashtirish bo’yicha Yevropa qo’mitasi tashkil qilingan. 
Buyuk Britaniya, SHvetsariya, GFR, Avstriya, Daniya, SHvetsiya, Frantsiya, Ispaniya, 
Portugaliya, Yunoniston, Gollandiya, Belьgiya, Finlyandiya, Norvegiya, Irlandiya va 
Italiyaning sertifikatlashtirish bo’yicha tashkilotlari ushbu qo’mitaga a’zo bo’lgan. 
1988 yilning sentyabrida G’arbiy Yevropaning 14 yirik firmalarining prezidentlari 
sifatni boshqarishning Yevropa fondi (SBEF) ni tuzish to’g’risida shartnoma imzoladilar. 
SBEF ning faoliyat sohasi: 
1. Umumiy raqobatda ustunlikka erishish uchun sifatni yaratish jarayonini 
tezlashtirishda G’arbiy Yevropa kompaniyalarining rahbariyatlarini qo’llab – quvvatlash. 
2. Sifatni yaxshilash va Yevropaning sifat madaniyatini mustahkamlash faoliyatida 
qatnashishda G’arbiy Yevropa hamjamiyatining barcha segmentlarini rag’batlantirsh va 
ularga ko’maklashish. 
SBEF sifat bo’yicha Yevropa tashkiloti (SET) bilan hamkorlikda sifat bo’yicha 
Yevropa mukofotini ta’sis qildi. Bu mukofot eng yaxshi firmalarga 1992 yildan boshlab 
taqdim etib kelinmoqda.
Sifat masalalarini hal qilishga Yevropa yondashuvining o’ziga xos xususiyatlari: 

Sifatni baholash va tasdiqlash bilan bog’liq barcha ishlarni olib borish uchun 
qonunchilik asosi; 

Milliy standartlarning talablari, qoidalar va sertifikatlash tartiblarini o’zaro 
muvofiqlashtirish; 

Mahsulot va sifat tizimlarini sertifikatlash ishlarini olib borishga vakolatli milliy 
tashkilotlar infratuzilmasi va tarmog’ini yaratish, laboratoriyalarni akkreditatsiyalash, 
sifat bo’yicha mutaxassislarni ro’yxatga olish va h.k. 
Sifatga g’arbiy (AQSH va Yevropa) va sharqiy (Yaponiya) yondashuvlarni 
taqqoslash 1 jadvalda keltirilgan. 
1. jadval. 
Sifatga yondashuvlarni taqqoslash 

Download 2.2 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish