200
3.
Boshqaruv bo’g’ini va bosqichlari o’rtasida qanday farq bor?
4.
Umumdavlat boshqaruvi tashkilotlarining asosiy vazifalariga nimalar kiradi?
5.
Hududiy va tarmoq boshqarish organlari o’rtasida qanday farq bor?
6.
Chiziqli tuzilma va chiziqli-funksional tuzilmalar
qanday ustunlik va
kamchiliklarga ega.
7.
Shtabli tashkiliy tuzilmaning mazmunini izohlab bering
8.
Matritsali tashkiliy tuzilma qanday ko’rinishda bo’ladi va u qanaqa jarayonlarda
qo’llaniladi?
9.
Korxona boshqaruvi qanday maqsadni ko’zlaydi?
10.
Тashkiliy tuzilmalarning sifati qanday omillarga bog’liq?
Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari
1. Boshqarish tuzilmasi deganda:
A) boshqarish maqsadlarini amalga oshiruvchi va funksiyalarini bajaruvchi bir-biri
bilan bog’langan turli boshqaruv organlari va bo’g’inlarining
majmuasi
tushuniladi
B) boshqaruv organlari tizimida quyi organlarning yuqori organlarga bo’ysinishi va
ular o’rtasidagi o’zaro aloqa tushuniladi
C) bo’linmalar yig’indisi, ularning tarkibi va o’zaro aloqa
shakllari tushuniladi
D) boshqaruv organlari tizimida quyi organlarning yuqori organlarga bo’ysinishi
va ular o’rtasidagi o’zaro aloqa, bo’linmalar yig’indisi, ularning tarkibi va
o’zaro aloqa shakllari tushuniladi
2. Tashkiliy tuzilmalarni hosil qiladigan boshqarish organlari:
A) boshqaruv tizimi shaklida bo’ladi
B) boshqaruv bo’g’inlari shaklida bo’ladi
C) boshqaruv bosqichlari shaklida bo’ladi
D) boshqaruv bo’g’inlari va bosqichlari shaklida bo’ladi