63
vaqt talab qiladi. Assemlerda dasturni to‘g‘ri ishlaydigan holatga keltirish ham (rus
tilida – otladka programmы) juda ko‘p vaqt talab qiladi. Shunday ekan assemblerda
dasturlash nima uchun kerak - degan savol paydo bo‘ladi. Bunga asos qilib quyidagi
ikki sababni ko‘rsatish mumkin: assembler tilida tuzilgan dasturlar unumdorligining
yuqori bo‘lishi (rus tilida - vыsokaya proizvoditelьnostь programm)
va ularda
kompyuterning apparat vositalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qila olish
imkonining borligi. Yuqori malakaga ega bo‘lgan dasturchi, assembler tilida, yuqori
sath tilida tuzilgan dasturga nisbatan, ancha kam xotira egallaydigan va anchagina
tez ishlaydigan dasturlarni tuzishi mumkin. Ko‘p xollarda, yozilgan dasturning
kamroq xotirani egallashi va tez bajarila olishi mumkinligi
juda muhim ahamiyat
kasb etadi. Hozirda ko‘pgina o‘rnatiladigan amaliy dasturlar, masalan – smart-
kartalardagi va uyali telefonlardagi dasturlar, har-xil qurilmalarning drayverlari va
BIOSning muolajalari (rus tilida – protsedurы) ana shunday dasturlar sirasiga kiradi.
Assembler tilini o‘rganish bilan biz, kompyuterning
qanday ishlashini va
uning ichki tuzilishi, ya’ni
arxitekturasi qanday ekanligini mukammal o‘rganish
imkoniyatiga
ega bo‘lamiz.