• Ish chizma haqida umumiy malumot
  • Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti professional ta




    Download 7.65 Mb.
    bet5/11
    Sana02.11.2022
    Hajmi7.65 Mb.
    #28766
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    15-mavzu
    ФизЛБ1, работа123, FunMath4, 10-maruza, 965416ae292b71f29a22975a0379f48c, Salman Paper2


    6-shakl

    detalning tashqi qiyofasi barcha ko'rinishlarda ingichka chiziqlarda chizib chiqiladi;


    -detalning ichki qiyofasi barcha ko'rinishlarda qirqimni hisobga olgan holda chizib chiqiladi;
    -zarur bo'lgan qirqim va kesimlar bajariladi;
    detalga kerakli barcha o'lchamlari qo'yib chiqiladi;
    ortiqcha chiziqlar o'chirilib, chizma chiziqlari ustidan yurgazib chiqiladi, ya'ni chizma taxt qilinadi; - asosiy yozuv yoziladi va chizma yana bir necha marta tekshirib chiqiladi.
    Ish chizma haqida umumiy ma'lumot. Ish chizmasi uning tasviri va tayyorlash hamda nazorat qilish uchun kerakli ma'lumotlardan iborat konstruktorlik hujjat hisoblanadi. Detalning ish chizmasi loyihalash hujjatida buyumning umumiy ko'rinish chizmasi bo'yicha tayyorlanadi. Agar loyihalash hujjatida buyumning umumiy ko'rinishli chizmasi bo'lmasa, u paytda detalning ish chizmasi buyumningyig'ish chizmasi bo'yichatayyorlanadi. O'quvjarayonida detalning ish chizmasi o'quvyig'ish chizma bo'yicha yoki detalning eskizi bo'yicha ya detalning asli yordamida tayyorlanadi.
    Ish chizmaga qo'yiladigan talablar. Detalning ish chizmasi uning shaklini tasavvur qilish uchun yetarli ko'rinish, qirqim va kesimlari hamda GOST talablariga muvofiq bajariladi.8
    Chizmada detal yuzalarining g'adir-budurlik belgilari va o'lchamlari yetarli bo'lishi kerak. Bulardan tashqari chizmada o'lchamlar, geometrik shakl va sirtlarning joylashishini chekli chetga chiqishlari, materiali haqida ma'lumotbo'lishi zarur.
    Ish chizmani eskizdan farqi shundaki, chizma chizmachilik asboblari yordamida va aniq bir masshtabda bajariladi. Chizma yuzida "asl nusxa" deb yozilgan bo'lsa, bunday chizma asi nusxa deb ataladi. Asl nusxadan har xil usullar bilan dublikat (hujjatning asli bilan teng huquqli nusxa) olinadi.

    7-shakl
    Detalni bir nechta va ko'p sonda ishlab chiqarish uchun dublikatdan har xil usullar bilan kerakligicha nusxa olinadi. Detalning ish chizmasi quyidagi tartibda bajariladi:
    detal shakli va o'lchamlari bilan tanishiladi;
    bosh ko'rinish va ko'rinishlar soni tanlanadi;
    chizma qog'ozi formati va detal chizmasining masshtabi tanlanadi;
    shartli belgilar qo'yiladi;
    o'lchamlar ko'rsatiladi;
    texnikaviy talablar rasmiylashtiriladi va asosiy yozuv to'ldiriladi. Detal ish chizmasining asosiy yozuvida tayyor detalning massasi kilogrammlarda ko'rsatiladi, lekin o'lcham birligi qo'yilmaydi. Detalning
    massasi m pV, bu yerda p-detal materialining zichligi, V-detalning hajmi.
    Metall kesuvchi stanokda tayyorlangan detalning ish chizmasi. 7-shaklda metall kesuvchi stanokda ko'p uchraydigan yo'nish operatsiyasi bilan to'liq ishlov berilgan asos (korpus)ning chizmasi berilgan. Chizma to'rtta tasvirdan iborat: frontal qirqim, A-A qirqim, chiqarilgan element va B-B kesim.
    Profil qirqim diametri 12 mm li teshikli va A tekislik bilan kesilgan qismning shaklini aniqlash uchun kerak. Chiqarilgan element I protochka (o'yiq) shaklini aniqroq bilish imkonini, B kesim esa B tekislik bilan kesil- gan qismning shaklini va o'lchamlarini aniqlash imkonini beradi.9
    Detal yuzalarining g'adir-budurligi tasvirlarda shartli belgilar bilan qayd qilingan. Qolgan yuzalarning g'adir-budurlik belgisi chizmaning o'ng yuqori burchagiga qavs oldida ko'rsatilgan. Quyib tayyorlangan detalning ish chizmasi. 8-shaklda cho'yandan quyilgan keyin metall kesuvchi stanokda ishlov berilgan asos chizmasi ko'rsatilgan.10
    Chizmada to'rtta tasvir bajarilgan: bosh ko'rinish (mahalliy qirqimi bilan), ustdan ko'rinish, profil qirqim, ostdan ko'rinish (A ko'rinish). Bundan tashqari detalning kesib olingan qismi shaklini ko'rsatish uchun kesim (B-B) bajarilgan. Yuzalarning kesishgan joylari yumaloqlangan (bu quyib tayyorlangan detalning o'ziga xos belgisi). Faqat metall kesuvchi stanokda ishlov bergan joylar yumaloqlanmaydi.
    Ishlov berilgan yuzalarning g'adir-budurliklari tegishli belgilar bilan qayd qilingan. Chizmaning o'ng yuqori burchagida ko'rsatilgan shartli belgi detalning stanokda ishlov berilmagan yuzalaming g'adir-budurligini ko'rsatadi.


    Download 7.65 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 7.65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti professional ta

    Download 7.65 Mb.