Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti professional ta




Download 7.65 Mb.
bet10/11
Sana02.11.2022
Hajmi7.65 Mb.
#28766
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
15-mavzu
ФизЛБ1, работа123, FunMath4, 10-maruza, 965416ae292b71f29a22975a0379f48c, Salman Paper2
21-shakl19
Detalning xomaki tanasi uchta ko'rinishda chizib olinadi va uning belgilangan chiziqlar ko'rsatilgan joylari fikran qirqib olinadi. SHunda detalning o'rtasida tsilindrik teshik, to'rtta burchagi qirqib olingandan keyin esa, detalning ikki tomonida prizmatik bo'rtmalar hosil bo'ladi.
Misol. Detalning yarim silindrik bo'rtmasi shu o'lchamdagi yarim silindrik o'yiqqa almashtirilsin (22-shakl, a).

22-shakl
Detalning chap qismidagi yarim silindrik bo'rtmani uning o'ng qismidagi yarim silindrik o'yiqqa almashtirsa bo'ladi. Bu masalani ikkita variantda yechsa bo'ladi.
1. Yarim silindr butun tsilindr qilib chiziladi va berilgan yarim silindr qismi olib tashlanadi. (22-shakl,b).
2. Yarim silindrik bo'rtma detalning o'ng tomoni chegarasigacha fikran suriladi va yarim o'yiq silindrga almashtiriladi (22-shakl,c).20






XULOSA


Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, hozirgi zamon ishlab chiqarishida chizma alohida o‘rin tutadi. Chunki har kuni zavodlarimizda turli stanoklar, mashina va mexanizmlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari va ko‘plab boshqa narsalar tayyorlanadi. Ularni esa chizmalarsiz yasab bo‘lmaydi.


Chizma o‘ziga xos grafik, baynalminal (internatsional) til bo‘lib, texnika sohasida savodli har bir kishi uchun u qanday tilda gapirishidan qat’iy nazar, tushunarlidir.
Chizma, asosan, axborot (informatsiya) uzatishning grafik vositasi bo‘lib, u texnik g'oyani ifodalashning eng tushunarli vositasi hisoblanadi.
Chizmalar bir zavoddan ikkinchi zavodga, bir mamlakatdan boshqa mamlakatga yuboriladi.
Chizmani o'qiy oladigan har qanday ixtisosli mutaxassis ularni tushunadi, ularga qarab eng murakkab mashinaning tuzilishini o'rganadi. Shuning uchun texnika sohasida savodli bo‘lishni istagan har bir kishi chizmachilikni yaxshi bilishi va o‘zlashtirishi lozim. Biroq chizmalar faqat texnikadagina zarur bo‘lib qolmay, balki ko‘plab kasblardagi mutaxassislar uchun ham doimiy yo‘ldoshdir.
Chizmalarga qarab turar joy binolari, to'g'onlar, shaxtalar, elektr stansiyalari, temiryo‘l va avtomobil yo‘llari quriladi, kiyim-bosh, poyafzallar tikiladi, mebel yasaladi, shahar va qishloqlar ko'kalamzorlashtiriladi.
Texnikani o‘zlashtirish va uni rivojlantirish uchun malakali ishchi, muhandis, konstruktor va musavvir dizaynni ham, chizmani ham bajarishi va uni o‘qiy olishi kerak, chunki chizma atrofimizdagi, mavjud olamdagi buyumlarni o‘rganish vositalaridan biri hisoblanadi.
Shuning uchun ham texnika sohasida savodli bo‘lishni istagan har qanday inson chizmachilikni yaxshi bilishi lozim.



Download 7.65 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 7.65 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti professional ta

Download 7.65 Mb.