• 2.Taqriz, annotatsiya va rezyume matni talablari. Taqriz
  • Maqola ustida ishlashning asosiy bosqichlari




    Download 2,3 Mb.
    bet42/44
    Sana08.02.2024
    Hajmi2,3 Mb.
    #153431
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
    Bog'liq
    Dilfuzaxon oya

    Maqola ustida ishlashning asosiy bosqichlari
    1. Mavzuning belgilanishi, uning tahlili, reja-tezislarning tuzilishi.
    2. Reja-tezislar asosida maqolaning birinchi varianti ustida ishlash
    3. Ishning yakunlanishi, matn tahlili, takomillashtirish, tuzatish.
    Maqola yozishga kirishishdan oldin quyidagi savollarga javob bering:
    1.Materialdan qanday xulosa chiqarish kerak?
    2.Ish mazmuni nimadan iborat bo‘ladi?
    3.Maqola nima uchun yoziladi?
    Agar Siz o‘z maqolangiz yakunini «ko‘rib turgan bo‘lsangiz», unda ish puxta bo‘lishi kerak.
    2.Taqriz, annotatsiya va rezyume matni talablari.
    Taqriz (arab. — ijobiy baho) — adabiy tanqid janri; yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiy-ommabop asar tahlili. Taqrizda asarning bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni, unda koʻtarilgan muammolar, asarning gʻoyaviy va badiiy xususiyatlari, muallif ijodida, adabiyotda tutgan oʻrni haqida maʼlumot boʻladi; asarga baho beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi. Taqriz, asosan, keng kitobxonlar ommasi uchun moʻljallanadi, ularni yangi asarlardan ogoh qiladi, zarurini tanlab olishga koʻmaklashadi. Ichki taqriz ham boʻladi, nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiy-ommabop asar ichki taqrizga beriladi, biroq, bu taqriz matbuotda eʼlon qilinmaydi.
    Annotasiya boshlang’ich hujjatda so‘z boradigan savolga javob beradi. Annotasiya turlari. Annotasiya - qandaydir nashr haqidagi qisqa axborot; hujjat, uning bir qismi yoki hujjatlar guruhining maqsadi, mazmuni, shakli va boshqa o‘ziga xos xususiyatlari nuqtai nazaridan tavsifnomasi. Annotasiya matni standartlashtirilmagan. Annotasiyani tuzishga qo‘yiladigan asosiy talablar :
    1. Kompozisiyasi mazmunan mantiqiy bo‘ladi va dastlabki matn kompozisiyasidan farqlanishi mumkin.
    2. Ma’lumotlarning tanlanishi, ularning ifodalanishi va joylashuvi annotasiya tusiga bog’liq bo‘ladi.
    3. Tili lo‘ndaligi, soddaligi, aniqligi bilan ajralib turadi.
    4. Dissertasiya, maqolaga annotasiya bibliografik varaqada rasmiylashtiriladi, xatboshilarsiz beriladi.
    5. O‘rtacha hajmi - 500 bosma belgi, kam hollarda – 800 – 1000
    Rezyume - fransuzcha so‘z bo‘lib, yozilgan, aytilgan yoki o‘qilgan narsaning qisqa holatda aks ettirish, qisqacha xulosa, biror narsaning yakuniy natijasi.



    Download 2,3 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




    Download 2,3 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maqola ustida ishlashning asosiy bosqichlari

    Download 2,3 Mb.