Baholash shakli
|
Bitta savolga ajratilgan ball
|
Bitta savolga ajratilgan ball miqdorini belgilovchi talablar
|
Nazorat shakli va ballar yig`indisi
|
Test
|
|
Test nazorati o`tkazish uchun talabalarga 25-30-40-50 ta savoldan iborat bo’lgan, kamida 3 ta variyant (talaba soniga qarab) beriladi. Masalan, 1ta OB ga ajratilgan maksimal ball 15 ball bo’lsa, bunda maksimal ball (0,5x30=15 ball) 30 savol soniga bo`linib, bitta to`g`ri savolning balli topiladi, ya’ni 1-ta to`g`ri savolga 0,5 ball qo’yiladi. Shu asosda to`g`ri savollarning javoblari yig’ilib, o’zlashtirish ko’rsatkishi aniqlanadi.
Masalan: 1 savol 0,5 ball hisobida;
50 ta savol 25 ball,
40 ta savol 20 ball,
30 ta savol 15 ball,
20 ta savol 10 ball,
10 ta savol 5 ball,
2 ta savol 1 ball.
|
I- OB=15 ball
II- OB=20 ball
Umumiy mak.ball-35
1. Oraliq baholash
13-15-ball. A’lo,
(86-100 %).
11-12-ball. Yaxshi
(71-85 %).
9-10-ball. Qoniqarli,
(55-70 %)
|
Yozma ish
Yozma ish
uchun 4 tadan savol tuziladi va har bir savolga “0” balldan “5” ballgacha baholanadi.
|
5-ball
|
Talaba berilgan yozma ishdagi 4 ta savolning har birini mohiyatini tushunishi, bilishi, tasavvurga ega bo`lishi lozim. Uni ilmiy asoslagan holda ijodiy fikrlab, mustaqil mushohada yuritib, imloviy xatosiz yoritib berishi hamda shu sovollarda berilgan ma’lumotlarni taqqoslay olishi, xulosa va qarorlar chiqargan holda, amalda qo’llay bilihi kerak. Talaba 4 ta savolga ham shu mezon asosida javob bergan bo`lsa, yozma ishga maksimal 20 ball (4x5 ball) qo`yiladi. Talabaning fan bo`yicha o`zlashtirish korsatgichini nazorat qilishda quyidagi namunaviy mezonlar (keyingi o`rinlarda namunaviy mezonlar deb yuritiladi) tavsiya etiladi:
Bunda talabaning bilim darajasi qo`yidagilarga javob berishi lozim:
xulosa va qaror qabul qilish:
-
ijodiy fikrlay olish;
-
mustaqil mushohada yurita olish;
-
olgan bilimlarni amalda qo`llay olish;
-
mohiyatini tushunish;
-
bilish, aytib berish;
-
tasavvurga ega bo`lish.
|
II- OB=20 ball
2. Oraliq baholash
18-20-ball. A’lo,
(86-100 %).
15-17-ball. Yaxshi
(71-85 %).
12-14-ball. Qoniqarli,
(55-70 %)
|
4-ball
|
Talaba berilgan yozma ishdagi 4 ta savol to`g`risida bilim va tasavvurga ega bo`lishi lozim. Savolni mohiyatini tushgungan holda mustaqil mushohada yuritib, savol mazmunini yoritib berishi kerak. Berilgan ilmiy ma’lumotlarni o`zaro taqqoshga qiynaladi, xulosalar yakuniga yetmagan. Talaba 4 ta savolga ham shu mezon asosida javob bergan bo`lsa, yozma ishga 16 ball (4x4 ball) qo`yiladi. Bunda talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim;
-
mustaqil mushohada yurita olish;
-
olgan bilimlarini amalda qo`llay olish;
-
mohiyatini tushunish;
-
bilish, aytib berish;
-
tasavvurga ega bulish.
|
3-ball
|
Talaba yozma isdagi 4-ta savolni mohiyatini tushunishi, tasavvurga ega bo`lishi, qisman bilishi hisobga olinadi. Ilmiy ma’lumotlar qisman yozilgan, bu ma’lumotlar asosida mustaqil fikr va xulosalar yurita olmaydi.
Talaba 4 ta savolga ham shu mezon asosida javob bergan bo`lsa, yozma ishga 12 ball (4x3 ball)qo`yiladi. Bunda talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim;
-
mohiyatini tushunish;
-
bilish, aytib berish;
-
tasavvurga ega bo`lish.
|
2-ball
|
Talaba 4-ta savolning mohiyatini qisman tushunsa, ilmiy ma’lumotlarni yozishda xatoliklarga yo’l qo’ysa. Mustaqil fikr va xulosalar yoritilmagan bo’lsa, yozma ishga jami 8 ball (4x2 ball) qo`yiladi.
|
1-ball
|
Talaba 4-ta savolni mohiyatini tushunmasa, ilmiy ma’lumotlarni bayon etishda qupol xatoliklarga yo’l qo’yilsa, ma’lumotlar asosida mustaqil fikr yurita olmasa, yozma ishga jami 4 ball (4x1 ball) qo`yiladi.
|
0-ball
|
Talaba savol mazmunini tushunmaydi. Bilim va tasavvurga ega emas. Javob bera olmaydi. Talaba baholanmaydi. quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi 0-54 ball bilan baholanishi mumkin;
-
aniq tasavvurga ega bo`lmaslik;
-
bilmaslik.
|
Kollekvium
Nazoratning bu shaklida talabalar 4-5 ta mavzu yuzasidan ko`rgazmalar, gerbariylar, kolleksiyalar va texnika vositalari yordamida o`qituvchi tomonidan berilgan savollarlarga javob berishi talab etiladi.
|
5-ball
|
Nazoratning bu turida talabalar laboratoriya, amaliy mashg`ulot jarayonida berilgan topshiriqlar, uy vazifalari, mustaqil ta’lim topshiriqlarida belgilangan–vazifalar yuzasidan –referat, fanga oid sxemalar, chizmalar, rasmlar, plakatlar, kartochka savollarini tayyorlash va shu asosida tushuntirib berishlari kerak. Laboratoriya va amaliy mashg`ulotlarni bajarib ko`rsatishlari kerak. Berilgan topshiriqlar barchasi bajarilgan bo`lishi shart. Shu asosida erkin, mustaqil fikrlab, so`zlab berishi kerak. Bajargan ishlarini bir-biriga taqqoslay olishi, ahamiyatini yoritib bera olishi kerak. Amaliy topshiriq va laboratoriya mashg`ulotlarini tajribada o`qituvchi ishtirokisiz bajara olishi va mustaqil xulosalarni chiqara olishi lozim. Talaba 5 ta topshihiqqa shu mezon asosida javob bergan bo`lsa 15 ball (5x3 ball) qo`yiladi.
|
I-JB=15 ball
II- JB=20 ball
Umumiy mak.ball-35
1. Joriy baholash
13-15-ball
A’lo,
(86-100 %)
11-12--ball
Yaxshi
(71-85 %)
9-10-ball
Qoniqarli,
(55-70 %)
|
4 - ball
|
Berilgan topshiriqlarni yaxshi bajargan bolishi kerak. Taqqoslay oladi, mustaqil so`slab berishga harakat qiladi. Vazifalar yuzasidan –referat, fanga oid chizmalar, rasmlar va savollarni tushuntirib berishlari kerak. Laboratoriya va amaliy topshiriqlarni o`qituvchi yordamida bajaradi, xulosa chiqarishga qiynaladi.
|
3 -ball
|
Topshiriqlar qisman bajarilgan. Bajarilgan ishlar bo`yicha ma’lumotlarni qisman bayon qila oladi. Taqqoslay olmaydi. Vazifalar yuzasidan–fanga oid chizmalar, rasmlar, plakatlar, savollarni tushuntirib bera olmaydi. Laboratoriya va amaliy topshiriqlarni o`qituvchi ishtirokida, uning ko`rsatmasi orqali bajaradi, xulosalarni qayd eta olmaydi.
|
2 -ball
|
Topshiriqning mohiyatini qisman tushunsa, ilmiy ma’lumotlarni yozishda xatoliklarga yo’l qo’ysa. Mustaqil fikr va xulosalar yoritilmagan bo’lsa, yozma ishga jami 8 ball (4x2 ball) qo`yiladi.
|
1-ball
|
Tophsiriqlarni qisman bajargan, bajarilgan topshiriq bo`yicha so`zlab bera olmaydi. Tajribalarni bajara olmaydi.
|
0-ball
|
Talaba savol mazmunini tushunmaydi. Bilim va tasavvurga ega emas. Javob bera olmaydi.
|
Og`zaki
Og`zaki savol-jabob orqali nazorat olish uchun o`tilgan mavzular yuzasidan 50-100tagacha savollar ishtirokida 4 tadan savolli variantlar tuziladi. Variantdagi har bir savolga “0” balldan “5” ballgacha baholanadi.
|
5-ball
|
Oqituvchining fan yuzasidan tuzgan savolnomasidan har bir talaba uchun tayyorlangan savol variantlari tuzilishi kerak. Unda 3-4 gacha savol bo`lishi maqsadga muvofiqdir. Talaba og`zaki savollarning mohiyatini tushunishi, tasavvurga ega bo`lishi, bilishi bilan birgalikda savol mazmunini ilmiy ma’lumotlar asosida yoritib bera olishi kerak. Talabaning bayoni aniq, nutqi ravon, mustaqil fikrlab, izchillik bilan, ilmiy terminlarga ijodiy yondoshgan holda javob berishi kerak. Ma’lumotlarni taqqoslab aniq xulosalar chiqara olishi lozim. Talaba 4 ta og`zaki savolga ham shu mezon asosida javob bergan bo`lsa maksimal 20 ball (4x5 ball) qo`yiladi. Talabaning fan bo`yicha o`zlashtirish korsatgichini nazorat qilishda quyidagi namunaviy mezonlar (keyingi o`rinlarda namunaviy mezonlar deb yuritiladi) tavsiya etiladi:
Bunda talabaning bilim darajasi qo`yidagilarga javob berishi lozim:
xulosa va qaror qabul qilish:
-
ijodiy fikrlay olish;
-
mustaqil mushohada yurita olish;
-
olgan bilimlarni amalda qo`llay olish;
-
mohiyatini tushunish;
-
bilish, aytib berish;
-
tasavvurga ega bo`lish.
|
2. Joriy baholash
18-20-ball. A’lo,
(86-100 %)
15-17-ball. Yaxshi
(71-85 %)
12-14-ball. Qoniqarli,
(55-70 %)
|
4-ball
|
Og`zaki savollar yuzasidan tasavvurga ega bo`lishi, mohiyatini tushuna olishi, ilmiy ma’lumotlarni bilishi kerak. Mustaqil fikrlay oladi, lekin ma’lumotlarni taqqoslay olmaydi.materialni bayon qilishda izchillikka rioya qilmaydi. Xulosalari sayoz, savol mazmunini umumlashtirishga qiynaladi. Talaba 4 ta savolga ham shu mezon asosida javob bergan bo`lsa 16 ball (4x4 ball) qo`yiladi. 71-85 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim;
-
mustaqil mushohada yurita olish;
-
olgan bilimlarini amalda qo`llay olish;
-
mohiyatini tushunish;
-
bilish, aytib berish;
-
tasavvurga ega bulish.
|
3-ball
|
Talaba og`zaki savollar mohiyatinini tushunadi, tasavvurga ega, savolga javob berishda izchillikka rioya qilmaydi. Ilmiy ma’lumotlarni qisman biladi. Mustaqil mushohada yurita olmaydi. Savol mazmunini qisman bayon qilib beradi. Xulosa chiqara olmaydi. Ilmiy terminlarni izohlay olmaydi. Talaba 4 ta og`zaki savolga ham shu mezon asosida javob bergan bo`lsa 12 ball (4x3 ball)qo`yiladi. Bunda talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim;
-
mohiyatini tushunish;
-
bilish, aytib berish;
-
tasavvurga ega bo`lish.
|
2-ball
|
Talaba og`zaki savollar mohiyatini qisman tushinishi, tasavvurga ega bo’lmasligi, ilmiy ma’lumotlarni bayon etishda xatoliklarga yo’l qo’ygan .Mustaqil fikr va xulosalar yoritilmagan bo’lsa, jami 8 ball (4x2 ball)qo`yiladi.
|
1-ball
|
Talaba og`zaki savollar mohiyatini tushunmasa, ilmiy ma’lumotlarni bayon etishda qupol xatoliklarga yo’l qo’yilsa, ma’lumotlar asosida mustaqil fikr qisman yoritilgan bo’lsa, jami 4 ball (4x1 ball) qo`yiladi.
|
0-ball
|
Savol mazmunini tushunmaydi. Bilim va tasavvurga ega emas. Javob bera olmaydi. Talaba baholanmaydi. quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi 0-55 ball bilan baholanishi mumkin;
-
aniq tasavvurga ega bo`lmaslik;
-
bilmaslik.
|
Asos: O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi 26.08.2010 dagi 333- sonli “OTM da talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risidagi Nizomga o’zgartirirsh va qo’shimchalar kiritish haqida” buyrug’i asosida tuzildi.