II BOB. DETALNING FAZOVIY HOLATINI O’ZGARTIRIB CHIZISH BOSQICHLARI




Download 7.65 Mb.
bet6/11
Sana02.11.2022
Hajmi7.65 Mb.
#28766
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
15-mavzu
ФизЛБ1, работа123, FunMath4, 10-maruza, 965416ae292b71f29a22975a0379f48c, Salman Paper2
8-shakl

II BOB. DETALNING FAZOVIY HOLATINI O’ZGARTIRIB CHIZISH BOSQICHLARI

2.1 Fazoviy tafakkur qilish orqali fazoviy tasavvurni o'stirish


Biror geometrik jism, masalan, kub to'g'risida gap borganda u qanday ko'rinishga ega, qanday elementlardan tuzilgan, chizmada u qanday tasvirlanadi kabi savollarga duch kelinadi. Shunday savollarga javob topish uchun fikrlash boshlanadi. Fikrlash jarayonida tafakkur yordamga keladi. Shunda kub yoqlari bir xil kvadratlardan tashkil topganligi va bu kvadratlar oltita ekanligi ayon bo'ladi hamda ushbu kubning yaqqol tasvirini chizishga urinib ko'riladi. So'ngra proyeksiyalarda tasvirlashga o'tiladi.

9-shakl


10-shakl

Shunday qilib, kub to'g'risidagi ma'lumotga ega bo'lish uchun oldin fazoviy tafakkurni ishga solib, fazoviy tasavvur qilishga ega bo'linadi. Endi kub bilan bog'liq bir nechta misollar yechib ko'riladi.11


H va V da o'zaro teng kvadratlar proyeksiyalari chizligan. W dagi proyeksiyasi orqali u qanday narsa ekanligini aniqlang (9-shakl). H va V ga 45° burchak ostida yotgan to'g'ri chiziq kesmasi
tasvirlangan (9-shakl, a); katetlari o'zaro teng uchburchak tasvirlangan (9-shakl, b);
Hva V dagilarga teng kvadrat tasvirlangan (9-shakl, d). Mulohaza yuritilsa, a shaki olinsa, to'g'ri to'rtburchakli tekislik; b shaki olinsa, yarimta kub va c shakl olinsa, to'liq kub tasvirlangan hisoblanadi.
H va V da proyeksiyalari bir xil kvadrat va o'rtasida uni teng ikkiga bo'luvchi chiziq chizilgan (10-shakl). Uning nimaligini aniqlang. 10-shakl, a. b, d. e. fva g lar orqali masala yechimi variantlarda ko'rsatilgan.
H va V dagi proyeksiyalari kvadrat va o'rtasida ikkitadan chiziq chizilgan (11-shakl). Uning nimaligini aniqlang. 11-shakl, a,
b. d. e. f. g. h va i lar orqali masala yechimi ko'rsatilgan.

11-shakl
Uchta teshik va kubning yaqqol tasviri berilgan (12-shakl, a). Kubni shunday loyihalangki, shu uchta teshikdan tig'iz o'tadigan detal hosil bo'lsin.12
Birinchi teshikning yuqorisida ariqcha o'yiq bo'lib, kubning yaqqol tasvirida unga mos ariqcha o'yiladi (12-shakl, b). Ikkinchi teshik kvadratligicha tasvirlangan. Uchinchi teshikning pastki qismida katetlari o'zaro teng to'g'ri burchak qirqilgan.
Xuddi shu burchakka teng kubning Wga parallel tomonida o'yiq qirqiladi (12-shakl, b).
Bitta sim bo'lagidan yasalgan modelning H va V dagi proyeksiylari berilgan (13-shakl). Uning uchinchi proyeksiyasi va yaqqol tasvirini bajaring.
Modelning berilgan ikkita proyeksiyasiga muvofiq uchinchi proyeksiyasini aniqlashdan avval, kubning simdan yasalgan yaqqol tasviri chizib olinadi. So'ngra kubning V ga perallel yog'iga V dagi tasvir tushiriladi. Simning proyeksiyalariga kubning qirralari deb qaraladi. Model bir butun sim bo'lagidan yasalganligi sababli kubning bitta qirrasida sim ikki marta takrorlanmasligi lozim. Yaqqol tasvir orqali modelning beshta varianti mumkinligi aniqlanmoqda (13-shakl, a, b, d,
e. f). Shunday fazoviy tafakkur qilish mashqlarini ko'proq takrorlashdan
so'ng talabalarda fazoviy tasavvur qilish qobiliyati rivojlanishi aniq. Mashqlar: A. Modelning berilgan ikkita proyeksiyasi bo'yicha uchinchi proyeksiyasini aniqlang va uning yaqqol tasvirini bajaring (13-shakl, a, b, d, e, fva g).13


Download 7.65 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 7.65 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB. DETALNING FAZOVIY HOLATINI O’ZGARTIRIB CHIZISH BOSQICHLARI

Download 7.65 Mb.