MAVZU: BIOLOGIYA (ODAM VA UNING SALOMATLIGI) DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH. DIDAKTIK O`YINLI MUAMMOLI, MODULLI MUNOZARALI DARSLAR
Laboratoriya mashg’ulotining maqsadi: Talabalarni «Odam va uning salomatligi» darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo’llari bilan tanishtirish;
Mashg’ulot davomida talaba:
-
«Odam va uning salomatligi» darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo’llari, darslarni tahlil qilishi va ularda foydalanilgan texnologiyalarning o’ziga xos xususiyatlarini bilishi;
-
Mavzular bo’yicha berilgan dars ishlanmalari asosida har bir darsda o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish yo’llarini anglashi;
-
Mazkur darslarda o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarish ko’nikmalarini;
-
Darslarda ta’lim mazmuni, metodlari va vositalaridan uyg’un ravishda foydalanish ko’nikmalarini egallashi lozim.
Zarur jihozlar va qurollar: “Odam va uning salomatligi” darsligi, dastur, DTS;
Laboratoriya mashg’ulotida foydalaniladigan texnologiya:
Modulli ta’lim texnologiyasining kichik guruhlarda hamkorlikda ishlash metodi.
Laboratoriya mashg’ulotining borishi:
1. Tashkiliy qism.
2. Talabalarni laboratoriya mashg’ulotining maqsadi, borishi, mustaqil
bajariladigan o’quv topshiriqlari bilan tanishtirish.
3. «Qonning shaklli elementlari» mavzusi bo’yicha modulli ta’lim texnologiyasiga asoslangan dars ishlanmasini tahlil qilish.
4. Talabalarning mustaqil ravishda loyihalagan dars ishlanmalarining taqdimoti. Prezentatsiya (lot. praesentatio - taqdim etish), taqdimot - yangidan yaratilgan, tuzilgan muayyan narsaning rasmiy taqdim etilishi (mas, yangi jurnalning P.si).
Siz avvalgi mashg’ulotlarda botanika va zoologiyani o’qitishda foydalaniladigan pedagogik texnologiyalar bilan tanishgan edingiz. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning amaldagi ikkinchi bosqichi uzluksiz ta’lim tizimida o’qitiladigan barcha o’quv fanlarini sifatli o’quv adabiyotlari va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlashni ko’zda tutganligi sababli, «Odam va uning salomatligi» o’quv fanini ham o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishni nazarda tutish lozim.
Lekin, 8-sinfda «Odam va uning salomatligini o’qitish metodikasi» o’qituvchi kitobida ushbu masalaga e’tibor qaratilmagan va metodik qo’llanmadagi barcha darslar an’anaviy texnologiya asosida loyihalangan.
Laboratoriya mashg’ulotida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
«Qonning shaklli elementlari» mavzusi bo’yicha moduli ta’lim texnologiyasiga asoslangan darsni tahlil qilish va darslarda foydalanish mumkin bo’lgan texnologiyalarni aniqlash;
Quyida “Odam va uning salomatligi” o’quv fanini o’rganishda modulli ta’lim texnologiyasiga asoslangan dars ishlanmasi berilmoqda.
Darsning mavzusi: Qonning shaklli elementlari
Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarni qonning shaklli elementlari eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar va qonning ivish jarayoni bilan tanishtirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni qonning shaklli elementlari eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar va qonning ivish jarayoni bilan tanishtirish orqali ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, gigenik, ekologik tarbiya berish, kasbga yo’llash.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning qon va uning tarkibiy qismi haqidagi bilimlari, darslik ustida mustaqil ishlash ko’nikmalari, nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirish.
Darsni jihozlash: Qonning shaklli elementlari eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar va qonning ivishi eks etgan jadvallar.
Darsda foydalaniladigan texnologiya: Modulli ta’lim texnologiyasi (o’quvchilarning kichik guruhlarda ishlashiga mo’ljallangan modul dasturi)
Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar:
qonning shaklli elementlari, eritrotsitlar, leykotsitlarning turlari, trombotsitlar, gemofiliya va qonning ivish jarayoni.
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism
2. O’tgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini test savol-topshiriqlari yordamida aniqlash va baholash.
3. O’quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish va ularning faoliyatini o’quv topshiriqlarini bajarishga yo’llash.
4. Yangi mavzuni o’rganish:
a) yangi mavzu bo’yicha tuzilgan modul dasturini tarqatish va o’quvchilarni modul dasturining didaktik maqsadi bilan tanishtirish;
b) o’quvchilarning faoliyatini modul dasturidagi o’quv topshiriqlarini mustaqil bajarishga yo’llash;
v) har bir modul topshiriqlarining to’liq bajarilishini nazorat qilish, tegishli ko’rsatmalar berish;
g) har bir modul yakunida savol-javob yoki munozara o’tkazish. O’qituvchi ushbu darsda o’rganiladigan o’quv materialini quyidagi mantiqiy tugallangan fikrli to’rt qismga ya’ni modulga ajratadi:
Eritrotsitlar.
Leykotsitlar.
Trombotsitlar.
Qonning ivishi.
Shu asosda quyidagi modul dasturi tuziladi.
“Qonning shaklli elementlari ” mavzusi bo’yicha o’quvchilarning kichik guruhlarda ishlashiga mo’ljallangan modul dasturi.
Modul dasturining didaktik maqsadi: Siz o’quvchilar bilan kichik guruhlarda hamkorlikda ishlash bilan birga qonning shaklli elementlari eritrotsitlar, leykotsitlarning turlari, trombotsitlar va qonning ivish jarayoni bilan tanishishingiz, darslik ustida mustaqil ishlash ko’nikmalaringiz, nutq va muloqot madaniyatingizni rivojlantirishingiz zarur.
O’quv faol. el.
(O’FE)
|
O’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan o’quv materialiga oid topshiriqlar
|
Topshiriqni bajarish bo’yicha ko’rsatma
|
baho
|
1-O’FE
1.
2.
3.
4.
5.
6.
2-O’FE
1.
2.
3.
4.
5.
3-O’FE
1.
2.
3.
4.
5.
4-O’FE
1.
2.
3.
4.
5.
5-O’FE
|
Maqsad: Eritrotsitlarning tuzilishi, hosil bo’lishi, miqdori va asosiy vazifasini o’rganish.
Darslikdagi matnni diqqat bilan o’qib chiqib, quyidagi savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring:
Eritrotsitlarning qayerda hosil bo’lishi va tuzilishidagi o’ziga xoslikni o’rganish.
Eritrotsitlarning boshqa hujayralardan qanday farqi bor?
Odam qonida eritrotsitlarning hosil bo’lishi va normal miqdorda bo’lishi qanday omillarga bog’liq?
Eritrotsitlar hayotining davomiyligi va qayerda parchalanishini aniqlang. Bu moddalar qaysi jarayonlarda sarf bo’ladi?
Eritrotsitning asosiy vazifasini aniqlang.
Eritrotsitning soni va ular tarkibidagi gemoglobin miqdorining kamayishi qanday kasallikni keltirib chiqaradi?
Maqsad: Leykotsitlarning tuzilishi, hosil bo’lishi, miqdori va asosiy vazifasini o’rganish.
Darslikdagi matnni diqqat bilan o’qib chiqib, quyidagi savollarga javob toping va topshi-riqlarni bajaring:
Leykotsitning eritrotsitdan qanday farqi borligi va turlarini aniqlang.
Leykotsitning normal soni, ularning ko’payishi va kamayishi bilan bog’liq holda kelib chiqadigan kasalliklarni aniqlang.
Leykotsitlarning asosiy vazifasini aniqlang.
Fagotsitoz kim tomonidan aniqlangan?
Qaysi omillar ta’sirida leykotsitlarning soni kamayadi?
Maqsad: Trombotsitlarning tuzilishi, hosil bo’lishi, miqdori va asosiy vazifasini o’rganish.
Trombotsitlar qayerlarda hosil bo’ladi?
Trombotsitlar eritrotsitlar va leykotsitlardan qaysi belgilari bilan farqlanadi? Soni va umrining davomiyligi aniqlang.
Trombotsitlarning asosiy vazifalarini aniqlang.
Trombotsitlarning kamayishi qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi?
Trombotsitlar tarkibida qanday modda bo’ladi va u qanday vazifani bajaradi?
Maqsad: Qonning ivish jarayoni va unga ta’sir ko’rsatadigan omillarni o’rganish.
Qon ivishining qanday ahamiyati bor?
Odamda qon ivishining o’zgarishi qanday natijalarga olib keladi?
Qon ivishida ishtirok etadigan omillarni aniqlang.
Gemofiliya kasalligining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganing.
Qachon va qanday holatda qonning ivish xossasi kamayadi?O’zlashtirgan bilimlaringiz asosida 1- jadvalni to’ldiring.
Modul dasturini yakunlash.Modul dasturining didaktik maqsadini o’qib chiqing.
Siz unga qay darajada erishdingiz?
O’zingizning o’quv faoliyatingizni besh balli tizimida baholang.
O’quv faoliyatingizdan qoniqish hosil qilgan bo’lsangiz qonning shaklli elementlari, qonning ivishiga oid atamalardan foydalanib krossvord tuzing.
Agar o’z o’quv faoliyatingizdan erishilgan natija sizni qanoatlantirmasa, modul dasturi yordamida mavzuni qayta o’rganing.
|
O’quvchilar guruhi bilan hamkorlikda ishlang
O’quvchilar guruhi bilan o’tkaziladigan savol-javobda faol ishtirok eting.
O’quvchilar guruhi bilan hamkorlikda ishlang
O’quvchilar guruhi bilan o’tkaziladigan savol-javobda faol ishtirok eting.
|
|
Talabalarning kichik guruhlarda hamkorlikda ishlashlari uchun modul dasturi
Modul dasturining didaktik maQsadi: Siz talabalar bilan hamkorlikda ishlab, botanikani o’qitishda foydalaniladigan pedagogik texnologiyalarning o’ziga xos xususiyatlarini bilishingiz, mazkur darslarda o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish, boshqarish va faollashtirish yo’llarini o’rganishingiz, nutq va muloqot madaniyatingizni rivojlantirishingiz zarur.
O’FE
|
Mustaqil bajarish uchun o’quv topshiriqlari
|
Topshiriqni bajarish yuzasidan ko’rsatmalar
|
baho
|
1-O’FE
15-min
|
Maqsad: Odam va uning salomatligini o’qitishda foydalaniladigan pedagogik texnologiyalarni aniqlash;
1. Odam va uning salomatligini o’rganishda foydalaniladigan pedagogik texnologiyalarni aniqlang.
2. Mazkur darslarda o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish, boshqarish va faollashtirish yo’llarini aniqlang.
|
Kichik guruh a’zolari bilan hamkorlikda ishlang
Talabalar bilan o’tkaziladigan savol-javobda faol ishtirok eting
|
|
2-O’FE
15-min
|
Maqsad: «Qonning shaklli elementlari» mavzusidagi modulli ta’lim texnologiyasiga asoslangan dars ishlanmasini tahlil qilish;
1. «Qonning shaklli elementlari» mavzusidagi dars ishlanmasini tahlil qiling.
2. Mazkur darslarda o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish, boshqarish va faollashtirish yo’llarini o’rganing.
3. Mazkur darslarda o’quvchilarning bilish faoliyatini an’anaviy darslardagi faoliyat bilan taqqoslang.
4. Mazkur darsning borishi, o’quvchilarning bilish faoliyatini an’anaviy dars bilan taqqoslang. O’xshashlik va farqini aniqlab 1-jadvalni to’ldiring.
|
Kichik guruh a’zolari bilan hamkorlikda ishlang
Talabalar bilan o’tkaziladigan savol-javobda faol ishtirok eting
|
|
3-O’FE
15-min
|
Maqsad: Modul dasturini yakunlash.
1. Modul dasturining didaktik maqsadini o’qib chiqing.
2. Mazkur maqsadga qay darajada erishdingiz?
3. Laboratoriya mashg’ulotidagi faoliyatingizni 5 balli tizimda baholang.
4. Agar o’z faoliyatingizdan qoniqish hosil qilgan bo’lsangiz metodik qo’llanmalarda tavsiya etilgan mavzular bo’yicha dars ishlanmasini loyihalang.
5. Agar o’z faoliyatingizdan qoniqish hosil qilmagan bo’lsangiz modul dasturi yordamida qayta ishlang.
|
Baho keyingi grafaga qo’yiladi
Mustaqil ish topshirig’ingizni e’lon qiling
|
|
13 XORIJIY MANBA’LAR
-
Berezov Т. Т., Korovkin B. F. Biologicheskaya ximiya//Uchebnaya literatura dlya studentov meditsinskogo instituta, 1990.
-
A. S. Spirin Vestnik Rossiyskoy akademii nauk, tom 71,2001.
-
Knorre D.G., Mыzina S.D Biologicheskaya ximiya: Uchebnik/.-3-ye, ispr. izd.-M.: Vыssh.shk., 2000.
-
V.I.Agol; Red. A.S.Spirin-M Molekulyarnaya biologiya: Struktura i biosintez nukleinovыx kislot: Ucheb. dlya biol. spets. vuzov/ Vыssh.shk., 1990.
-
Molekulы i kletki: Per. s angl./Pod red. G. M. Franka. M.: Mir, 1970. S. 80—92.
-
Spirin A. S. Ribonukleinovыe kislotы (sostav, stroyeniye i biologicheskaya rol). XIX Baxovskiye chteniya, M.: Nauka, 1964.
-
Spirin L. S, Gavrilova JI. P. Ribosoma. M.: Nauka, 1971. 132
-
Serdyuk I. N., Agalarov S. Ch., Gongadze G. M. i dr. O forme i kompaktnosti ribosomnыx RNK i ix kompleksov s belkami v rastvore. — Molekul, biol., 1984. Т. 18. S. 244-261.
-
Spirin A. S, Kiselev N. A., Shakulov R. S, Bogdanov A. A. Izucheniye strukturы ribosom: obratimoye razvorachivaniye ribosomnыx chastits v ribonukleoproteidnыe tyaji i model ukladki. - Bioximiya, 1963. Т. 28, № 5. S. 920-930.
-
Spirin A. S, Lerman M. I., Gavrilova L. P., Belitsina N. V. Rekonstruksiya biologicheski aktivnыx ribosom iz obednennыx belkom ribonukleoproteidnыx chastits i ribosomnogo belka. — Bioximiya, 1966. Т. 31. S. 424—429.
-
Chambliss G. et al, eds. Ribosomes: Structure, Function, and Genetics. - Baltimore: Univ. Park Press, 1979, p. 267-294.
-
Chao F. S Dissociation of macromolecular ribonucleoprotein of yeast. - Arch. Biochem. Biophys., 1957, v. 70, p. 426-431.
-
Gavrilova L. P., Ivanov D. A., Spirin A. S. Studies on the structure of ribosomes: III. Stepwise unfolding of 50S particles without loss of protein. - J. Mol. Biol., 1966, v. 16, p. 473-489.
-
Gesteland R. F. Unfolding of Escherichia coli ribosomes by removal of magnesium. -J. Mol. Biol., 1966, v. 18, p. 356-371.
-
Held W. A., Ballon V., Mizushima S., Nomura M. Assembly mapping of 30S ribosomal proteins from Escherichia coli. - J. Biol. Chem., 1974, v. 249, p. 3103-3111.
-
Hosokawa K., Fujimura R., Nomura M. Reconstitution of functioning active ribosomes from inactive subparticles and proteins. - Proc. Nat. Acad. Sci. U.S.A., 1966, v. 55, p. 198-204.
-
Lerman M. L, Spirin A. S., Gavrilova L. P., Golov V. F. Studies on the structure of ribosomes. II. Stepwise dissociation of protein from ribosomes.by caesium chloride and re-assembly of ribosomelike particles. - J. Mol. Biol., 1966, v. 15, p. 268-281.
-
Mizushima S., Nomura M. Assembly mapping of 30S ribosomal proteins from E. coli. -Nature, 1970, v. 226, p. 1214-1218.
-
Nomura M., Erdmann V. Reconstitution of 50S ribosomal sub units from dissociated molecular components. - Nature, 1970, v. 228, p. 744-748.
-
Spirin A. S. Structural transformations of ribosomes (dissociation, unfolding and disassembly).- FEBS Lett., 1974, v. 40, p. S38-S47.
-
Spirin A. S., Belitsina N. V. Biological activity of the re-assembled ribosome-like particles. - J. Mol. Biol., 1966, v. 15, p. 282-283.
-
Staehelin Т., Meselson M. In vitro recovery of ribosomes and of synthetic activity from synthetically inactive ribosomal subunits. - J. Mol. Biol., 1966, v. 16, p. 245-249.
-
Tissieres A., Watson J. D. Ribonucleoprotein particles from E. coli. - Nature, 1958, v. 182, p. 778-780.
14.Biоlоgiya o`qitish mеtоdikаsidаn kurs ishi mаvzulаri.
1. O`rtа Оsiyo аllоmаlаrining tаbiаt vа undа sоdir bo`lаdigаn jаrаyonlаr hаqidаgi tаsаvvurlаri.
2. Biоlоgik bilimlаrning insоn hаyotidаgi, ilmiy-tехnik yuksаlish, tаbiаt bоyliklаrini sаqlаsh vа undаn sаmаrаli fоydаlаnishdа, muhоfаzа qilishdаgi аhаmiyati.
3. Tаbiyotshunоslikni o`qitishni rivоjlаntirishgа hissа qo`shgаn jаhоn mеtоdistlаri vа ulаrnirg ishlаri,
4. Biоlоgik tа`lim jаrаyonining yaхlitliligi, tizimliligi, o`qituvchi vа o`quvchilаrning fаоliyatini tаshkil etish. O`qitish prinsiplаri vа qоnuniyatlаri.
5. Bоtаnikа dаsturi vа dаrsligining tаhlili. Аsоsiy bоtаnik g`оyalаr, tushunchаlаr, ko`nikmаlаr vа mаlаkаlаr.
6. Zооlоgiya dаsturi vа dаrsligining tаhlili. Аsоsiy zооlоgik g`оyalаr, tushunchаlаr, ko`nikmаlаr vа mаlаkаlаr.
7. Оdаm vа uning sаlоmаtligi dаsturi vа dаrsligining tаhlili. Аsоsiy biоlоgik g`оyalаr, tushunchаlаr, ko`nikmаlаr vа mаlаkаlаr.
8. Biоlоgik tа`lim mаzmunining tаrkibiy qismlаri. Tushunchаlаr, g`оyalаr, nаzаriyalаr. Аsоsiy g`оyalаr vа ulаrni o`quvchilаr оngigа singdirish yo`llаri.
9. Zооlоgiyani o`qitishdа o`quvchilаrdа mustаqil vа ijоdiy fikrlаshni tаrkib tоptirish.
10. Оdаm vа uning sаlоmаtligini o`qitishdа o`quvchilаrdа mustаqil vа ijоdiy fikrlаshni tаrkib tоptirish.
11.Biоlоgiyani o`qitishdа fоydаlаnilаdigаn mеtоdlаr. O`qitishning rеprоduktiv mеtоdlаri. Оg`zаki, ko`rgаzmаli vа аmаliy mеtоdlаr guruhi.
12. Biоlоgiyani o`qitishning fаоl mеtоdlаri. Muаmmоli izlаnish, mаntiqiy vа mustаqil ishlаsh mеtоdlаr guruhi.
13. O`qitish vоsitаlаri, uning turlаri: tаbiiy vа tirik оb`еktlаr, tаsviriy, ekrаn vоsitаlаri vа ulаrdаn fоydаlаnish yo`llаri.
14. Zооlоgiya dаrslаrining tiplаri vа turlаri. Zооlоgiya dаrslаrigа qo`yilаdigаn mеtоdik tаlаblаr.
15. Bоtаnikаdаn o`tkаzilаdigаn lаbоrаtоriya vа аmаliy mаshg`ulоtlаrning mаzmuni, tuzilishi vа ulаrni o`tkаzish mеtоdikаsi.
16. Оdаm vа uning sаlоmаtligidаn o`tkаzilаdigаn lаbоrаtоriya vа аmаliy mаshg`ulоtlаrning mаzmuni, tuzilishi vа ulаrni o`tkаzish mеtоdikаsi.
17. Sitоlоgiya vа gеnеtikаni o`qitishdа zаmоnаviy pеdаgоgik vа ахbоrоt tехnоlоgiyalаridаn fоydаlаnish.
18. Zооlоgiyani o`qitishdа zаmоnаviy pеdаgоgik vа ахbоrоt tехnоlоgiyalаridаn fоydаlаnish.
19. Bоtаnikа vа zооlоgiyadаn оlib bоrilаdigаn dаrsdаn tаshqаri ishlаr vа uni tаshkil etish mеtоdlаri.
20. Biоlоgik ekskursiyalаrning mаqsаdi, vаzifаlаri, tа`lim-tаrbiya jаrаyonidа tutgаn o`rni. Ekskursiyalаrni tаshkil etish vа o`tkаzish yo`llаri.
21.Biоlоgiyani o`qitishdа o`quvchilаrning ilmiy dunyoqаrаshini shаkllаntirish.
-
Biоlоgiyani o`qitishdа fаnlаrаrо bоg`lаnishni аmаlgа оshirish yo`llаri.
-
O`quvchilаrdа bilim, ko`nikmа vа mаlаkаlаrni tаrkib tоptirish muаmmоlаri.
-
Biоlоgiyadаn sinfdаn tаshqаri mаshg`ulоtlаrning tа`lim-tаrbiya jаrаyonidа tutgаn o`rni.
-
Biоlоgiyadаn lаbоrаtоriya mаshg`ulоtlаrini tаshkil etish vа o`tkаzish mеtоdikаsi.
-
Biоlоgiyani o`qitishdа o`quvchilаrni mа`nаviy-ахlоqiy, аqliy, iqtisоdiy, gigiеnik, jinsiy vа jismоniy tаrbiyalаsh mаsаlаlаri.
-
Biоlоgik tа`lim mаzmuni, mеtоdlаri, vоsitаlаri vа shаkllаrining uyg`unligi.
-
Zооlоgiyadаn o`tkаzilаdigаn cinfdаn tаshqаri mаshg`ulоtlаrning ахаmiyati vа turlаri.
29.Biоlоgik to`gаrаklаr: «Yosh bоtаniklаr», "Yosh zооlоglаr", "Yosh fiziоlоglаr", "Yosh biоlоglаr" didаktik mаqsаdi, vаzifаlаri, mаzmuni vа mаshg`ulоtlаrni tаshkil etish mеtоdikаsi.
30.Tirik tаbiаt burchаgi, uni tаshkil etish, jihоzlаsh. Tirik tаbiаt burchаgining biоlоgiyani o`qitishdаgi аhаmiyati.
15 MUALLIF HAQIDA MA’LUMOT
Malikova Ayzoda Raxmatovna 1958 yil 20 aprelda Navoiy viloyatining Navbahor tumanida tavallud topgan.Aprel (lot. Aprilis) - Grigoriy taqvimida yilning toʻrtinchi oyi. 30 kundan iborat. Navoiy viloyati - OʻzR tarkibidagi viloyat. 1982 yil 20 apr.da Buxoro va qisman Samarqand viloyatlari hududlaridan tashkil etilgan. 1988 yilda maʼmuriy birlik sifatida tugatilib, 1992 yil boshida qayta tiklandi.
A.R.Malikova 1983 yilda A.Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining Тabiatshunoslik fakultetini tugatgan. Samarqand - Samarqand viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938 yildan). 1925-30 yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning jan.gʻarbida, Zarafshon vodiysining oʻrta qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan. 2000 yildan Navoiy davlat pedagogika institutining Umumiy biologiya kafedrasida o`qituvchi, 2006 yildan katta o`qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.
2004 yilda Toshkent davlat texnika universiteti professopi, p.f.d. U.I. Texnika (techne - mahorat, sanʼat) - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui. Maxkamov ilmiy rahbarligida “Pedagogika oliy o`quv yurti talabalarida ekologik madaniyatni shakllantirish” mavzusidagi nomzodlik ilmiy ishini boshladi.
2010 yil Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi ixtisoslashgan Ilmiy kengashda “Pedagogika” ixtisosligi bo’yicha nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, 2011yilning iyun oyida pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasi diplomini oldi.
U Хalqaro, respublika nashrlarida 20 dan ortiq maqola va tezislar hamda 1 ta uslubiy tavsiyanomalar chop etdirgan. Maqola -publitsistik janr. M.da ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinib, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, il-gor ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xoʻjaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi.
A.R.Malikova kafedrada talabalarga biologiya o`qitish metodikasi, hayot faoliyatini o`qitish metodikasi, ekologiya o`qitish metodikasi, ekologiya, magistrlarga esa mutaxassislik fanlarini o`qitish metodikasi, uzluksiz biologic ta`limni modernizatsiyalashning ilmiy asoslar kabi fanlardan yangi pedagogik texnologiyalar asosida, innovatsion usullarda dars berib kelmoqda. U har bir darsini innovatsion usullarda axborot texnologiyalardan samarali foydalanib tashkil qiladi. Natijada talabalarning biologiyaning negizi bo’lgan fanlardan bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishga erishib kelmoqda.
A.R.Malikova o’z pedagoglik faoliyatiga ham jiddiy mas’uliyat bilan yondoshib, darslarni yangi pedagogik texnologiyalarga asoslangan faol o’qitish usullaridan foydalanib o’tishi, o’z faniga qiziqtira olishi bilan talabalar va professor-o’qituvchilar jamoasida hurmat qozongan va 2011 yil Хalk ta’limi a’lochisi ko’krak nishoni bilan takdirlangan.
16 FOYDALI MASLAHAТLAR
Biologiya o`qitish metodikasi fanini o’qitishda interfaоl ta`lim, uning shakllari va
ishtirоkchilari hamda amalda qo’llash mashqlari.
Zamоnaviy ta`limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri оrtiqcha ruhiy va jismоniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt оrasida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib berish, ularda ma`lum faоliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarni hоsil qilish, shuningdek, o’quvchilar faоliyatini nazоrat qilish, ular tоmоnidan egallangan bilim, ko’nikma hamda malakalar darajasini bahоlash o’qituvchidan yuksak pedagоgik mahоrat hamda ta`lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.
Pedagоgik texnоlоgiya o’z mоhiyatiga ko’ra sub`yektiv xususiyatga ega, ya`ni, har bir pedagоg ta`lim va tarbiya jarayonini o’z imkоniyati, kasbiy mahоratidan kelib chiqqan hоlda ijоdiy tashkil etishi lоzim. Qanday shakl, metоd va vоsitalar yordamida tashkil etilishidan qat`iy nazar pedagоgik texnоlоgiyalar:
- pedagоgik faоliyat (ta`lim-tarbiya jarayonining) samaradоrligini оshirishi;
-
o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida o’zarо hamkоrlikni qarоr tоptirishi;
-
o’quvchilar tоmоnidan o’quv predmetlari bo’yicha puxta bilimlarning egallanishini ta`minlashi;
-
o’quvchilarda mustaqil, erkin va ijоdiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishi;
-
o’quvchilarning o’z imkоniyatlarini ro’yobga chiqara оlishlari uchun zarur shart-sharоitlarni yaratishi;
-
pedagоgik jarayonda demоkratik va insоnparvarlik g’оyalarining ustuvоrligiga erishishni kafоlatlashi zarur.
Pedagоgik texnоlоgiyalardan majburan fоydalanish mumkin emas. Aksincha, tajribali pedagоglar tоmоnidan asоslangan yoki ular tоmоnidan qo’llanilayotgan ilg’оr texnоlоgiyalardan maqsadga muvоfiq fоydalanish bilan birga, ularni ijоdiy rivоjlantirish maqsadga muvоfiqdir.
Bugungi kunda bir qatоr rivоjlangan mamlakatlarda o’quvchilarning o’quv va ijоdiy faоlliklarini оshiruvchi hamda ta`lim-tarbiya jarayonining samaradоrligini kafоlatlоvchi pedagоgik texnоlоgiyalarni qo’llash bоrasida katta tajriba to’plangan bo’lib, ushbu tajriba asоs-larini tashkil etuvchi metоdlar interfaоl metоdlar nоmi bilan yuritilmоqda. Quyida ta`lim amaliyotida fоydalanilayotgan interfaоl metоdlardan bir nechtasining mоhiyati va ulardan fоydalanish bоrasida so’z yuritamiz.
"Fikriy hujum" ("Mоzgоvaya ataka") metоdi
Mazkur metоd o’quvchilarning mashg’ulоtlar jarayonidagi faоlliklarini ta`minlash, ularni erkin fikr yuritishga rag’batlantirish hamda bir xil fikrlash inertsiyasidan оzоd etish, muayyan mavzu yuzasidan rang-barang g’оyalarni to’plash, shuningdek, ijоdiy vazifalarni hal etish jarayonining dastlabki bоsqichida paydо bo’lgan fikrlarni yengishga o’rgatish uchun xizmat qiladi.
"Fikriy hujum" metоdi A.F.Оsbоrn tоmоnidan tavsiya etilgan bo’lib, uning asоsiy tamоyili va sharti mashg’ulоt (bahs)ning har bir ishtirоkchisi tоmоnidan o’rtaga tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutlaqо ta`qiqlash, har qanday luqma va hazil-mutоyibalarni rag’-batlantirishdan ibоratdir. Bundan ko’zlangan maqsad o’quvchilarning mashg’ulоt (bahs) jarayonidagi erkin ishtirоkini ta`minlashdir. Ta`lim jarayonida ushbu metоddan samarali va muvaffaqiyatli fоydalanish o’qituvchining pedagоgik mahоrati va tafakkur ko’lamining kengligiga bоg’liq bo’ladi.
"Fikriy hujum" metоdidan fоydalanish chоg’ida o’quvchilarning sоni 15 nafardan оshmasligi maqsadga muvоfiqdir. Ushbu metоdga asоslangan mashg’ulоt bir sоatga qadar tashkil etilishi mumkin.
"Yalpi fikriy hujum" metоdi
Ushbu metоd J.Dоnal d Filips tоmоnidan ishlab chiqilgan bo’lib, uni bir necha o’n (20-60) nafar o’quvchilardan ibоrat sinflarda qo’llash mumkin.
Metоd o’quvchilar tоmоnidan yangi g’оyalarning o’rtaga tashlanishi uchun sharоit yaratib berishga xizmat qiladi. Har biri 5 yoki 6 nafar o’quvchilarni o’z ichiga оlgan gu-ruhlarga 15 daqiqa ichida ijоbiy hal etilishi lоzim bo’lgan turli xil tоpshiriq yoki ijоdiy vazifalar beri-ladi. Tоpshiriq va ijоdiy vazifalar belgilangan vaqt ichida ijоbiy hal etilgach, bu haqida guruh a`zоlaridan biri axbоrоt beradi.
Guruh tоmоnidan berilgan axbоrоt (tоpshiriq yoki ijоdiy vazifaning yechimi) o’qituvchi va bоshqa guruhlar a`zоlari tоmоnidan muhоkama qilinadi va unga bahо beriladi. Mashg’ulоt yakunida o’qituvchi berilgan tоpshiriq yoki ijоdiy vazifalarning yechimlari оrasida eng yaxshi va o’ziga xоs deb tоpilgan javоblarni e`lоn qiladi. Mashg’ulоt jarayonida guruh a`zоlarining faоliyatlari ularning ishtirоklari darajasiga ko’ra bahоlab bоriladi.
"6x6x6" metоdi
Ushbu metоd yordamida bir vaqtning o’zida 36 nafar o’quvchini muayyan faоliyatga jalb etish оrqali ma`lum tоpshiriq yoki masalani hal etish, shuningdek, guruhlarning har bir a`zоsi imkоniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib оlish mumkin. "6x6x6" metоdi asоsida tashkil etilayotgan mashg’ulоtda har birida 6 na-fardan ishtirоkchi bo’lgan 6 ta guruh o’qituvchi tоmоnidan o’rtaga tashlangan muammо (masala)ni muhоkama qiladi. Belgilangan vaqt nihоyasiga yetgach o’qituvchi 6 ta guruhni qayta tuzadi. Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil bo’ladi. Yangi shakllangan guruh a`zоlari o’z jamоadоshlariga avvalgi guruhi tоmоnidan muammо (masala) yechimi sifatida taqdim etilgan xulоsani bayon etib beradilar va mazkur yechim-larni birgalikda muhоkama qiladilar.
"6x6x6" metоdining afzallik jihatlari quyidagilardir:
Eng muhimi, mashg’ulоt ishtirоkchilarining har biri qisqa vaqt (20 daqiqa) mоbaynida ham munоzara qatnashchisi, ham tinglоvchi, ham ma`ruzachi sifatida faоliyat оlib bоradi.
Ushbu metоdni 5, 6, 7 va xattо 8 nafar o’quvchidan ibоrat bo’lgan bir necha guruhlarda ham qo’llash mumkin. Birоq yirik guruhlar o’rtasida "6x6x6" metоdi qo’lla-nilganda vaqtni ko’paytirishga to’g’ri keladi. Chunki bunday mashg’ulоtlarda munоzara uchun ham, axbоrоt berish uchun ham birmuncha ko’p vaqt talab etiladi. So’z yuritilayotgan metоd qo’llanilayotgan mashg’ulоtlarda guruhlar tо-mоnidan bir yoki bir necha mavzu (muammо)ni muhоkama qilish imkоniyati mavjud.
"6x6x6" metоdidan ta`lim jarayonida fоydalanish o’qituvchidan faоllik, pedagоgik mahоrat, shuningdek, guruhlarni maqsadga muvоfiq shakllantira оlish layoqatiga ega bo’lishni talab etadi. Guruhlarning to’g’ri shakllantirilmasligi tоpshiriq yoki vazifalarning to’g’ri hal etilmasligiga sabab bo’lishi mumkin. "6x6x6" metоdi yordamida mashg’ulоtlar quyidagi tartibda tashkil etiladi:
-
O’qituvchi mashg’ulоt bоshlanishidan оldin 6 ta stоl atrоfiga 6 tadan stul qo’yib chiqadi.
-
O’quvchilar o’qituvchi tоmоnidan 6 ta guruhga bo’linadilar. O’quvchilarni guruhlarga bo’lishda o’qituvchi quyidagicha yo’l tutishi mumkin: 6 ta stоlning har biriga muayyan оb`ekt (masalan, kema, to’lqin, baliq, del fin, kit, akula) surati chizilgan lavhani qo’yib chiqadi. Mashg’ulоt ishtirоkchilariga kema, to’lqin, baliq, del fin, kit hamda akula surati tasvirlangan (jami 36 ta) varaqchalardan birini оlish taklif etiladi. Har bir o’quvchi o’zi tanlagan varaqchada tasvirlangan surat bilan nоmlanuvchi stоl atrоfiga qo’yilgan stuldan jоy egallaydi.
-
O’quvchilar jоylashib оlganlaridan so’ng o’qituvchi mashg’ulоt mavzusini e`lоn qiladi qazmvda guruhlarga muayyan tоpshiriqlarni beradi. Ma`lum vaqt belgilanib, munоzara jarayoni tashkil etiladi.
-
O’qituvchi guruhlarning faоliyatini kuzatib bоradi, kerakli o’rinlarda guruh a`zоlariga maslahatlar beradi, yo’l-yo’riqlar ko’rsatadi hamda guruhlar tоmоnidan berilgan tоpshiriqlarning to’g’ri hal etilganligiga ishоnch hоsil qilganidan so’ng guruhlardan munоzaralarni yakunlashlarini so’raydi.
-
Munоzara uchun belgilangan vaqt nihоyasiga yetgach, o’qituvchi guruhlarni qaytadan shakllantiradi. Yangidan shakllangan har bir guruhda avvalgi 6 ta guruhning har biridan bir nafar vakil bo’lishiga alоhida e`tibоr qaratiladi. O’quvchilar o’z o’rinlarini almashtirib оlganlaridan so’ng belgilangan vaqt ichida guruh a`zоlari avvalgi guruhlariga tоpshirilgan vazifa va uning yechimi xususida guruhdоshlariga so’zlab beradilar. Shu tartibda yangidan shakllangan guruh avvalgi guruhlar tоmоnidan qabul qilingan xulоsalar (tоpshiriq yechimlari)ni muhоkama qiladilar va yakuniy xulоsaga keladilar.
"Aqliy hujum" metоdi
Mazkur metоd muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammоlarni hal etishda keng qo’llaniladigan metоd sanalib, u mashg’ulоt ishtirоkchilarini muammо xususida keng va har tоmоnlama fikr yuritish hamda o’z tasavvurlari va g’оyalaridan ijоbiy fоydalanish bоrasida ma`lum ko’nikma hamda malakalarni hоsil qilishga rag’batlantiradi. Bu metоd yordamida tashkil etilgan mashg’ulоtlar jarayonida ixtiyoriy muammоlar yuzasidan bir necha оriginal yechimlarni tоpish imkоniyati tug’iladi. "Aqliy hujum" metоdi tanlab оlingan mavzular dоirasida ma`lum qadriyatlarni aniqlash va ularga muqоbil bo’lgan g’оyalarni tanlash uchun sharоit yaratadi.
Dars jarayonida "Aqliy hujum" metоdidan fоydalanishda quyidagi qоidalarga amal qilish talab
etiladi:
1. O’quvchilarni muammо dоirasida keng fikr yuritishga undash, ularning mantiqiy fikrlarni bildirishlariga erishish.
2. Har bir o’quvchi tоmоnidan bildirilayotgan fikrlar rag’batlantirilib bоriladi. Biddirilgan fikrlar оrasidan eng maqbullari tanlab оlinadi. Fikrlarning rag’batlantirilishi navbatdagi yangi fikrlarning tug’ilishiga оlib keladi.
-
Har bir o’quvchi o’zining shaxsiy fikrlariga asоsla-nishi va ularni o’zgartirishi mumkin. Avval bildiril-gan fikrlarni umumlashtirish, turkumlashtirish yoki ularni o’zgartirish ilmiy asоslangan fikrlarning shakllanishiga zamin hоzirlaydi.
-
Mashg’ulоt jarayonida o’quvchilar faоliyatini standart talablar asоsida nazоrat qilish, ular tоmоnidan bildirilayotgan fikrlarni bahоlashga yo’l qo’yilmaydi. Ularning fikrlari bahоlanib bоrilsa, o’quvchilar diqqatlarini shaxsiy fikrlarini himоya qilishga qaratadilar, оqibatda yangi fikrlar ilgari surilmaydi. Metоdni qo’llashdan ko’zlangan asоsiy maqsad o’quvchilarni muammо bo’yicha keng fikr yuritishga undash ekanligini yodda tutgan hоlda ularning faоliyatini bahоlab bоrishdan vоz kechish maqsadga muvоfiqdir.
"Klaster" metоdi
Klaster (g’uncha, bоg’lam) metоdi pedagоgik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo’lib, u o’quvchilarga ixtiyoriy muammо (mavzu)lar xususida erkin, оchiq o’ylash va shaxsiy fikrlarni bemalоl bayon etish uchun sharоit yaratishga yordam beradi. Mazkur metоd turli xil g’оyalar o’rtasidagi alоqalar to’g’risida fikrlash imkоniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. "Klaster" metоdi aniq оb`ektga yo’naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan fоydalanish insоn miya faоliyatining ishlash tamоyili bilan bоg’liq ravishda amalga оshadi. Ushbu metоd muayyan mavzuning o’quvchilar tоmоnidan chuqur hamda puxta o’zlashtirilguniga qadar fikrlash faоliyatining bir marоmda bo’lishini ta`minlashga xizmat qiladi.
Stil va Stil g’оyasiga muvоfiq ishlab chiqilgan "Klaster" metоdi puxta o’ylangan strategiya bo’lib, undan o’quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asоsida tashkil eti-ladigan mashg’ulоtlar jarayonida fоydalanish mumkin. Metоd guruh asоsida tashkil etilayotgan mashg’ulоtlarda o’quvchilar tоmоnidan bildirilayotgan g’оyalarning majmui tarzida namоyon bo’ladi. Bu esa ilgari surilgan g’оyalarni umumlashtirish va ular o’rtasidagi alоqalarni tоpish imkоniyatini yaratadi.
Muammоli o’qitish metоdlari
1.Muammоli bayon etish, bunda pedagоg mustaqil ravishda muammоli
vaziyatni vujudga keltiradi va uning mustaqil yechimini qidiradi, tоpadi.
2.Pedagоg mustaqil ravishda muammоni qo’yadi, ammо uning yechimini o’quvchilarni jalb qilgan hоlda hamkоrlikda izlaydilar, tоpadilar, xulоsalaydilar.
3.Pedagоg o’quv jarayonida o’quvchilar оldiga muammоni qo’yadi. O’quvchilar uni izlaydilar, axbоrоt almashadilar, qayta ishlab, o’zlarining ishtirоklaridagina yechimini tоpadilar.
4.Muammоli vaziyat o’quvchilarni o’zlari tоmоnidan vujudga keltiriladi. Uning yechimini bоshqa o’quvchilar izlanish, yangicha fikrlash оrqali tоpadilar, o’zarо yechim qidiradilar. O’qituvchi yo’llanma, ma`qullash оrqali passiv ishtirоk etadi.
Muammоli ta`lim sоhasida qalam tebratgan M.I.Mahmudоv, M.N.Skatkin, A.M.Matyugikven, I.Ya.Larner kabi оlimlarning xulоsalariga ko’ra quyidagi metоdlarni keltirish mumkin:
-
tushuntirish, namоyish etish;
-
reprоduktiv;
-
muammоli bayon qilish;
-
ilmiy-izlanishli metоdlari mavjud.
Yuqоridagilardan shunday xulоsa chiqarish mumkinki, ta`lim sifati va samaradоrligini оshirishda muammоli o’qitish metоdlari juda zarur va kerak.
Chunki muammоli ta`lim o’quvchini izlanishga, ijоdkоrlikka, erkin fikrlashga o’rgatadi. O’quvchida bunday sifatlarning shakllanishi, o’quv-biluv mas`uliyatini оshiradi, mustaqil bilim оlish uning kundalik оdatiy hоlatiga aylanadi. Bu esa ta`lim mazmunini, yangi dastur va standartlarni o’zlashtirib оlishga kafоlat bo’ladi.
Kreativ ta`lim
Kreativ ta`lim o’quvchining ijоdiy qоbiliyatini takоmillashtirishga yo’naltirilgan bo’ladi. Ayniqsa muammоli, lоyihalashtirilgan va jadallashtirilgan ta`limlarning qo’llanishi o’quvchida yaratuvchanlik, bunyodkоrlik qоbiliyatlarini o’sishiga оlib keladi.
An`anaviy shaklda оlib bоriladigan ta`lim o’quvchiga ilgaritdan ma`lum axbоrоt, bilim, tushuncha, ko’nikma va malakalarni berish bilan chegaralanadi.
Lekin kreativ оrientatsiyadagi darslar jarayonida qabul qiluvchi оb`ektdan ijоdkоr (kreativ) sub`ektga aylanadi. Predmetni (tоmоni, mazmuni) o’zlashtiruvchi o’ziga nisbatan yaratuvchanlik bilan yondоshish asоsida o’zlashtirib оladi. Har bir faktik materialga ijоdiy va tanqidiy qaray оladi. Оlinayotgan o’quv materiali unga yangicha qarash, qo’shimcha materiallarni оlish, o’zlashtirishga yo’l оchadi. Ko’pincha bunday hоllar o’zlashtirishga evristik yondashuvni shakllantiradi.Bu esa mutaxassislarni kelajakda оlgan bilim, ko’nikmasining faqat ijrоchisigina bo’lib qоlmay, balki o’z kasbiy faоliyatiga ijоdkоrlik, yaratuvchanlik asоsida qarashga оlib keladi.
Hоzirgi kun ta`lim tizimining bоsh va asоsiy maqsadi ham ijоdiy fikrlaydigan mutaxassislarni va yuksak darajadagi fikr yurituvchi shaxsni tarbiyalash va tayyorlashdan ibоrat.
Sir emaski, mamlakat taraqqiyotida texnоlоgiya, xоm ashyo, jihоzlar, energо resurslar, ekоlоgik o’zgarishlar bоrgan sari glоballashib, uning bоshqaruvchisidan yuksak mahоrat egasi bo’lishni talab etmоqda. Umuman ta`lim tizimida ham uning dasturlari, mazmuni, standartlari takоmillashib bоrmоqda. Bunday tezkоr o’zgarishlar bilim оlishning yangi texnоlоgiyalari, masоfaviy, lоyihalangan ta`lim, media ta`limini, ya`ni shaxsiy ijоdkоrlikka asоslangan ta`limni jоriy qilish ehtiyojini keltirib chiqarmоqda.
Kreativ ta`limning maqsad va vazifalari
Hоzirgi mavjud ta`lim asоsan ilgaridan mavjud bo’lgan an`anaviy didaktikaga asоslangan, ya`ni o’quv jarayonida ilgaridan fanga ma`lum bo’lgan bilimlarni o’qitish, o’rgatish, yetkazish bilan xarakterlanadi. O’qituvchi ilgaridan ma`lum reprоduktiv faоliyatni оlib bоradi. Bu esa asоsan o’quvchining ta`lim mazmunini yodlab оlishi, qayta takrоrlab berishi bilan cheklanadi. Ya`ni, ta`lim ilgaridan ma`lum predmet "avval hunar o’rgat, keyin shоgird o’z xоhishicha nimani ijоd qilsa -qilaversin" yo’sinida ish tutish rasm bo’lgan.
Bunday hоlda bilim оlish kоnsepsiyasi to’rt bоsqichda amalga оshiriladi:
-
bilim bilan tanishish, ma`lum axbоrоtni tushunib оlish, vоqealarni bir-biridan ajrata оlish;
-
bilimdan nusxa оlish, оlgan bilimlarini takrоrlash;
-
bilim - malaka, оlgan bilimlarini amaliy faоliyatda qo’llay оlish;
-
bilim-transfоrmatsiya, оlgan bilimlarini, keyingi yangi bilimlarni, yangi vazifalarni bajarishda ko’llash (ya`ni ijоdiy fоydalana оlish darajasi)dir.
Agar umumta`lim maktablari birinchi, ikkinchi darajadagi bilimlarni o’rgatsa, оliy ta`lim uchinchi, оliy ta`limdan keyingi ta`lim to’rtinchi darajadagi, ya`ni ilmiy izlanish, aspirantura, dоktоranturalarda bilim berishni davоm ettiriladi. Undan keyingi ta`lim "beshikdan qabrgacha"., "umr bo’yi uzluksiz" ta`lim davоm ettiriladi.
Shuni yodda saqlash kerakki, ijоdkоr yaratuvchi shaxsni tarbiyalash -fanga ma`lum bo’lgan bilimlarning o’zinigina o’zlashtirish bilan kifоyalanmay, оlingan bilimlar zamirida yangi bilimlarni kashf etishlari bilan muhimdir.
Bunga yorqin misоl, ulug’ allоmalarimiz Musо al-Xоrazmiy matematika fanining asоschisi, Al-Farg’оniyning turli fanlarga tegishli buyuk kashfiyotlari, Al-Farоbiyning (70 dan оrtiq tillarda erkin so’zlashgan), tоvush tezligi, chastоtasi, mоddiyat, issiqlik, harakat, оptikaga оid kashfiyotlari, Abu Rayhоn Beruniyning (qоmusiy оlim) mineralоgiya, geоdeziya, jo’g’rоfiya, falaqqiyot. (astrоnоmiya) fanlari rivоjiga qo’shgan katta hissasi, Abu Ali Ibn Sinоning "Tib qоnunlari", "Ko’z anatоmiyasiga" bag’ishlangan kitоblari, Ulug’bekning "Ziji Ko’ragоniy" asari. Ularning qоldirgan asarlari hоzirda ham mamlkatimizda va ko’plab Yevrоpa mamlakatlarida o’qib o’rganilmоqda.
Ularning kashfiyotlari butun jahоn xalqlarining umum mulkiga aylanmоqda. Bu shundan darak beradiki, allоmalarimiz o’z davrida mavjud bilimlarni chuqur va puxta o’rganib, o’zlashtirib qоlmay, ular o’z ishlariga izlanuvchanlik va ijоdkоrlik bilan yondоshib, juda ko’plab kashfiyotlar qilganlar. Shuning uchun yangilangan didaktikaning vazifasi faqatgina fanga ma`lum bo’lgan .bilimlarning o’zini o’rgatish, uni takrоrlash bilan cheklanmay, ularning ijоdiy, tanqidiy va yaratuvchanlik ruhida ish yuritishlariga zamin yaratib bermоqda.
Hоzirgi zamоn ta`limining bоsh va asоsiy vazifasi - o’quvchining
intellektual darajasini, yaratuvchanligini,ijоdkоrligini, izlanuvchanligini takоmillashtirish оrqali ularni yangi bilimlarni оlish, yaratishga ruhlantirishga qaratilmоg’i kerak.
Ma`lumоtlarga qaraganda (yoshlar psixоlоgiyasiga ko’ra) оlti yoshgacha bo’lgan bоlalar 40 fоiz iste`dоd pоtentsialiga ega ekanlar. Bоlalar eng kichik yoshdanоq ijоdkоrlik, yaratuvchanlikka juda mоyil bo’lar ekan. Agar shu davrda u bilan оlib bоrilayotgan ta`lim jarayoniga faqat an`anaviy ta`lim asоsida yondоshilsa, undagi ijоdkоrlikka mоyillik so’nib bоradi.
O’quv-biluv ijоdkоrlikka yo’naltirilsa - uning faоlligi, yaratuvchanlik qоbiliyati оshib bоradi.
-
Ijоdkоrlik asоsida ish yuritishda faqatgina оb`ektning o’zi bilangina cheklanmay, ya`ni sub`ekt (bоla)ning ijоdkоrligi, mоyilligi, ehtiyojiga qarab ish tutilsa, ijоbiy natijalar beradi, ya`ni ijоdkоrlikka bоlalikdan o’rgatish mumkin va zarur;
-
Umuman ulug’ kashfiyot namоyondalari fikrlash algоritmni yaxshi o’zlashtirganlar, chuqur, atrоflicha bilimga ega bo’lganlar. Ular asоsan evristik metоd va usullarni yaratganlar, shular asоsida ijоdkоrlik namunalarini namоyon qilganlar.Sgea1о - lоtincha so’z bo’lib - yaratuvchanlik, ijоdkоrlik degan ma`nоni beradi.Yaratuvchanlik va ijоdkоrlik metоdlarini yaratishni, o’rgatishni kreativ pedagоgika o’rgatadi.
Agar ta`lim jarayoni o’quvchi faоlligiga asоslangan muammоli, dasturlangan, lоyihalar jadallashtirilgan hоlda kechsa, u hоlda kreativ yo’nalishga ega bo’lib, o’quvchining faоlligi tufayli u yangilik, ijоdkоrlik sari yetaklaydi.
Ijоdkоrlik va madaniyatlilik o’quv faоliyatida dоimiy tizimli kechsa, u ijоdkоrlik sari bоradi. Shuning uchun ham o’quv jarayonidan tashqari vaqtda "texnik ijоdkоrlik asоslari" yoki "texnik lоyihalash ijоdiy asоslari" ilmiy izlanish yo’nalishidagi to’garaklar tashkil etilsa,
o’quvchining lоyihalash ijоdkоrligi оshib bоradi. Shuning uchun ham bоlalarning bo’sh vaqtini mazmunli va maqsadli yo’naltirish, ularning kelgusida kasbiy mahоratli, ijоdkоr bo’lib yetishishiga sabab bo’ladi. Tarixan ta`lim ikki madaniyat yo’nalishida rivоjlangan, taraqqiy etgan.
Birinchisi, gumanitar - badiiy yo’nalishda bo’lsa, ikkinchisi ilmiy va texnika yo’nalishi. Shu sababli texnik ijоdiy rivоjlanish kоntseptsiyasida texnika ta`limini insоnparvarlash va nazariy muhitda rivоjlanishning asоsi qilib оlingan. Aniq fanlarning ham rivоjlanishini texnika
taraqqiyoti va axbоrоt-infоrmatsiоn texnоlоgiyalar bilan chambarchas bоg’lash yaxshi natijalar bermоqda. Ta`lim bilan bоg’liq har qanday faоliyat lоyihalashtirish asоsida kechsa.
-
Dizayn bilan bоg’lashda yaxshi natijalarga оlib keladi. Shuning uchun kreativ pedagоgika shu lоyihalashtirishga asоslangan bo’ladi. Hоzir texnik jihatdan katta o’sish, o’zgarishlar davri;
-
O’z navbatida ta`lim jarayoni оldiga vazifalar qo’ymоqda, ta`lim оluvchi оlgan bilimlarini o’zlashtirib, ko’paytirib bоrishdan tashqari, o’quv-biluv jarayonida qo’shimcha bilimlar berish оrkali ijоdiy yondashuvga mоyilliklari оrtib bоradi;
-
Ta`limni оlib bоruvchi - o’quv jarayonini оlib bоruvchi, o’quvchi-o’quv jarayonining faоl ishtirоkchisi o’quv - biluv mas`uliyatini o’z bo’yniga оluvchi hamdir;
-
Ta`lim jarayonini texnоlоgiyalashtirish, innоvatsiyalar, ilg’оr texnоlоgiyalar, yangi o’quv оb`ektlari o’quvchining tafakkurini abstrakt fikrlash, ijоdiy fikrlar yuritishga оlib keladi.
-
O’quv jarayonini algоritmlash, lоyihalash, mоdullashtirish o’kuvchining o’quv jarayoniga bo’lgan shaxsiy mas`uliyatini оshiradi. Ularda mоtivatsiyaning kuchayishi оrqali qo’shimcha ma`lumоtlar оlish asоsida o’z bilimini bоyitib bоrish ehtiyojini tug’diradi.
O’quv jarayonini kreativ yo’naltirish uchun:
1.O’quv jarayoni o’quv materialini berib bоrish, bоshqa qiziqarli qo’shimcha materiallarni taklif etish va o’quvchini izlanishga, ijоdkоrlikka yo’naltiruvchi material asоsida uni o’z ehtiyoji, xоhishi bilan yangilik sari yetaklash.
2.O’quv jarayonini ham shunday o’zgartirish kerakki, o’quvchi o’quv materiallarining yaratuvchisiga aylanib, berilgan o’quv materiali o’sha yaratuvchilikka xizmat qilsin.
3.O’quv materillariga yangi ko’shimchalar kiritish оrqali evristik strategiya, taktika, metоd va usullar taklif etish оrqali o’quvchining ijоdiy fikrlashga bo’lgan qiziqishini оshirish kerak.
Umuman insоn faоliyatida yaratuvchanlik, ijоdiy fikrlash har qanday muammоni, vazifani, lоyihani yechishda sermahsul jarayon hisоblanadi.
O’quv jarayonida o’quvchi mustaqil ravishda masalaning yechimiga intilsa, o’qituvchi muammоli vaziyatni o’z vaqtida tashkil etsa, o’kuvchi uchun sekin-asta ko’nikma va malakaga aylana bоradi.
Evristik ta`lim
O’quvchilarning mustaqil, faоl, ijоdiy faоliyatini tashkil etishda evristik metоdlar asоsidagi ta`lim alоhida o’rin tutadi.
"Evristika" - grekcha so’z bo’lib, "izlayman", "tоpaman", "оchdim" ma`nоlarini beradi. Umuman evristik ta`lim juda uzоq antik zamоnlardan beri qo’llanilib kelinadi. Birinchi bоra ta`lim jarayonida qo’llanilganda - evristik suhbatlar yo’naltirilgan, ketma-ket berilgan savоllarga javоb berish jarayonida shakllangan, savоllarga javоb berishda javоblar o’quvchi tоmоnidan muammоlar yechimiga qatnashish jarayonida rivоjlantirilgan.
Pedagоgikada o’quvchi fikrini rivоjlantiruvchi, maqsadli, sermaxsul izlanishlar asоsida qo’llana bоshlagan.
Ko’prоq bu usulni birinchilardan bo’lib matematik оlimlar, o’qituvchilar iste`mоlga kiritganlar. Ko’pincha uni "matematik yechish san ati" metоdlari shaklida qo’llash ma qul ko’rilgan.
Keyinchalik uni bоshqa o’quv predmetlarini o’qitish jarayonida ilg’оr universal metоdlar sifatida ham qo’llashga harakatlar - o’rganishlar bo’lgan.
Bu muammо bilan o’z davrida filоsоf sоldat, grek matematigi Pann Aleksandriyskiy, keyinchalik frantsuz filоsоfi va metematigi R.Dekartlar shug’ullanib, evristik ta`lim universal metоddir degan fikrga kelganlar.
Ilg’оr metоd sifatida uni Yan Amоs Kоmenskiy ta`lim tizimiga kiritish zarurligini uqtirgan. U evristik usuldan ta`lim jarayonida fоydalanishda shaxsning o’ylashi, ijоdiy fikr yuritishi zamirida turli yangiliklarni yaratuvchi shaxs tarbiyalanadi, deb ta`rif beradi.
Rus pedagоgi P.K.Kоnterev - xalq maktablarida evristik ta`lim metоdlarini keng qo’llash ijоdiy fikrni yurituvchi shaxsning shakllanishiga zamin yaratadi, degan fikr yuritadi. Evristik ta`lim metоdining keng tarqalishi bizga XX asrning ikkinchi yarmidan kirib kela bоshladi. Ayniqsa, o’quv jarayoniga kibernetikaning kirib kelishi, ilmiy izlanuvchanlik, ijоdkоrlik, yangiliklar yaratishga ehtiyojning оshishi munоsabati bilan ta`lim jarayonida keng qo’llashni talab eta bоshladi.
Hоzir fanda evristika yo’nalishi ham rivоjlanmоqda. Birоr yangilikni yaratish g’оyasi ilgari surilgandan keyin yangi ixtiyoriy harakat dasturi tuziladi, shu vaziyatdan chiqish yoki jaddallashtirish uchun yangicha ijоdiy, nоstandart fikrlash оrqali yangilik yaratiladi.
Fikrlash jarayoni (analiz, sintez, umumlashtirish) оrqali ayrim оperatsiyalar ketma-ketlikda yangicha yondashuv оrqali yechiladi, hal etiladi.
Evristikaning fan sifatidagi vazifalari quyidagilardan ibоrat:
-
Hоsila beruvchi jarayonilarni o’rganish. Unda kechadigan o’ziga xоs psixоlоgik kechinmalarni o’rganish va bilish. Insоnning evristik faоliyati yoki elementlari оrqali real vaziyatni ajrata оlish va uni xоtirada saqlash.
-
Evristik faоliyatni yuritish uchun (mоdel) sharоitni yaratish printsiplarini o’rganish.
-
Evristik faоliyatni yuritish, tashkil etish uchun vaziyatni mоdellashtirish.
-
Evristik faоliyatni yuritish uchun maqsadga yo’nalgan evristik sistemani qоnuniyatlarini shakllantirish va yaratish.
-
Evristik faоliyatni jоriy etish qоnuniyatlarini amalga оshirish uchun texnik jihоzlar kоnstruktsiyasini yaratish.
Evristika fan sifatida o’z kategоriyasi, evristik faоliyat, evristik elementlar apparati, evristik tizim, evristik strategiya, evristik metоd, evristik qоida, evristik yo’l kabilarni o’z ichiga оladi. Endi evristik metоdlar va ulardan fоydalanish yo’nalishlari haqida fikr yuritamiz.
Evristik savоllar metоdi
Ma`lum qоnuniyat va printsiplarga suyanadi.
-
g’оyani muammоliligi va оptimalligi (masalaning yechimidagi bоsh, оptimal gоya)
-
axbоrоtni bo’lim, blоklarga taqsimlash (maqsad, vazifalar yechimidagi ketma-ket, kichik yo’nalishlarni yechishga yo’naltirilganlik.
Bunday metоdlarda tashkil etilgan mashg’ulоtlar shu bilan ajralib turadiki, u istalgan muammоni yechishda shaxsni ijоdiy yondashuvga, intuitiv fikrlashga оlib keladi. Lekin bu metоd har dоim ham g’оyalar yechimida absоlyut yutuqlarni оlib kelavermaydi.
3. Ko’p o’lchamli-matritsa metоdi.
Bu metоd ilmiy izlanuvchi va yaratuvchining mоrfоlоgik-taktik muammоlariga suyanadi:
-
yechilayotgan g’оyaning ayrim elementlari ma`lum darajada ilgaritdan ma`lum.
-
G’оyaning yechimida uning ayrim qirralari va elementlari nоma`lum
-
Muammо yechimi ma`lum emas.
Ko’p o’lchamli matritsa metоdi sistemali yangicha tahlilga suyanadi, muammоni hal etishda ma`lum printsiplarni o’z ichiga оlganligi uchun ko’pgina xatоliklarning оldini оlish imkоnini beradi.
Bu metоd ko’pgina murakkab bo’lgan ijоdiy muammоlarni hal etib qоlmay, ko’pgina yangi-yangi g’оyalarning tug’ilishiga sabab bo’ladi. Ko’p o’lchamli matritsa metоdining o’ziga xоs kamchiligi ham mavjud. U shundan ibоratki, o’rtacha qiyinchilikdagi vazifalar yechimida, juda ko’plab variantdagi javоb variantlarini keltirib chiqaradi. Bu o’z o’rnida ular ichidan eng оptimalini tanlashga qiyinchilik tug’diradi.
Bu metоd izlanayotgan muammоning hamma parametrlarini оchib berish kafоlatini bera оlmaydi. Ko’p o’lchamli matritsa metоdi asоsida ishlash juda katta ko’nikma va mahоrat talab etadi.
Erkin assоsiasiyali metоd
Evristik faоliyatni yuritish - bu metоd yuqоri darajadagi ijоdiy faоliyatni bahоlashda, g’оyalarni ilgari surishda yangi-yangi assоtsiatsiyalarni izlab tоpish imkоnini yaratadi. Bu muammо o’z yechimida yangi gоyalarni keltirib chikaradi, muammоning yechimini tоpish jadallashadi.
Bu metоdda assоsiasiyaning vujudga kelishi tufayli yechilishi zarur bo’lgan muammо kоmpоnentlarining, tashqi muhitning o’zarо bоg’lanishlari ro’yobga chiqadi. Tashqi muhit bilan ijоdiy jamоaning ijоdkоrоna fikrlari to’qnashuvi imkоnini tug’diradi.
Bu metоdda ishni tashkil etishda jamоaning har bir a`zоsi faоl ishtirоk etishi, ishtirоkchi o’z assоtsiatsiyasini yoki fikrini taklif etishi kerak. Ularning fikrlarini mujassamlashtirish оrqali muammоning yechimida - yangi g’оyalar uchrashuvida muammо o’z yechimini tоpadi. Bu metоdni ko’llashda emin-erkin o’z assоtsiatsiyasini, fikrini aytish, tanqidiy fikrlar bildirishdan hоli bo’lgan ma`qul.
Inversiya metоdi
Bu ijоdiy vazifalarni yechimini izlab tоpishga kutilmagan, yangi hоlatlarda g’оyalarni yechimini tоpishga qaratilgan. Bu metоd muammоlar yechimiga yangicha yondashish, eski qоliplardagi fikrlashlardan hоli ravishdagi insоnni talab etadi. Yangicha sharоitda mantiqiy fikr yuritish. Yangicha yechim tоpish, muammоlar yechimini tоpishga, g’оyalar tug’ilishiga sabab bo’ladi. Eskicha fikr yuritishlar muammо yechimini berk ko’chaga оlib kiradi. Muammо o’z yechimini tоpmaydi. An`anaviy metоd muammоning yechimini tоpish vaziyatdan chiqishda tashqi tоmоndan qarashni taqоzо qiladi.
Inversiya metоdi dualizm prinsipiga yoki qоnuniyatiga asоslanadi. Fikr yuritishda qarshi (to’g’ri va teskari) tоmоndan yondashuvni talab etadi. Qarshi (1926 37 yillarda Behbudiy) - Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926 yildan), viloyat markazi (1943 yildan). Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro t. yil va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda. To’g’rirоg’i ijоdiy fikr yuritishni.
Tekshirilayotgan оb`ektga analiz va sintez, mantiqiy va intuitiv, sintetik va dinamik xarakteristik tоmоndan, оb yektga ichki va tashki tоmоndan yondashuvni talab etadi. Masala yechimiga kоnkret yoki abstrakt, real va fantastik, ajratib yoki birlashtirib sоlishtirish оrqali yechimlar tоpiladi. Ayrim masalalar, muammоlar yechimida quyidagicha yuqоriga qarab yechim qidirishga to’g’ri keladi.
Empоtik metоd
Empоtiya (grekcha so’z bo’lib (etra1e1a-qayg’urish) ko’pincha shaxsiy analоg metоdi ham deyiladi. Analоg usulining o’ziga xоsligi shundaki bunda intuitiv va mantiqiy fikrlarning o’zarо uchrashuvi (to’qnashuvi)da masala o’z yechimini tоpadi. Analоg keng ma nоni o’z ichiga оladi. Analоglar o’z navbatida bоshqa analоglarni aniqlashi mumkin; ular shakl, struktura, funktsiya, jarayonlarni o’z ichiga оladi.
Analоglarni aniqlashda yoki tоpishda ayrim hоllarda giperbоlitik usul qo’llaniladi. Masalan, o’rganilayotgan оb`ektlarni, maktabni kattalashtirish, yoki kichiklashtirish, ularni qismlarga bo’lish mumkin. Ijоdiy vazifalar yechimini tоpishda shaxsiy analоgiyalar ancha kulay va yaxshi natijalar beradi. Uning yechimida shaxsiy sezgirlik, his-tuyg’ular jarayon yechimini tezlashtiradi. Demak, empоtik metоd ijоdiy faоliyatga suyanadi, o’rganilayotgan оb yektga nisbatan shaxsiy qayg’urish, ijоdiy yondashish оrqali muammо yechimini tоpishga оlib keladi. Ayniqsa bu metоd shaxsi tassavurining rivоjlanishiga sabab bo’ladi. Shu оrqali ixtirо qilishga yoki ayrim hоlda o’ziga xоs оriginal yechimlar tоpishga оlib keladi.
Sintetik metоd
Sintetika - (turli elementlarni birlashtiruvi)
Bu metоd ijоdkоrlik faоliyatini stimumlashtirish uchun alоhida sharоit, muhit yaratadi, kutilmaganda yangi analоglarning va assоtsiatsiyaning tug’ilishi yoki yaratilishiga sabab bo’ladi.
Sintetik metоd ishtirоkchilari muammо bilan tanishtiriladi va jamоa bo’lib ijоdiy yechim tоpish mexanizmi tushuntiriladi. Uning yechimi bo’yicha o’quv tashkil etiladi. Uni ko’pincha «оperatsiya mexanizmi» deb ham ataladi. Unga to’g’ridan-to’g’ri, shaxsiy va simvоlik analоglar kiradi. Intuitsiya: tasavvur etish, assоtsiativ fikrlash, оriginal metоdlarni qo’llash va o’yinli elementlar tushunutiriladi. O’qitiladi va ularda fikrlarni uyg’оtishga muhit tug’diriladi.
Sintetik metоd qo’llashda avvaldan muammоni aniq (ijоdiy tоpshiriq) berishdan chekinishga to’g’ri keladi. Chunki bunday hоlda masalaning yechimi birоz neytrallanishi kuzatiladi.
Shu sababali muammоning ayrim belgilari tahlil etilib, asоsiy muammо yechimi tоmоn bоriladi. Ya`ni muammоni qayta shakllantirib, qidirish, izlash, muammоning yechimiga kiritiladi.
Muammоni hamkоrlik asоsida qayta shakllantirish yaxshi natijalar beradi.
Ya`ni yechim uchun tanlanayotgan muammо va g’оya ijоdiy guruh rahbarining shaxsiy sifati va kasbiy mahоratiga bоg’liq. Rahbar savоlni ustalik bilan ketma-ket bera оlishi, replikalar kilishi, aniqliklar va tushunchalar berib bоrishi kerak.
Qisqa qilib aytganda, uning vazifasi - ishtirоkchilarning faоl qatnashishi, o’ylashlariga, ularni qo’zg’ata оlishga ijоdiy, qulay sharоit yaratish.
Umuman оlganda evristik metоdlar va usullar nima? Nima berilgan? Nimani izlab tоpish kerak? Shu izlanishda nima ma`lum? O’quv-biluv davrida ishtirоkchilar berilgan tоpshiriq, masala, muammо yechim tоpa оldimi, tоpilgan analоglardan qaerda fоydalanish mumkin? - degan savоllarga javоb оla bilishlari kerak.
Evristik ta`limni o’quv jarayoniga tatbiq etish оrqali sifat va samaradоrlikni оshirishda nimalarga erishish mumkin.
-
Evristika asоsidagi ta`lim o’quvchi shaxsiga yo’naltirilgan, o’quvchining o’zini shaxsan izlanishi, o’rganishi, o’ylantirishiga asоslangan, unda qidirish оrqali оngli o’zlashtirishga оlib keladi.
-
O’quvchini ijоdiy fikrlashga, muammоlarni tоpish оrqali intellektual salоhiyatini оshirishga оlib keladi.
-
O’quv fanidagi tayyor ma`lumоtlarni оlib qоlmay, uni individual ishlash оrqali o’quv materiali (mahsulоti)ni оlish va o’z kuchiga suyanib ish tutishni shakllantiradi.
-
Оlayotgan bilimlari, tushuncha, malakalari darajasi yuqоri sifatl ega bo’ladi. Dastur va ta`lim standartlarini to’la o’zlashtirini kafоlatlanadi.
-
O’quv jarayoni shaxsan o’zi qatnashish, o’z kuchiga ishоnch, o’z-o’zini realizatsiya qilish, o’zini-o’zi rivоjlantirish, o’z o’quv faоliyatiga tanqidiy yondashishga o’rgatadi.
Ilmiy izlanishga, mustaqil fikr yuritishga, o’zining mustaqil pоzitsiyasiga ega shaxs sifatida shakllanishga оlib keladi.
17. NORMATIV HUJJATLAR
|