|
IV. Eritmalarning qaynash va muzlash haroratlari. Raulning ikkinchi (ebulioskopik va krioskopik) qonuni
|
bet | 52/91 | Sana | 26.11.2023 | Hajmi | 0,73 Mb. | | #105837 |
Bog'liq Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instit-fayllar.orgIV. Eritmalarning qaynash va muzlash haroratlari. Raulning ikkinchi (ebulioskopik va krioskopik) qonuni.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, eritmalarning qaynash va muzlash harorati toza erituvchinikiga qaraganda farq qiladi. «Eritmaning qaynash harorati bilan toza erituvchining qaynash harorati orasidagi farq eritma qaynash haroratining ko‘tarilishi deb ataladi». Eritma konsentratsiyasi katta bo’lsa, u shuncha yuqori haroratda qaynaydi. Toza erituvchining bug’ bosimi T10 da 760mm ga yetadi va shuning uchun u Ti0 da qaynaydi. Eritmaning bug‘ bosimi toza erituvchidan past bo‘lganligidan, uning bugi bosimini 760mm ga yetkazish uchun uni T20 gacha qizdirish kerak. Demak eritma T20 da qaynaydi. AT = T20 - T1 ni aniqlash borasidaolib borilgan tadqiqotlar Raulning ikkinchi qonuni shaklida yakunlandi. Bu qonunga muvofiq «Eritmaning qaynash harorating ko’tarilishi shu eritmada erigan moddaning molyal konsentratsiyasiga to’g’ri proporsionaldir» AT = ЕS, bu yerda S - molyal konsentratsiyasi, Е- erituvchining ebulioskopik kostantasi bo’lib, u 1000g erituvchida 1 mol modda eriganda hosil bo’lgan eritmaning qaynash harorati, erituvchining qaynash haroratiga qaraganda necha gradus ortiq ekanligini ko’rsatadi. Uning qiymati faqat erituvchiga bog’liq bo’lib erigan moddaga bog’liq emas. Har qaysi erituvchi uziga xos ebulioskopik konstantaga ega. Masalan: suv uchun Е= 0,5760 ga teng, benzol uchun Е= 2,570, etil efir uchun Е= 2,120 va hokazo.
Table 13.3 Mol al Builiiifi-Riint-Elevariorj and FTeezing-Poinc-Depresaiori Constant
Normal. BoiLing
Point (■■Ci
|
|
|
|
| |