AE signallarning informativ parametrlarini o‘lchash tavsiflarini tekshirish




Download 50.19 Kb.
bet11/12
Sana23.05.2022
Hajmi50.19 Kb.
#21659
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
AKUSTIKAVIY OLCHASH
Computer viruses, Dublikat xulosa namunasi, Suyuqliklar dinamikasi 2-kurs mat injiniring sillabus, Etiket kásip ruwxÍylÍǵÍnÍń sÍrtqÍ mazmunÍ sÍpatÍnda., Қабул ариза (2) (2), Glossary, «axborot xavfsizligi» fаnidаn tеst sаvоllаri vа jаvоblаri (2), 1-maruza, Fizika. 9-sinf (2014, P.Habibullayev, A.Boydedayev), fayzbek, MIKRASKOP NECHTA QISMDAN IBORAT VA ULAR QAYSILAR, VALERIAN O, Презентация1, 7-hisobot noyabr zulfira
AE signallarning informativ parametrlarini o‘lchash tavsiflarini tekshirish
AE parametrlar bog‘lanishlarining chiziqlilik chegaralari ularni AE tizimlar yordamida qayd qilish paytida elektron AE imitatortlardan foydalangan holda o‘lchanadi. Elektron AE imitator (buning uchun zarur o‘lchovlarni ta’minlovchi standart asboblar to‘plami ishlatilishi mumkin) impuls amplitudasi, davomiyligi, o‘sib borish vaqti va uning nisbiy kelib tushish vaqtini tartibga solishni ta’minlashi kerak. AE imitator impulsining energiyasi (yoki energetik parametri) apparatlarning texnik hujjatlarida keltirilgan ifodalar yordamida hisoblanadi.
Shuningdek, AE signallarning informatsion parametrlari apparatlar jamlamasi tarkibiga kiruvchi AEO‘ bilan birgalikda o‘lchanishi mumkin. Bunda AE signallarining akustik imitatorlari ishlatilishi kerak.
Har qaysi parametr uchun chegaralar yoki dinamik diapazon va bog‘lanishlar chiziqliligi, shu jumladan amplituda, davomiylik va o‘sib borish vaqtini quyidagicha hisoblash tavsiya etiladi:
a) AE imitator AE tekshiriladigan kanalning kirishiga ulanadi;
b) AE tizim nazorat qilinadigan parametrni yozib olish va chiqarishga rostlanadi;
v) avval o‘zgaradigan parametrlarning qiymatlari asbob pasporti bo‘yicha tegishli parametr diapazoni (logarifmik shkalada keltirilgan) o‘rtasiga keltiriladi;
g) har qaysi parametrning yuqori chegaralarini o‘lchash uchun kirishda uning qiymati teng pog‘onalar (masalan, 6 dB) bilan oshirib boriladi va ushbu parametrning kuzatilayotgan kattaligi qayd qilinadi. Uning qiymati kirishdagi qiymatdan 16r-bandda ko‘rsatilgan xatolik kattaligida farq qilgunga qadar o‘zgartirish davom ettiriladi;
d) har qaysi parametrning pastki chegaralarini o‘lchash uchun 53g-bandda ko‘rsatilgan tarzda rostlanadi. Faqat bunda kirishda parametr qiymati kamaytiriladi.
AE signal energiyasi (energetik parametri) qiymati AE asbobi (tizimi)da ishlatiladigan usul bo‘yicha hisoblanadi.
Energiyani hisoblash uchun quyidagi aniq ifodadan foydalanish tavsiya etiladi:
 (1)
bu yerda Z — signal energiyasi hisoblanadigan zanjir impedansi (to‘liq qarshilik), u- signalning lahzalik qiymati. Energiya Joul (J)da beriladi. Quyidagi soddalashtirilgan ifodalar yordamida aniqlanadigan energiya va energetik parametrlardan foydalanish ruxsat etiladi:
E' = ku2m (2)
bu yerda im — impuls amplitudasi, k = e2/8Ve — natural logarifmlar asosi, V- AE o‘zgartirgichlarni o‘lchashda ishlatiladigan pasayish (AEO‘ impuls tasvifining pasayishi). O‘lchami (V2 s).
 (3)
bu yerda tm — impulsning davomiyligi (to‘g‘ri burchakli radioimpulsni kalibrlash uchun qo‘llanilganda). Parametr o‘lchami (V s).
Ko‘p kanalli elektron AE imitator tizimlar lokatsiyasining aniqligini tekshirish uchun qo‘llanilishi mumkin:
a) AE tizimi undan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmaga muvofiq manba lokatsiyasiga tayyorlanadi;
b) ko‘p kanalli elektron AE imitator imitatsiya signallarining tegishli kanallarga yuborilishini ta’minlaydigan holda AE tizimiga ulanadi;
v) obyekt imitatsiyasi uchun tovush tezligi tanlanadi va imitatsiya qilinayotgan AE manba turgan joydan har qaysi antenna panjarasi o‘zgartirgichiga tarqalish vaqti hisoblanadi;
AE o‘zgartirgichlar holatini imitatsiya qilish uchun signallarning nisbiy etib kelish vaqtini modellashtirgan holda imitatorda tarqalish vaqtlaridagi farq kiritiladi;
g) displeyda paydo bo‘lgan dastlabki imitatsiya signallariga to‘g‘ri keladigan AE imitatorlari manbalarining koordinatalari qayd etiladi;
qo‘shni nuqta uchun T ning yangi qiymatlari hisoblanadi va kiritiladi;
imitatsiya manbaining kiritilgan va displeyda aks etgan holatlari o‘rtasidagi farq yozib olinadi;
ushbu AE imitatsiya manbalarining bunday pog‘onali siljishi manbaning displeydagi holati uning berilgan holatidan 10%ga yoki tizim ishlab chiqaruvchisi tomonidan belgilangan kattalikda farq qilgunga qadar antenna panjarasi markazidan chiziq (nur) bo‘ylab uzoqlashgan holda davom ettiriladi;
ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan tizimning texnik hujjatlarida belgilangan kattalikka nisbatan manba lokatsiyasi chiziqliligidagi xatolik baholanadi;
d) manbalarning lokatsiya ko‘rsatkichlarini sinovdan o‘tkazish jarayoni panjara markazidan simmetriya o‘qi bo‘ylab turli yo‘nalishlarda yo‘nalgan ikki yoki undan ortiq (panjara simmetriyasiga qarab) nurlar uchun takrorlanishi kerak;
e) manbalarning lokatsiya jarayonini tizimning har qaysi ko‘p kanalli panjarasi uchun takrorlash tavsiya etiladi.

Download 50.19 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 50.19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



AE signallarning informativ parametrlarini o‘lchash tavsiflarini tekshirish

Download 50.19 Kb.