• Elektrodinamik
  • Elektron va ion
  • 1.2 Elektr qurilmalaridagi shikastlanishlarni oldini olishda rele ximoyasini o`rni.
  • Namangan muhandislik-texnologiya instituti




    Download 3.23 Mb.
    bet5/23
    Sana06.12.2023
    Hajmi3.23 Mb.
    #112421
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
    Bog'liq
    BMI Sotvoldiyev Abdulhamid 18u-19 ready
    Uslubiy Algoritmlash va dasturlash (tajriba), QXAKT AMALIY USLUBIY, 4 kurs, 3 bob 2, 1- semes, Операциоонная система windows, Шимолий Нишон кони учун газ, UZB OAK JURNALIGA RAHIMOV R .2, 1-Амалий иш Техно меню, 4-kurs21 larga , 9-informatika-darslik, 5.52.01.01 kompyetwr injiniringi tayyor bolgan WORD 11, 2-TOM NAMMTI YSMKT, 2.2 reja, 2.2 docx
    Elektromagnit relelarida chulg’amdan o’tayotgan tok ta’sirida magnit maydon xosil bo’lib yakorning va kontaktlarning xolati o’zgartiriladi.
    Magnitoelektrik relelarda chulg’am ramka ko’rinishida bajarilib o’zgarmas magnit maydonida joylashtirilgan. Chulg’amdan tok o’tayotganda ramka prujinani kuchini yengib xarakatga keladi va kontaktlarning xolatini o’zgartiradi.
    Elektrodinamik rele ish printsipi bo‘yicha magnitoelektrik relega o’xshash lekin undagi magnit maydoni maxsus o’ygotish chulg’ami bilan xosil etiladi.

    Induktsion relening ish printsipi relening chulg’ami xosil qiladigan o’zgaruvchan magnit oqimi va xarakatlanuvchan diskda xosil bo’ladigan tok o’zaro ta’siriga asoslangan.
    Ferromagnit relelar magnit kattaliklari (magnit oqimi, magnitmaydoni kuchlanganligi) yoki ferrodinamik matirallarining magnit tavsifnomalari o’zgarilishi ta’sirida ishlaydi.
    Elektron va ion relelari bevosita kuchlanish yoki tok kuchi natijasida xosil bo’ladigan sakrashsimon uzgarishlar ta’sirida ishlaydi.

    Elektroissiklik relelari xarorat o’zgarishi ta’sirida ishlaydi. Ularning ish printsipi yuqorida ko’rib chiqilgan bimetallik va bilatomitrik datchiklarning ish printsipiga o’xshash bo’ladi.
    Rezonans relelari ish printsipi elektrik tebranish tizimlarda xosil bo’ladigan rezonasga asoslangan.



    Relelarning yana bir muhim parametrlaridan biri ularning ishga tushish va qo’yib yuborish vaktlari xisoblanadi. Chulg’amga kuchlanish berilganda u shu vaktning o’zida ishga tushmasdan, balki bir oz vaktdan keyin ishga tushadi, ushbu vakt ishga tushish vakti deb ataladi. Kuchlanish chulg’amidan ajratilganda xam kuyib yuborish ma’lum bir vakt ichida amalga oshadi, bu vakt esa qo’yib yuborish vakti deyiladi.
    1.2 Elektr qurilmalaridagi shikastlanishlarni oldini olishda rele ximoyasini o`rni.
    Elektr qurilmalarida rele himoyasini o’rni juda muhimdir chunki bunday bo’lmaganda bu qadar keng qo’llanilmas edi. Elektr tizimlarining, elektr stansiyalarining elektr qurilma va asboblarida, elektr uzatish linyalarida, elektr iste’molchilarida normal va ishdan chiqish, shikastlanish holatlarini uchratish mumkin. Ishdan chiqish yoki shikastlanish ko’p xollarda elektr tizimning elementlarida tokning me’yoridan oshib ketishi yoki kuchlanishning pasayishi bilan bog’langan. Me’yoridan oshib ketgan tok katta miqdorda issiqlik ajralib chiqishiga olib keladi. Buning natijasida elektr uzatish linayalari va qurilmalari xavfli darajada qizishi va shikastlanishi mumkin. Kuchlanishni normadan pasayashi elektr iste’molchilarning normal ishlashiga yo’l qo’ymaydi va parallel ishlayotgan generatorga va energatika tizimining barqarorligiga salbiy tasir ko’rstadi. Shunday qilib elektr qurilmalaring shikastlanishi energetika tiziming va elektr iste’molchilaring ish rejimiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Elektr tizimlarining normadan tashqari xolatlari esa energetiga tizimini shikastlanishiga yoki ishdan chiqishga olib keladi. Elektr tizimlarining va iste’molchilarini normal ishlashlari uchun shikastlangan qurilma, elektr linyalari tezda aniqlanilishi, o’chirilishi kerak va shu orqali qolgan elektr iste’molchilari va energetik tizimni normal ishlashiga sharoit yaratilishi kerak. Nonormal xolatlar vaqtida aniqlanib, choralar ko’rilsa xavsizlik ta’minlanadi. yuqorida ko’rsatilganlardan shuni aytish mumkinki, elektr tizimlari va elektr istemolchilarini va nonormal xolatlardan saqlash uchun uning elementlarini ximoyalovchi avtomatik qurilma qurish va ishlatishga elektr tizimlaring talabi katta. Elektr tizimida dastavval himoya qurilmasi qilib eruvchan saqlagichlar qo’llanilgan. Quvvat va kuchlanishni oshishi, elektr tizimlari ulanish sxemealaring murakkablashishi eruvchi saqlagichlarni ko’p kamchiliklarini namoyon qildi va buning oqibatida yangi ximoyalovchi qurilma yaratildi. Bu ximoyalovchi qurilma maxsus avtomat-rele bo’lib, uning yordamida amalga oshiriladigan ximoya releli ximoya deb nomlanadi. Releli ximoya eletr avtomatikasing asosiy turi bo’lib u ishtirokisiz xozirgi zamon elektr tizimlari normal va mustaxkam ishlay olmaydilar.U energetika tizimining barcha elementlarini xolatlarini doimo tekshirib, nazorat qilib boradi. Energetika tizimida shikastlanish bo’lganda ximoya uni aniqlaydi va energetika tizimining shikastlangan qismini maxsus katta tokga mo’ljallangan uzgichlarga ta’sir etib o’chiradi. Energetika tizimida nonormal xolat bo’lganda ximoya uni aniqlaydi va bu xolatni xarakteriga qarab normal xolatni tiklash uchun kerakli bo’lgan chora tadbirlarni qo’llaydi yoki navbatchi shaxsga xabar beradi. Xozirgi zamon energetika tizimi releli ximoyalar elektr ta’minotini tez tiklovchi va tizimni normal xolatga keltiruvchi mustaxkam va aniq elektr avtomatikasi bilan ta’minlangan. Yuklamalarni oshishi elektr tarmoq tarkibidagi linyalarni uzayishi, energetika tizimlariga bo’lgan barqarorlik talablarining keskin oshishi releli ximoya ishini yana murakkablashtiradi. Talablarga mos tez va ishonchli ximoya tuzish maxsus rele turlaridan foydalinilmoqda. Elektr mexanik relelar o’rniga yarim o’tkazgichli, kontaktsiz relelar, gerkonlar, magnit elementli va raqamli relelar eksplutatsiyaga kirib keldi. Umuman elektr tizimda rele himoyasini o’rni juda muhim sanaladi va biz buni bir qancha misollarda ko’rib chiqishimiz mumkin. Odatda releli himoyaning qurilmalari bir necha ma’lum bir sxema bo‘yicha ulangan relelardan iborat bo‘ladi. Rele bu avtomatik qurilma bo‘lib, ma’lum bir ta’sir etuvchi kattalikni qiymatida harakatga keladi yoki ishlaydi. Rele texnikasida kontaktli (elektromexanik) va kontaktsiz (Yarim o‘tkazgichli yoki ferromagnit elementli) relelar qo‘llaniladi.1-tur relelar ishlagan paytda kontaktlar ulanadi yoki uziladi. Odatda nonormal rejimlardan himoya qilish uchun ham tok va kuchlanish relelari ishlatiladi. Tok relelari o‘ta yuklanish sodir bo‘lgan hollarda, kuchlanish relelari esa, elektr tizimlarida kuchlanish xavfli darajada oshib yoki kamayib ketganda ishlab ketadi. Bulardan tashqari, maxsus relelardan bo‘lgan chastota relelari va issiqlik relelari nonormal rejimlarda ta’sir javob berish uchun ishlatiladilar. Yordamchi relelar qatoriga vaqt relelari, ko‘rsatgich relelar, oraliq relelari kiradi. Vaqt relelari himoyaning harakatni sekinlashtiradi, ko‘rsatgich relelari esa himoya elementlari harakatidan xabar beradi va qayd qiladi, oraliq relelar himoya elementlarini o‘zaro bog‘laydi va asosiy relening uzatayotgan xabarini uzgichga yetkazadi. Har bir releni ikki qismga ajratish mumkin: qabul qiluvchi va bajaruvchi organlar. Qabul qiluvchi organning vazifasi relega kelayotgan elektr kattalikni o‘zgarishini qayd qilish va shunga mos bo‘lgan o‘zgarishlarni boshqa relelarda amalga oshirishdan iborat. Bajaruvchi organning vazifasi tashqi zanjirlarga ta’sir qilishdan, uzgichni o‘chirishdan, boshqa relelarni ishga tushirish yoki ularga xabar berishdan iborat. Rele va himoya elementlarining chizmalarda tasvirlash usullari Rele va himoya elementlarining chizmalarda tasvirlashning ikki tamoilli usullari mavjud. Birinchi usul bo‘yicha rele birlashgan holda, yani chulg‘am to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak shaklida tasvirlanadi, relening kontaktlari yuqori qismda ko‘rsatiladi. Belgining pastki qismida relening chulg‘ami va rele tipining bosh harflari yoziladi, yani: Relelarning chizmadagi shartli ko‘rinishi. Tok relesi - KA, kuchlanish relesi-KV, vaqt relesi-KT, oraliq relesi-KL va ko‘rsatgich relesi-KH.
    Ikkinchi usul bo‘yicha rele himoyasi yoyilgan holda ko‘rsatiladi.



    1.3-rasm. Relelarni sxemalarda belgilanishlari.
    Relening chulg‘ami va kontakti chizmaning har xil qismlarida joylashadilar va mos keluvchi harflar bilan belgilanadilar. Yoyilgan tasvirlash murakkab sxemalarni o‘qishni osonlashtiradi. Relening ulanish usullari. Relening cho‘lg‘ami elektr tarmoqqa (tok va kuchlanishga) to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki tok va kuchlanish transformatorlari orqali ulanishi mumkin. Birinchi tur relelar birlamchi, ikkinchi tur esa ikkilamchi relelar deyiladi. Ikkilamchi relelar ko‘proq qo‘llaniladi. Buning sababi shundaki, ular yuqori kuchlanishdan izolyasiyalanganlar, himoya qiluvchi elementdan uzoq masofada joylashadilar, xizmat ko‘rsatish uchun qulay va ma’lum bir nominal tok (1 yoki 5 A) va kuchlanish (100 V) ga mo‘ljallanadilar. Bunda himoyalanayotgan elementning birlamchi toki yoki kuchlanishiga bog‘liqlik yo‘q. Birlamchi relening afzalligi shuki, ularda o‘lchov transformatorlari, operativ tok manbalari ishlatilmaydi. Ular kichik quvvatli elektr motorlarida, transformatorlarda va liniyalarda keng qo‘llanadi.
    Himoya uzgichga to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) va bilvosita ta’sir ko‘rsatish mumkin .Bevosita (a, b) va bilvosita (d) tasir korsatuvchi relelar.

    1.4 -rasm. Bevosita (a, b) va bilvosita (d) ta`sir ko`rsatuvchi relelar.
    Rele 1 ishlagan paytda ya`ni rele chug‘amining elektr magnit kuchi prujinaning Fp kuchidan katta bo‘lganda uning qo‘zg‘aluvchi qismi 2 uzgichniig bir-biridan ajratuvchi richagi 3 ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. Shundan keyin uzgich prujina 4 harakati yordamida o‘chiriladi. Bevosita ta’sir qilish relelari uzgichning yuritmasiga o‘rnatiladi. Shuning uchun bu relelar o‘rnatilgan rele deyiladi. 1.4 d-rasmda bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi ikkilamchi releli himoya sxemasi 20 tasvirlangan. Rele 1 ishlagan paytda uning kontakti elektr magnit 2 cho‘lg‘amini ulaydi. Bu chulg‘am uzgichning o‘chirish cho‘lg‘ami deyiladi. Maxsus manbaning qisqichlaridan olinuvchi kuchlanish ta’siri ostida o‘chiruvchi cho‘lg‘amda tok paydo bo‘ladi. o‘chirish cho‘lg‘ami 2 dan tok oqqan paytda o‘zak 3 prujinaning Fn kuchini yengib xalqa 4 ni qo‘yib yuboradi. Buning natijasida prujina 5 harakati yordamida uzgich o‘chadi. uzgich o‘chgandan keyin rele chulg‘amidagi tok yo‘qoladi va rele kontakti ajraladi. Ularni ishini engillatish uchun yordamchi blokkontakt BK ishlatiladi. Uzgich o‘chgandan keyin BK o‘chirish chulg‘am zanjirini operativ manbadan uzib qo‘yadi. 1.4 d-rasmda ko‘rsatilgan sxemadan ko‘rinadiki, bilvosita harakatlanuvchi releli himoya uchun yordamchi kuchlanish manbasioperativ tok manbai kerak. Bevosita harakatlanuvchi releli himoyaga operatav tok manbai zarur emas, lekin bu himoyaning relelari uzgich mexanizmini ajratish yoki qo‘shish uchun katta kuch bilan ta’sir qilishlari kerak. Shuning uchun bevosita harakatlanuvchi relelar aniq bo‘lmaydi va katta quvvat talab qiladi. Bilvosita harakatlanuvchi relelarning ta’sir kuchi kichik bo‘lishi mumkin, Shuning uchun ular katta aniqlik va kam quvvat sarf qiladilar. Ko‘p releli himoyalarda o‘zaro aloqa operativ tok orqali olib boriladi, chunki bu mexanik yo‘lga nisbatan oson va soddadir. Xulosa qilish mumkinki, ikkilamchi bilvosita ta’sir qiluvchi relelar himoyada keng tarqalgan va ko‘p qo‘llaniladi.

    Download 3.23 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Download 3.23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan muhandislik-texnologiya instituti

    Download 3.23 Mb.