Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti professional ta




Download 7.65 Mb.
bet3/11
Sana02.11.2022
Hajmi7.65 Mb.
#28766
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
15-mavzu
ФизЛБ1, работа123, FunMath4, 10-maruza, 965416ae292b71f29a22975a0379f48c, Salman Paper2
1-shakl 2-shakl
O'rta Osiyoda chizmaning rivojlanish tarixi. Chizma atrofimizda mavjud olamdagi narsalarni o'rganish vositalaridan biri hisoblanadi. U uzoq taraqqiyot yo'lini bosib o'tdi. Grafik tasvirlar hozirgi ko'rinishni olgunga qadar minglab yillar o'tdi. Chizmalar insonning amaliy faoliyatida qal'a, shahar va boshqa qurilishlar bilan bog'liq bo'lgan. Dastlab chizmalar qurilish olib boriladigan yerning o'ziga chizilgan, keyinchalik ularni tosh va sopol plitalariga chizadigan bo'lishgan. Qadimgi Sharq mamlakatlari, shu jumladan, O'rta Osiyo shaharlaridagi noyob arxitektura (me'morchilik) yodgorliklarini, inshootlarini qadimgi me'morlar o'ziga xos chizmalardan foydalanib qurishgan.
O'zbekiston arxeologlari tomonidan Qo'ymozor va Oqtomda qazilmalar olib borilganda eramizdan oldingi II-I ming yilliklarga ta'luqli odamning olddan va yondan ko'rinishi tasviri topilgan. VI-VII asrga taalluqli kumush idishda binoning arxitekturaviy fasadi chizilgan. Abu Rayhon Beruniy ( 973-1048 ) shar ichida besh xil muntazam ko'pyoqliklar yasash mumkinligini chizmalar orqali isbotlab bergan (3-shakl). Bular noriy (to'rtyoqlik), arziy (oltiyoqlik), havoiy (sakkizyoqlik), falakiy (o'nikkiyoqlik). moiy (yigirmayoqlik) lardir.
O'rta Osiyoda chizmachilikka oid fazoviy tasavvurning mukammalligini Abu Rayhon Beruniy ,Jismlar ko'lami fazoda uch tomonga-birinchisi uzunlik, ikkinchisi kenglik, uchinchisi chuqurlik yoki balandlik bo'ylab yo'nalgan bo'ladi. Jismning mavhum cho'zilishi (proeksiyasi) emas, balki mavjud cho'zilishi (haqiqiy kattaligi) shu uch chiziq bilan aniqlanadi. Bu uch tomonning chiziqlari vositasida jism olti yoqqa ega bo'lib, shuncha yoqlari bilan u fazoda chegaralanadi. Bu olti yoqlar markazida bir jonivor turgan bo'lib, uning yuzi shu yoqlardan biriga qaragan deb xayol qilinsa, u yoqlar uning old, o'ng, chap va ost tomonlari bo'ladi" deb yozgan edi (4-shakl). Bu aynan zamonaviy proyeksiyalash usullarining o'zginasidir5
O'rta asrlarda O'rta Osiyoda fanning barcha sohalarida katta yutuqlar qo'lga kiritilgan. VII-XV asrlarda ko'p mutafakkir olimlarimiz turli fanlar sohasida chuqur ilmiy izlanishlar olib borishgan. Shuning uchun ham. ular butun dunyoga tanilganlar. Ularning asarlarida chizmalarni chizish asboblari jazvar (chizg'ich), juptak (reysfeder), mastura (lekalo), pargor yoki suvu (sirkul) lardan foydalanganlar, Chizmalarga handasa (geometriya), tarh (plan), tarz (fasad), reja jadvali (proeksiya yoki chizma) degan nomlar berishgan.
O'rta Osiyoda qurilgan arxitektura yodgorliklarida arka, o'ymakorlik ustunlari, har xil naqshlarni yasashdan oldin ularning chizmalarini chizgani ma’lum.


Download 7.65 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 7.65 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti professional ta

Download 7.65 Mb.