• Bo‘sag‘a darajasini o‘lchash
  • Signallarga qayta ishlov berish tezligini o‘lchash




    Download 50.19 Kb.
    bet10/12
    Sana23.05.2022
    Hajmi50.19 Kb.
    #21659
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    AKUSTIKAVIY OLCHASH
    Computer viruses, Dublikat xulosa namunasi, Suyuqliklar dinamikasi 2-kurs mat injiniring sillabus, Etiket kásip ruwxÍylÍǵÍnÍń sÍrtqÍ mazmunÍ sÍpatÍnda., Қабул ариза (2) (2), Glossary, «axborot xavfsizligi» fаnidаn tеst sаvоllаri vа jаvоblаri (2), 1-maruza, Fizika. 9-sinf (2014, P.Habibullayev, A.Boydedayev), fayzbek, MIKRASKOP NECHTA QISMDAN IBORAT VA ULAR QAYSILAR, VALERIAN O, Презентация1, 7-hisobot noyabr zulfira
    Signallarga qayta ishlov berish tezligini o‘lchash
    AE signallarga ishlov berishning chegaraviy tezligi ko‘p hollarda asbob o‘lik vaqt bilan aniqlanadi. Asbob o‘lik vaqt asbobning konstruksiyasi va ma’lumotlarni qayta ishlashning qabul qilingan tizimiga qarab o‘zgaruvchan va o‘zgarmas komponentdan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. O‘lik vaqt qayta ishlash vaqti va blokirovka vaqtini o‘z ichiga oladi. Qayta ishlash vaqti asbobning konstruksiyasi bilan belgilanadi va impulslarning qayta ishlanadigan parametrlari soniga bog‘liq bo‘ladi. Operator boshqarishi mumkin bo‘lgan blokirovka vaqti yangi impuls qabul qilingunga qadar vaqtinchalik ushlanishni belgilash uchun ishlatiladi.
    Pasportda ko‘rsatilgan barcha parametrlar o‘lchanishini hisobga olgan holda tizimning o‘lik vaqtini o‘lchash ishlari elektron AE imitator yordamida quyidagicha bajariladi:
    a) elektron imitator chiqishidan muayyan davomiylikka ega (masalan, 100 μs) va to‘ldirish chastotasi asbobning o‘rtacha geometrik chastotasiga teng bo‘lgan radioimpuls yuboriladi. Takrorlanish chastotasi qayd qilinadigan impulslar chastotasi barcha parametrlar uchun imitatorning takrorlash chastotasiga teng bo‘lishi hisobidan tanlanadi;
    b) imitator impulslarining takrorlanish chastotasi kuzatilayotgan takrorlanish chastotasi imitator chastotasiga to‘g‘ri kelmay qolgunga qadar oshiriladi;
    v) ushbu kattalik maksimal takrorlanish chastotasi sifatida qayd etiladi.
    O‘lik vaqt (Tm) quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
    Tm = (1/Fu) -Tu,
    bu yerda Tu — imitator impulsi davomiyligi, G‘u — imitator impulslarining takrorlanish chastotasi.
    Bo‘sag‘a darajasini o‘lchash
    AE asboblarda AE impulsni qayd qilish paytida AE signali amplitudasining bo‘sag‘a darajasidan oshishi tamoyili qo‘llaniladi. Bu daraja o‘zgarmas va o‘zgaruvchan (avtomatik) bo‘lishi mumkin.
    O‘zgarmas bo‘sag‘a darajasini o‘lchash quyidagicha amalga oshiriladi (1-rasm):
    AE asbobi kirishiga generator (imitator)dan attenyuator orqali impuls signal yuboriladi;
    attenyuatorning chiqishi (asbobning kirishi)da asbob tomonidan signallar qayd qilina boshlaydigan signal amplitudasi qayd qilinadi;
    asbobning kirishida ta’sir ko‘rsatadigan signal amplitudasi, attenyuatorning bo‘linish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, bo‘sag‘a kuchlanishi sifatida qabul qilinadi;
    bo‘sag‘a kuchlanishi asbobning butun chastotalar mintaqasi bo‘ylab o‘lchanishi lozim, chunki aniqlashning bo‘sag‘a tamoyilidan foydalanuvchi signallarni qayta ishlash bloklari chastotaga nisbatan sezgir bo‘ladi.

    Download 50.19 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 50.19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Signallarga qayta ishlov berish tezligini o‘lchash

    Download 50.19 Kb.