67
P va Q
o‘zgaruvchilar qiymatlari joylarini o‘zaro,
makrossiz ikki marotaba
almashtirish quyidagicha amalga oshiriladi:
Ushbu ketma-ketlikni
SWAP
nomli
makros deb belgilasak,
P va Q
o‘zgaruvchilar qiymatlari joylarini o‘zaro, ikki marotaba almashtirish dasturini
quyidagicha yozish mumkin:
Makroslar –
makrosning nomi, makros tarkibiga kirgan buyruqlar va
makrosning
tugash joyini bildiruvchi
ENDM
, direktivasidan iborat bo‘ladi.
Quyidagi misollarda makroslarda ishtirok etadigan o‘zgaruvchilar har-xil bo‘lganda,
qanday yo‘l tutilishi ko‘rsatilgan. Bunday makroslar
parametrlarga
ega makroslar
deb ataladi.
68
Assembler tilida yozilgan dasturlarni mashina kodlariga o‘tkazish –
translyasiya qilish ikki o‘tishda
(rus tilida – proxod) amalga oshiriladi. Birinchi
o‘tishda dasturda ishtirok etadigan barcha simvollar ketma-ketliklariga – metkalar
va o‘zgaruvchilarning
nomlariga mos keladigan
simvollar jadvali
tuzib olinadi.
Simvollar jadvalini tuzish jarayonida, dastur bajarilayotgan
paytda metkalarga
to‘g‘ri keladigan asosiy xotira adreslarini aniqlab olish amalga oshiriladi. Dastur
bajarilayotgan paytda bu adreslar buyruqlar adresi sanagichiga -
ILCga
(Instruction
Location Counter
, rus tilida – schetchik adresov komand) yozib boriladi.
Quyida
keltirilgan misolda, izohlar yoziladigan qismining oxirigi qatorida aynan buyruqlar
adresi sanagichining qiymatlari ko‘rsatilgan. Ushbu qatordan chapda joylashgan
raqamlar
qatori esa, har bir buyruq asosiy xotiraning nechtadan baytini
egallayotganligi ko‘rsatilan.
Keltirilgan dastur uchun hosil qilingan simvolli nomlar jadvali.