• Kurs ishining tarkibiy tuzilishi
  • Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti professional ta




    Download 7.65 Mb.
    bet2/11
    Sana02.11.2022
    Hajmi7.65 Mb.
    #28766
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    15-mavzu
    ФизЛБ1, работа123, FunMath4, 10-maruza, 965416ae292b71f29a22975a0379f48c, Salman Paper2
    Mavzuning maqsad va vazifalari: O'quvchilarning fazoviy tasavvurini shakllantirish va rivojlantirish chizmachilik fanining eng asosiy vazifalaridan biridir. Chunki uch o'lchamli fazodagi buyumlarni ikki o'lchamli tekislikda tasvirlash yoki berilgan tasvir orqali buyumning shakli-shamoyilini ko'z oldiga keltirish kishidan kuchli fazoviy tasavvurni talab qiladi. Fazoviy shakllarning tekislikda tasvirlash usullarini ishlab chiqish, ularni amalda tatbiq qilish nazariyasini rivojlantirish ko’nikmalarini shakllantirish mavzuning asosiy maqsadi hisoblanadi.
    Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Mazkur kurs ishi, kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.


    I BOB. CHIZMACHILIK FANI MAZMUNI VA RIVOJLANISH TARIXI


      1. Chizmachilik fanining amaliy ahamiyati va uning turmush texnikadagi qo’llanilishi


    Chizma - o'ziga xos grafik til, u baynalmilal (internatsional) til bo'lib, texnik jihatdan savodli har bir kishi uchun, u qanday tilda gapirishidan qat'iy nazar, tushunarlidir. Ko'pincha, chizmani axborot (informatsiya) uzatishning grafik vositasi deb ham atashadi, chunki u texnik g'oyani ifodalashning eng lo'nda va qulay vositasi hisoblanadi.
    Chizmalarni chizish va o'qish qoidalarini bilmay turib, xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarida yangi texnika yaratish va joriy qilish, mamlakatning fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish mumkin emas.
    Chizma bir korxona (zavod) dan ikkinchi korxonaga, bir mamlakatdan boshqa mamlakatga yuboriladi. Chizmani o'qiy oladigan har qanday ixtisosdagi kishi ularni tushunadi, ularga qarab eng murakkab mashinaning tuzilishini o'rganadi. Shuning uchun texnika sohasida savodli bo'lishni istagan har qanday shaxs chizmachilikni yaxshi bilishi lozim.
    Biroq, chizmalar faqat texnikadagina zarur bo'lib qolmay, insonning ko'p kasblari uchun ham doimiy yo'ldoshdir. Chizmalarga qarab turar joy binolari, to'g'onlar, shaxtalar, elektr stansiyalari, temir yo'llar va avtomobil yo'llari quradilar, kiyim- bosh, poyabzal tikadilar, mebel yasaydilar, shahar qishloqlarni ko'kalamzorlashtiradilar. Chizmalar murakkab tibbiyot texnikasini o'rganishda, maktabda fizika, matematika, geometriyani va boshqa fanlarni o'rganishda ham zarur hisoblanadi.3
    Texnikaviy chizmachilikning turlari. Texnik chizmalarni to'g'ri chizish usullari, shuningdek, chizma xo'jaligining barcha sohasini to'g'ri tashkil qilish haqidagi fan chizmachilik deyiladi. Chizmachilikda uchraydigan turli geometrik yasashlarni geometrik chizmachilikda, narsalarning tekislikdagi tasvirini, ya'ni proeksiyalarini yasash usullari proeksion chizmachilikda o'rganiladi.
    Xalq xo'jaligining tarmog'iga qarab, unda foydalaniladigan chizmalar har xil nom bilan yuritiladi. Mashinalar mexanizmlari, ularni tashkil qiluvchi tugunlar (uzellar) va detallar chizmalari mashinasozlik chizmalari deyiladi. Chizmachilikning mashinasozlik chizmalarini bajarish usullarini o'rgatadigan
    bo'limi mashinasozlik chizmachiligi bo'limi deyiladi. Bino, ko'prik, to'g'on, kanal va mudofaa inshootlarini qurishda ishlatiladigan chizmalar muhandislik-qurilish chizmalari deyiladi. Bu chizmalarni bajarish muhandislik-qurilish chizmachiligi bo'limida o'rgatiladi.
    Yer sirtini tasvirlash chizmalari topografik chizmalar deyiladi. Topografik chizmalardan ba'zi injenerlik inshootlarini loyihalashda va ularni berilgan ma'lum uchastkada to'g'ri joylashtirish maqsadida ham foydalaniladi. Elektr va radiotexnik chizmalar elektr va radio-elektron qurilmalarda foydalaniladi.
    Eramizdan oldingi 24-yilga mansub bo'lgan Misrdagi Vavilion haykalini ko'z oldimizga keltiramiz. Vavilion tizzasida saroy rejasi va uning masshtabi tasvirlangan.
    Tarixiy yodgorliklar, arxeologik qazilmalar shuni ko'rsatadiki, odamlar hali yozuv dunyoga kelmagan davrlardayoq atrofidagi turli buyumlarning tasvirini chiza boshlaganlar va o'zaro muloqotda tasvirlardan foydalanganlar. Ibtidoiy odamlar yaratgan qoyalardagi tasvirlar hozirgi to'g'ri burchakli (ortogonal) tasvirlarga o'xshab ketadi. Ko'pincha, mamont, bizon va boshqa hayvonlar yakka-yakka qilib tasvirlangan (1-shakl).
    Shu tariqa avvallari oddiyroq, keyinchalik esa undan murakkabroq bo'lgan inshoot va buyumlarning tasvirlarini chiza boshladilar. Dastavval rasmlarning roli ortib bordi, keyinchalik chizmalarning roli keskin oshdi. Chunonchi, inson ongi taraqqiy etgan sari fan-madaniyat shakllana bordi. Ishlab chiqarish, me'morchilik taraqqiy eta boshladi. Bular o'z o'rnida grafikaning asosiy turi hisoblangan chizmalarning mohiyatini orttira boshladi. Uy-joylar, qo'rg'onlar va boshqa inshootlarni qurish davrida birinchi chizmalar paydo bo'ldi.
    Dastlabki chizmalarda faqat bitta tasvir bo'lib, uni reja deb atashdi. Odatda, bu rejalar to'g'ridan to'g'ri qurilajak inshootlarning o'rniga, ya'ni yer sirtiga, haqiqiy kattaligi bilan bajarildi.
    Bunday chizmalarni bajarish uchun birinchi chizmachilik asboblari - yog'ochdan yasalgan sirkul-o'lchagich, arqondan yasalgan to'g'ri burchakli uchburchakliklar yaratilgan (2-shakl).4



    Download 7.65 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 7.65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti professional ta

    Download 7.65 Mb.