|
Ionli birikmalarni suvda eritilganda issiqlik effekti komponentlari
|
bet | 50/91 | Sana | 26.11.2023 | Hajmi | 0,73 Mb. | | #105837 |
Bog'liq Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instit-fayllar.orgIonli birikmalarni suvda eritilganda issiqlik effekti komponentlari.
Eritilgan MX moddaning anionlarini gazsimon holatga o‘tkazish uchun AHeritilgan moddaning etarlicha katta energiyasi zarur.
MX(q) (g)+X (g)AHeritilgan modda^0
Shunday qilib, ionli birikmalarning erish issiqligi AHerit.moddaning ionlarga ayl. Va AHgidrat. Laming yig‘indisini ko‘rsatadi.
AHerish=AHerit.moddaning ionlarga ayl.+ AHgidrat.
Rasm 13.5 da uchta ionli birikmalarning suvda erish jarayonining entalpiyasi diagrammalari keltirilgan.
NaCl AHerishning kichkina musbat qiymatiga (3,9kDj/mol) ega, chunki uning kristall panjarasi energiyasi uning gidratatsiya energiyasidan birmuncha katta.
Moddalarning eruvchanligi eruvchi moddaning va erituvchining tabiatiga, shuningdek harorat bilan bosimga bog’liq bo’ladi. «Ayni moddaning ma'lum haroratda 100g erituvchida erib to‘yingan eritma hosil qiladigan massasi shu moddaning eruvchanligi deb ataladi».
Ba'zi moddalar eriganda issiqlik yutiladi yoki issiqlik ajraladi. «Bir mol modda eriganda yutiladigan yoki ajralib chiqadigan issiqlik miqdori shu moddaning erish issiqligi deb ataladi».
Suyuqlikning suyuqliklarda erishi ham turlicha bo’ladi, ba'zi suyuqliklar bir - birida cheksiz eriydi. Masalan: suv bilan spirt, suv bilan glitserin. Ba'zi suyuqliklar ma'lum chegaraga qadar eriydi.
Shunday suyuqliklar borki, bir - biri bilan amalda erimaydi. Masalan: suv, xloroform, suv bilan benzol.
Gazlarning eruvchanligi haroratiga bosimga, gazning tabiatiga va erituvchilarga bog’liq bo’ladi. Gazlarning suyuqliklarda eruvchanligi Genri qonuni bilan ifodalanadi.
«O’zgarmas haroratda ma'lum hajm suyuqlikda erigan gazning miqdori shu gazning bosimiga to’g’ri proporsional bo’ladi». Masalan: 1 atm bosimda 00C da 1l suvda 0,0654 g О2 erisa, o’sha haroratda 2 atm bosimda 0,1308 g О2 eriydi.
Endi gazlar aralashmasi eritilganda har qaysi gaz mustaqil ravishda eriydi, ya'ni bu gazning erishiga aralashmadagi boshqa gazlar hech qachon halal bermaydi. Erish gazning parsial bosimigagina bog’liq bo’ladi.
Genri Dalton qonuni.
Masalan: suv ustida havo bo’lsa, bu havo suvda eriydi, lekin havo tarkibadagi О2 va N2 ning eruvchanliklari havoning umumiy bosimiga emas, balki o’zlarining parsial bosimlariga bog’liq.
Gazlarning suyuqliklarda erishi harorat ortishi bilan kamayadi, chunki gazlarning suyuqliklarda erishi ko’pincha issiqlik chiqishi bilan boradi. Masalan, kislorod va oltingugurt (IV) oksidini 100 gr suvda harorat o’zgarishi bilan eruvchanligi o’zgaradi.
Gazlarning eruvchanligi ularning tabiatiga bog’liq bo’ladi, masalan: ba'zi bir gazlar (CO2 , NH3) suvda juda yaxshi erisa, ba'zi bir gazlar (O2, N2, CO) suvda yomon eriydi.
Gaz
|
00C
|
200C
|
400C
|
600C
|
Kislorod
|
0,0489
|
0,0155
|
0,0118
|
0,0102
|
oltingugurt (IV) oksidi
|
79,8
|
39,4
|
18,8
|
10,6
|
Suyuqliklarning suvda eruvchanligi birmchi navbatda ularning tabiatiga bog’liq bo’ladi. Ba'zi suyuqliklar suvda juda yaxshi cheksiz eriydi, o’z navbatida bu suyuqliklarda suv ham juda yaxshi eriydi. Bunday suyuqliklarga o’zaro cheksiz eriydigan suyuqliklar deyiladi. Masalan: etil spirt va suv sistemasida spirt suvda va suv spirtda o’zaro har qanday nisbatda eriydi.
Ba'zi suyuqliklar past haroratda ma'lum miqdorda erisa, yuqori haroratda o’zaro cheksiz eriydigan suyuqlikka o’tadi. Masalan: fenol - suv sistemasida harorat 00Cdan 660C gacha fenol suvda va suv fenolda ma'lum miqdorda erib, geterogen sistemani tashkil qilsa, harorat 660C dan oshganda ular o’zaro cheksiz eriydigan suyuqlikka o’tadi, ya'ni fenol suvda va o’z navbatida suv fenolda cheksiz har qanday nisbatda eriydi.
Ba'zi bir suyuqliklarning suvda eruvchanligi harorat ko’tarilishi bilan kamaysa, suvning bu suyuqliklarda erishi ortadi. Bunga efir-suv sistemasi misol bo’la oladi. Harorat ortishi bilan efirning suvda eruvchanligi kamaysa, suvning efirda eruvchanligi ortadi.
Qattiq moddalarning suvda eruvchanligi o’zgarmas bosimda ularning tabiatiga va haroratga bog’liq bo’ladi. Erish jarayoni ekzotermik bo’lsa, harorat ortganda modda eruvchanligi kamayadi va aksincha. Erish jarayoni endotermik bo’lsa, modda eruvchanligi ortadi. Qattiq moddalarning eruvchanligi kristall panjara (bog’lanish) energiyasiga ham bog’liq bo’ladi. Masalan:
Moddalar
|
Kristall panjara energiyasi KJ
|
Eruvchanligi 200 C da 100ml suyuqlik gr hisob.
|
KCl
|
690
|
34
|
KBr
|
690
|
65,5
|
KJ
|
665,2
|
144
|
Eritmalardagi erituvchining konsentratsiyasi toza erituvchiga qaraganda kichik bo’lgani uchun barobar haroratda erituvchi bilan eritmaning bug’ bosimlari orasida farq bo’ladi. Masalan: 150C da toza suvning bug’ bosimi 12,79 ml simob ustuni bosimiga teng, ammo150C da H2SO4 ning 50% eritmasi ustidagi bug’ bosimi 4,5 ml simob ustuni bosimiga teng.
Semiper гголЬв
mctecutes
SoKerrt mc4ecutee
|
| |