• Zarur jihozlar va qurollar
  • Darsning mavzusi
  • Darsning rivojlantiruvchi maqsadi
  • Topshiriqning didaktik maqsadi
  • Biologiya o`qitish metodikasi fanidan 3-laboratoriya mashg’uloti. MAVZU: “OVQAT HAZM QILISH” MAVZUSINI O’RGANISH METODIKASI.FIZIOLOGIK TAJRIBALAR O’TKAZISH.
  • Laboratoriya mashg’ulotining maqsadi: Talabalarni “Odam va uning salomatligi”dan yillik taqvim-reja, mavzuli reja, dars ishlanmalarini tuzishga o’rgatish




    Download 3,32 Mb.
    bet25/231
    Sana04.04.2017
    Hajmi3,32 Mb.
    #3035
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   231

    Laboratoriya mashg’ulotining maqsadi: Talabalarni “Odam va uning salomatligi”dan yillik taqvim-reja, mavzuli reja, dars ishlanmalarini tuzishga o’rgatish;


    Mashg’ulot davomida talaba:

    • Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 8-sinfi uchun “Odam va uning salomatligi”dan tuzilgan o’quv dasturi va darsliklarining mantiqiy tuzilishini;

    • “Odam va uning salomatligi”dan taqvim-reja tuzish yo’llarini bilishi;

    • “Odam va uning salomatligi”dan mavzuli rejaning mazmuni va mohiyatini anglashi;

    • “Odam va uning salomatligi”dagi har bir bobdagi mavzular darslar tizimi ekanligini anglashi va ular o’rtasidagi mantiqiy bog’lanishlarni amalga oshirish;

    • “Odam va uning salomatligi”ni o’qitishda foydalaniladigan dars tiplari va turlarini ajrata olish;

    • Dars ishlanmalarini loyihalashda ta’lim mazmuni, metodlari va vositalarini uyg’unlashtirish ko’nikmalarini egallashi lozim.

    Zarur jihozlar va qurollar: “Odam va uning salomatligi”dan taqvim- reja”, “Odam va uning salomatligi”dan mavzuli-reja” jadvallari, dastur, darslik, chizg’ich, qalam, daftar.

    Laboratoriya mashg’ulotida foydalaniladigan texnologiya:

    Hamkorlikda o’qitish texnologiyasining kichik guruhlarda ishlash metodi.



    Laboratoriya mashg’ulotining borishi:

    1. Tashkiliy qism.

    2. Talabalarni laboratoriya mashg’ulotining maqsadi, borishi, mustaqil

    bajariladigan o’quv topshiriqlari bilan tanishtirish.

    3. “Odam va uning salomatligi”dan dastur va darslikning mantiqiy

    tuzilishini o’rganish.

    4. “Odam va uning salomatligi”dan yillik taqvim-reja va mavzuli-

    rejaning mazmuni, mohiyatini va uni tuzishni o’rganish.

    5. “Odam va uning salomatligi”dan o’qitishda foydalaniladigan darslarni

    loyihalash.

    6. Laboratoriya mashg’ulotini yakunlash

    Umumiy o’rta ta’lim maktablarida “Odam va uning salomatligi”ni o’qitish­ning asosiy shakli dars sanaladi. Darsda o’quv fani yuzasidan asosiy o’quv materiali o’rganiladi, lekin dars o’qitishning boshqa shakllari bo’lgan darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg’ulotlar va eksKuRsIyAlar bilan uzviy bog’lIq. Darsdan tashqari ishlar masalan, uyda va tirik tabiat burchagida olib borilgan kuzatishlar va o’tkazilgan tajribalar natijalari, ekskursiyada o’quvchilarning o’zlashtir­gan bilimlari kengaytiriladi, mustahkamlanadi va bu bilimlardan darsda o’rganilayotgan mavzu mazmuniga bog’liq holda foydalaniladi. Sinfdan tashqari mashg’ulotlar o’quvchilarning “Odam va uning salomatligi” o’quv fanidan o’zlashtirgan bilim va ko’nikmalarini mustahkamlash, kengaytirish, rivojlantirish, kasbga ongli ravishda yo’llashga xizmat qiladi.

    Demak, “Odam va uning salomatligi”ni o’qitishda dars, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg’ulotlar va ekskursiyalardan o’z o’rnida rejali va samarali tashkil etilishi, ya’ni o’qitishga tizimli yondoshuvni amalga oshirilishi lozim.

    O’qituvchi ushbu mashg’ulotlarni bir-biri bilan uzviy ravishda tashkil etish asnosida samaradorlikka erishish, o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, umumiy biologik va xususiy tushunchalar hamda o’quv-amaliy ko’nikmalarni izchil ravishda tarkib toptirish, mantiqiy fikr yuritishga o’rgatishni nazarda tutadi.

    “Odam va uning salomatligi”ni o’qitishda tizimli yondoshuvni amalga oshirish uchun o’qituvchi o’quv yili boshida istiqbol taqvim-reja tuzishi lozim. Mazkur reja biologiyani o’qitishning barcha shakllarini uzviy ravishda qamrab olishi, o’quv dasturidan o’rin olgan boblar va mavzular bo’yicha darslar tizimi, o’quv yilidagi choraklar va ta’tillar hisobga olingan holda o’tkazish muddatlari, fanlararo bog’lanishlar, ekskursiyalar, darsdan tashqari ishlar aks etadi.

    Biologiya o’qituvchisi istiqbol taqvim-reja tuzishi uchun:



    • O’quv dasturidagi har bir bobning didaktik maqsadini, shuningdek, bob­da­gi mavzularning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarini aniq tasavvur qilishi;

    • Mavzularni o’qitishda uning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari, o’quvchilarda shakllantiriladigan biologik tushunchalar, tarkib toptiriladigan ko’nikmalarni hisobga olgan holda o’qitish metodlari, ko’rgazma vositalarini tanlashi.

    • O’quvchilar tomonidan o’tkaziladigan kuzatish va tajribalarning mazmuni va muddatlarini aniqlashi;

    • Darsda namoyish etiladigan tajribalarni avvaldan tayyorlash muddatlarini belgilashi;

    • Har bir darsda ta’lim-tarbiyaning uzviyligi, boblar, mavzular va fanlararo bog’lanishlarni amalga oshirish yo’llarini belgilashi;

    • O’quvchilarning mustaqil ishlari uchun didaktik va tarqatma materiallarni tayyorlash, mustaqil o’qish uchun qo’shimcha adabiyotlarni tanlashi;

    • Amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari, ekskursiyalarni tashkil etish uchun zarur bo’ladigan laboratoriya jihozlari va asboblarini aniqlashi lozim.

    Xulosa qilib aytganda, o’qituvchi istiqbol taqvim-rejada o’qitish jarayoni­ning yaxlitligini nazarda tutishi, o’z pedagogik faoliyatini shu reja asosida tashkil etishi, unda o’qitishning barcha shakllarining uzviyligini ta’minlagan holda ularni o’tkazish muddatlari ko’rsatilgan bo’ladi.

    “Odam va uning salomatligi”ni o’qitishda foydalaniladigan istiqbol taqvim-rejani tuzish uchun quyidagi jadval namuna sifatida berilmoqda.


    Boblar va mavzular

    Labo­ra­­to­riya ishi

    Ama­liy ish

    Eksur­siya

    fanlararo bog’lanish

    soat

    Mud­dat

    Fanlar

    Boblar



























    O’quv yili uchun tuzilgan istiqbol reja qat’iy emas, unga yil davomida muayyan holatlarni hisobga olgan holda tegishli o’zgartirishlar kiritish, ekskursiya va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazish muddatlari o’zgartirilishi mumkin.

    O’qituvchi istiqbol rejaga asoslanib o’qitishni tashkil etish uchun mavzuli taqvim reja tuzadi. Mazkur rejani tuzishda:


    • Har bir o’quv fani kabi “Odam va uning salomatligi” dasturi maz­mun va mohiyatiga ko’ra izchillikda joylashgan boblardan iborat ekanligi;

    • Dasturdan o’ri olgan har bir bob mantiqiy jihatdan bir-biriga uzviy bog’liq bo’lgan o’quv materiallarini birlashtirishi, Har bir bob mantiqiy jihatdan uzviy bog’langan darslar tizimidan iborat ekanligi;

    “Odam VauNing salomatligi”ni o’qitishda mavzu matnida u yoki bu tushunchalar ustunlik qilmaydi, balki bitta mavzuda morfologik, anatomik, sitologik, fiziologik, gigiyenik, ekologik, embriologik, bio­kimyo­viy, tibbiy tushunchalarni shakllantirish va ularga bog’liq holda o’quvchilar­ning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish, sog’lom turmush tarzi ko’nikma­larni tarkib toptirish bir vaqtning o’zida o’zaro uzviy aloqadorlikda va mantiqiy ketma-ketlikda amalga oshirish ko’zda tutiladi.

    Shu sababli, o’qituvchining asosiy vazifasi, o’quvchilarda yuqorida qayd etilgan tushunchalarni shakllantirish va ko’nikmalarni tarkib topti­rish jarayonini uyg’unlashtirish va ularni uzviy ravishda rivojlanti­rish­ni amalga oshirish sanaladi.

    Dars mazmuni tarkibidagi tushuncha va ko’nikmalarni o’quvchilar tomonidan mustahkam o’zlashtirishlari uchun o’qituvchi ko’rgazma vositalari va o’qitish metodlarini tanlaydi.

    Morfologik (organlarni aniqlash, odamning organlari­ning tuzilishiga ko’ra, organlar sistemasiga ajratish) anatomik (odamning hujayraviy tuzilishi, qondan vaqtinchalik va doimiy mikropreparatlarni mikroskop yordamida ko’rish), laboratoriya jihozlari, ko’rgazma va tarqatma materiallarni, o’qitish metodlardan amaliy metodlarni, fiziologik va sitologik tushunchalar (tajriba va kuzatishlar o’tkazish, kinofilm, videofilm, multimedialarni namoyish qilishni) talab etadi. Ushbu darslarda metodlardan ko’rgazmalilikni, mavzular bo’yicha umumlashgan, umumiy biologik tushunchalarni rivojlantirishga mo’ljallangan mavzular mantiqiy metod (taqqoslash, o’xshashlik va farqlarni aniqlash, umumlashtirish va xulosa chiqarish va h. k.) larni taqoza etadi.

    Har bir bob yakunida o’tkaziladigan umumlashtiruvchi darslarda, darsning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlariga mos holda muayyan ko’rgazma vositalari va metodlardan foydalaniladi.

    “Odam va uning salomatligi” darslarida tasviriy ko’rgazma vositalari bilan bir qatorda, o’quvchilarning kuzatish va tajribasi yuzasidan axbo­rot­lari­dan foydalanish maqsadga muvofiq, shu sababli o’qituvchi tomonidan uzoq vaqt davom etadigan kuzatish va tajribalar uchun zarur bo’lgan muddatlarni hisobga olgan holda, o’z vaqtida masalan, “Jismoniy mashq va sportning organlar sistemasi ishiga ta’siri”ni o’rganish tajriba o’tkazish va axborot tayyorlash o’n kun avval, “Suyakning kimyoviy tar­kibi” tajribasi bir hafta oldin tayyorlash lozimligi hisobga olinishi zarur.

    Shunday qilib, mavzuli reja o’quv fani bo’yicha darslarning tizimini, mazmunning mantiqiy rivojlanishi, metodlarning turlari, ko’rgazma vositalari, darsdan tashqari ishlar, o’quvchilarning mustaqil tahsilini o’z ichiga oladi. Bundan tashqari o’qituvchi mavzu bo’yicha o’quvchilar tomonidan bajariladigan uy vazifalari, darsdan tashqari ishlarning mazmuni va xarakteri, mustaqil o’qish uchun qo’shimcha adabiyotlarni aniqlashi zarur.

    O’qituvchi har bir bobda tushuncha va o’quv-amaliy ko’nikmalarni rivojlantirish izchilligini, shuningdek, ta’lim-tarbiyaning uzviyligini amalga oshirish yo’llarini belgilaydi, zarur hollarda mavzuli taqvim rejaga tegishli o’zgartirishlar kiritadi.

    Quyida boblar bo’yicha tuziladigan mavzuli-rejaning jadvali namuna sifatida tavsiya etiladi. Mazkur jadvaldan foydalanib, “Qon” mavuzsi uchun mavzuli – reja tuzing.


    Dars



    Darsning mavzu­­-

    si, asosiy tushuncha­lar



    O’rganila­digan masalalar

    Ko’rgaz­ma vosi­talari

    Darsdan tashqari ishlar

    Uy vazi­fasi



















    Biologiya o’qituvchisi taqvim-reja va mavzuli-reja asosida darslar­ning ishlanmalarini loyihalaydi.

    “Odam va uning salomatligi”ni o’qitishda foydalaniladigan darslar quyidagi tiplarga ajratiladi: yangi mavzuni o’rganish darslari, o’quvchilar­ning bilim, ko’nikma va malakalarini mustahkamlash dars­lari, umumlashti­rish darslari, takrorlash darslari;

    Darslarning mazkur tiplari o’z navbatida dars turlariga bo’linadi. Jumladan, yangi mavzuni o’rganish darslari didaktik o’yinli, modulli, muammoli darslarga bo’linadi.

    O’qituvchi o’rganiladigan mavzuning didaktik maqsadlaridan kelib chiqib, darsning qaysi tipi va turidan foydalanishni belgilaydi va shu asosda dars ishlanmasini loyihalaydi. Dars ishlanmasini loyihalashda o’qituvchi quyidagilarga amal qilishi lozim:

    Mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarini aniqlash, jihozlar va ko’rgazma vositalarini tayyorlash;

    Darsda qaysi o’qitish metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiq­li­­gi­ni belgilash, o’quvchi­lar­ning bilish faoliyatini tashkil etish yo’llarini aniqlash;

    O’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishga imkon beradigan mustaqil ish, o’quv topshiriqlari, tegishli test savollari va didaktik kartochkalar tayyorlash;

    O’qituvchining pedagogik faoliyati va o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo’llarini belgilash;

    Bajarilgan ishlarni darsning borishiga muvofiq holda joylash­tirish. Dars ishlanmasini loyihalash va uni talab darajasida jihozlash;

    Dars an’anaviy ta’lim texnologiyasi asosida loyihalansa u quyidagicha bo’ladi:



    Darsning mavzusi: Qon guruhlari.

    Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarni K. Landshteyner, Yu. Yanskiy ishlari, qon guruhlari, ularning o’ziga xos xususiyatlari, rezus faktor, qon quyish qoidalari va uning ahamiyati bilan tanishtirish.

    Darsning tarbiyaviy maqsadi: o’quvchilarga qon guruhlari, rezus faktor, qon quyish qoidalarini tushuntirish orqali ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, aqliy, gigiyenik, ahloqiy tarbiya berish, kasbga yo’llash.

    Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning odam organizmidagi organlar sistemalari, ularning funksiyalari, qonning tuzilishi, shaklli elementlarining vazifalari haqidagi bilimlari, qon guruhlarini ajratish va mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish.

    Darsni jihozlash: qon guruhlari, rezus faktor, qon quyish qoidalarining

    jadvali, K. Landshteyner, Yu. Yanskiy portretlari.



    Darsda foydalaniladigan metodlar: suhbat, hikoya va savol-javob metodi

    Darsning borishi:

    I. Tashkiliy qism.

    II. O’tgan mavzu yuzasidan o’quvchilarning o’zlashtirgan bilimlarini

    nazorat qilish va baholash.

    III. O’tgan mavzuni yakunlash.

    IV. O’quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish.

    V. Yangi mavzuni o’rganish:

    Reja:


    1. K. Landshteyner, Yu. Yanskiyning qonning tarkibiy qismlarini

    o’rganish bo’yicha olib borgan ishlari.

    2. Qon guruhlarining tarkibi.

    3. Rezus faktor haqida tushuncha.

    4. Qon quyishning ahamiyati va qoidalari.

    VI. O’quvchilar bilimini test savollari yordamida nazorat qilish va baholash

    VII. Yangi mavzuni qayta ishlash va yakunlash.

    VIII.Uyga vazifa berish.

    Hozirgi paytda ta’lim-tarbiya jarayonida shu jumladan, o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish davr talabi.

    Quyida hamkorlikda o’qitish texnologiya­si (komandada o’qitish metodi)dan foydalaniladigan dars ishlanmasi berilmoqda.



    Darsning mavzusi: Qon guruhlari.

    Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarni K. Landshteyner, Yu. Yanskiy ishlari, qon guruhlari, ularning o’ziga xos xususiyatlari, rezus faktor, qon quyish qoidalari va uning ahamiyati bilan tanishtirish.

    Darsning tarbiyaviy maqsadi: o’quvchilarga qon guruhlari, rezus faktor, qon quyish qoidalarini tushuntirish orqali ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, aqliy, gigiyenik, ahloqiy tarbiya berish, kasbga yo’llash.

    Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning odam organizmidagi organlar sistemalari, ularning funksiyalari, qonning tuzilishi, shaklli elementlarining vazifalari haqidagi bilimlari, qon guruhlarini ajratish va mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish.

    Darsni jihozlash: qon guruhlari, rezus faktor, qon quyish qoidalarining

    jadvali, K. Landshteyner, Yu. Yanskiy portretlari.



    Darsda foydalaniladigan texnologiya: Hamkorlikda o’qitish texnologiya­si (komandada o’qitish metodi)

    Darsning borishi:

    I.Tashkiliy qism

    II.O’tgan mavzu yuzasidan o’quvchilarning o’zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish va baholash.

    III.O’quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish.

    IV.Yangi mavzuni o’rganish:

    a) o’quvchilarni komandaga ajratib bir necha kichik guruhlarni tashkil etish hamda, har bir komanda a’zolari tomonidan belgilangan o’quv topshiriqlarini mustaqil ravishda sifatli bajarilishiga erishish;



    Topshiriqning didaktik maqsadi: K. Landshteyner, Yu. Yanskiy ishlari, qon guruhlari, ularning o’ziga xos xususiyatlari, rezus faktor, qon quyish qoidalari va uning ahamiyati bilan tanishish.



    O’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan materiallar yuzasidan o’quv topshiriqlari

    Topshiriqni bajarish bo’yicha ko’rsatmalar




    Darslikdagi matnni diqqat bilan o’qing va quyidagi savollarga javob tayyorlang.




    1.

    K. Landshteyner, Yu. Yanskiyning qonning tarkibiy qismlarini o’rganish bo’yicha olib borgan ishlarini o’rganing.


    O’quvchilar guruhi bilan hamkorlikda ishlang.
    O’quvchilar bilan o’tkaziladigan savol-javobda faol ishtirok eting

    2.

    Qon guruhlarining tarkibini va ularning bir-biridan farqini aniqlang.

    3.

    Rezus faktor haqida tushuncha bering. Qanday hollarda gemolitik kasallik kelib chiqishini aniqlang.

    4.

    Qon quyishning qanday ahamiyati borligini aniqlang va uning qon quyish qoidalari jadvalini o’rganing.

    5.

    O’z oilangiz a’zolarining qon guruhlarini bilib oling va qon quyish qoidalariga ko’ra, kim-kimga qon berishi mumkinligini aniqlang

    Bu topshiriqni uyda bajaring

    b) o’quv materialini yaxlit holda qayta ishlab chiqilishini amalga oshirish.

    V. Yangi mavzu yuzasidan komandalar o’rtasida savol-javob, o’quv bahsi uyushtirish.

    VI. O’quvchilar bilimini test savollari yordamida nazorat qilish va baholash.

    VII. Yangi mavzuni qayta ishlash va yakunlash.

    VIII.Uyga vazifa berish.

    Shunday qilib, umumiy o’rta ta’lim maktablarida “Odam va uning salomatligi”ni o’qitishga tizimli yondoshish zarur. Tizimli yondoshuvni amalga oshirish uchun o’qituvchi avval o’quv dasturiga muvofiq yillik taqvim-reja tuzishi, u asosda mavzuli-reja ishlab chiqishi kerak. Mavzuli rejaga binoan, mavzular bo’yicha dars ishlanmalarini loyihalash ishlarini amalga oshiriladi.


    Kelgusi mashg’ulot uchun topshiriq: 8-sinf “Odam va uning salomat­li­gi” darsligidan “Ovqat hazm qilish” mavzusini o’rganing va qanday fizio­logik tajribalar qo’yish mumkinligini aniqlang.
    Biologiya o`qitish metodikasi fanidan 3-laboratoriya mashg’uloti.
    MAVZU: “OVQAT HAZM QILISH” MAVZUSINI O’RGANISH METODIKASI.FIZIOLOGIK TAJRIBALAR O’TKAZISH.

    Download 3,32 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   231




    Download 3,32 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Laboratoriya mashg’ulotining maqsadi: Talabalarni “Odam va uning salomatligi”dan yillik taqvim-reja, mavzuli reja, dars ishlanmalarini tuzishga o’rgatish

    Download 3,32 Mb.