• Ishonchlilik.
  • Namangan muhandislik-texnologiya instituti




    Download 3.23 Mb.
    bet7/23
    Sana06.12.2023
    Hajmi3.23 Mb.
    #112421
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
    Bog'liq
    BMI Sotvoldiyev Abdulhamid 18u-19 ready
    Uslubiy Algoritmlash va dasturlash (tajriba), QXAKT AMALIY USLUBIY, 4 kurs, 3 bob 2, 1- semes, Операциоонная система windows, Шимолий Нишон кони учун газ, UZB OAK JURNALIGA RAHIMOV R .2, 1-Амалий иш Техно меню, 4-kurs21 larga , 9-informatika-darslik, 5.52.01.01 kompyetwr injiniringi tayyor bolgan WORD 11, 2-TOM NAMMTI YSMKT, 2.2 reja, 2.2 docx
    Sezgirlik. Agar releli himoyaning ishlash zonasi chegerasida qisqa tutashuv sodir bo‘lsa, u yetarlicha sezgirlikka ega bo‘lishi kerak. Masalan, RH1, u himoyalaydigan AB (birinchi-asosiy) hududdagi shikastlanishni o‘chirishi kerak va bundan tashqari keyingi RH2 himoyalaydigan BC hududdagi (ikkinchi-zahira) qisqa tutashuvga ham yetarlicha sezgirlikka ega bo‘lishi kerak. RH1 ni ushbu funksiyasi uzoqdan zahiralash deb nomlanadi. Agar ikkinchi hududda (RH2) qisqa tutashuv sodir bo‘lsa yoki Q2 uzgich buzilishi natijasida ishlamay qolsa bunday zahiralash lozim bo‘ladi. Shunday qilib, uzoqdan zahiralashga mo‘ljallangan releli himoya keyingi hududning oxiridagi qisqa tutavuviga ham sezgir bo‘lishi kerak. Reli himoyaning sezgirligi elektr energetika tizimining barcha rejimlarida, hattoki minimal rejimda ham yetarli darajada bo‘lishi kerak. Agar A elektrostansiyaning bitta generatori yoki bir necha generatori ishdan chiqsa bunday rejim sodir bo‘ladi.



    1.6-rasm. Himoyaning ishlash zonalari.
    Ishonchlilik. Ishonchlilik talabi qo‘yidagidan iborat, rele himoyasi u o‘rnatilgan oraliq zonasida qisqa tutashuv bo‘lsa ishonchli ishlashi kerak va agar uning ishlashi ko‘zda tutilmagan holatlarda noto‘g‘ri ishlamasligi kerak. Releli himoyaning ishlamay qolishi yoki noto‘g‘ri ishlashi iste’molchilarning elektr ta’minotiga qo‘shimcha buzilishlarni, ba’zida tarmoq ahamiyatiga molik avariyaga olib keladi. Masalan, K1 nuqtada qisqa tutashuv bo‘lsa va RH1 ishlamasa RH3 ishlab ketadi, buning oqibatida qo‘shimcha ravishda II va III nimstansiyalar ham o‘chib qoladi, normal rejimda RH4 ning noto‘g‘ri ishlashi esa L4 EUL o‘chiradi va I-V nimstansiyalarning iste’molchilari ta’minotsiz qoladi.



    1.7 -rasm. Releli himoyani ishlamagan holatda qisqa tutashuvni noselektiv o‘chirish.
    Rele himoyasi uskunasining ishonchliligi ularning sxemasini soddaligiga, rele, kontaktli birlashmalar, ularning elementlari sonini kamaytirish, qabul qilinadigan sxema va konstruksiya, rele, yarimo‘tkazgichli elementning soddaligi va ishonchliligi, yordamchi apparatura va montaj materiallarining sifatli tayyorlanganligi, montaj va kontaktli birlashmalarning sifatiga, bundan tashqari releli himoyaning sozligini davriy tekshirishga va ekspluatatsiya jarayoniga bog‘liq. Relili himoyaning ishonchliligi uchun uning sozligini avtomatik va testli tekshirish muhim ahamiyatga ega. Relili himoya elementlarini umumiy bajarilishi PUE va rele himoyasini bajarishga oid yo‘riqnomaga bo‘ysunadi. Odatda releli himoyaning qurilmalari bir necha ma’lum bir sxema bo‘yicha ulangan relelardan iborat bo‘ladi. Rele bu avtomatik qurilma bo‘lib, ma’lum bir ta’sir etuvchi kattalikni qiymatida harakatga keladi yoki ishlaydi. Rele texnikasida kontaktli (elektromexanik) va kontaktsiz (Yarim o‘tkazgichli yoki ferromagnit elementli) relelar qo‘llaniladi. 1-tur relelar ishlagan paytda kontaktlar ulanadi yoki uziladi. 2-tur relelar ishlagan paytda kiruvchi kattalikning ma’lum qiymatida chiqish kattaligi (masalan kuchlanish) sakrab o‘zgaradi. Har bir himoya qurilmasi va uning sxemasi ikki qismga bo‘linadi: ta’sir javob beruvchi (reaksiya ko‘rsatuvchi) qismi;mantiqli (logik) qismi. Ta’sir javob beruvchi (yoki o‘lchovchi) qism bosh qism bo‘lib, u asosiy relelardan iborat bo‘ladi. Bu relelar himoya qilinuvchi element to‘g‘risidagi axborot va xabarlarni doimo qabul qilib turadilar va shikastlanish, nonormal rejimda himoyaning mantiq qismiga mos keluvchi axborot uzatib beradilar. Mantiq qism (amalga oshiradigan qism) yordamchi qism bo‘lib, u ta’sir javob beradigan qismdan olgan axborotni qabul qiladi, agar bu axborotlar ketma- ketligi berilgan programmaga mos bo‘lsa, oldindan ko‘zlangan amallarni bajaradi va uzgich boshqaruviga impuls beradi. Mantiq qism elktromexanik rele yoki elektron lampali (yarim o‘tkazgichli) sxema yordamida tayyorlanadi. Yuqoridagilar asosida aytish mumkinki, relelar asosiy (shikastlanishga ta’sir javob beruvchi) va yordamchi (asosiy relening axboroti ostida va sxemalarning mantiq qismida ishlovchi) guruhlariga bo‘linadi. Qisqa tutshuvni va shikastlanishlarning belgilari bo‘lib, I tokning oshib ketishi, U kuchlanishning kamayib ketishi va himoya qilinayotgan qism Z qarshiligining kamayib ketishi hisoblanadi, chunki liniya uchun.Shunga asosan himoyalarda ta’sir javob beruvchi rele sifatida tok relelari (tokning kattaligiga qarab ta’sir javob beruvchi), kuchlanish relelari (kuchlanishnaing kattaligiga qarab ta’sir javob beruvchi) va qarshilik relelari (qarshilikning o‘zgarishiga qarab ta’sir qiluvchi) qo‘llaniladi. Agar rele biror kattalikning oshishiga ta’sir javob bersa, bu rele maksimal rele deyiladi. Agar rele kattalikni kamayishiga ta’sir javob bersa, bu rele minimal rele deyiladi. Nonormal rejimlardan himoya qilish uchun ham tok va kuchlanish relelari ishlatiladi. Tok relelari o‘ta yuklanish sodir bo‘lgan hollarda, kuchlanish relelari esa, elektr tizimlarida kuchlanish xavfli darajada oshib yoki kamayib ketganda ishlab ketadi. Bulardan tashqari, maxsus relelardan bo‘lgan chastota relelari va issiqlik relelari nonormal rejimlarda ta’sir javob berish uchun ishlatiladilar



    Download 3.23 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




    Download 3.23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan muhandislik-texnologiya instituti

    Download 3.23 Mb.