• 1.2. Detal eskizi va uning ish chizmasi
  • Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti professional ta




    Download 7.65 Mb.
    bet4/11
    Sana02.11.2022
    Hajmi7.65 Mb.
    #28766
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    15-mavzu
    ФизЛБ1, работа123, FunMath4, 10-maruza, 965416ae292b71f29a22975a0379f48c, Salman Paper2
    3-shakl



    4-shakl 5-shakl






    Masalan, Iroqi muqarnas kapitelli (ustunning yuqori qismi) ustunning chizmasini olsak, unda ustun fasad (olddan ko'rinish) da tasvirlangan bo'lib, uning shaklini ko'rsatish uchun chiqarilgan kesim ham berilgan (5-shakl).
    Chizmalar dunyoning ko'p joylarida qo'llanilgan va ular takomillashtirilib borilgan. Ko'pchilik mashhur rus ixtirochilari va injenerlari chizmalardan foydalanishgan.
    XVIII asr, XIX asrning birinchi yarmiga oid chizmalarda masshtab paydo bo'lgan. Ko'pchilik chizmalar turli ranglarda bo'yalgan, chizmalarda ma'lumotlar ko'paya borgan. Chizmani tayyorlash uchun ko'p vaqt sarflangan. Shuning uchun har xil shartlilik, yozuvlar va boshqalardan foydalanib, asta-sekin chizmalar soddalashtira boshlangan.6

    1.2. Detal eskizi va uning ish chizmasi


    Chizmachilik asboblari ishlatilmasdan va masshtabga rioya qilmasdan.
    buyumning nisbatlarini saqlangan holda ko'zda chamalab bajarilgan chizma eskiz hisoblanadi. Eskizlar detallarning ish chizmalarini tuzish uchun material bo'lib xizmat qiladi. Eskizlar, shuningdek, buyumlar va detallarni loyihalashda ularni ta'mirlashda qo'llaniladi. Eskizlar detalning o'ziga qarab ham tuziladi.
    Ishlab chiqarishda, ba'zi hollarda detalni shunday tez almashtirish zarur bo'ladiki, uning ish chizmasini chizmasdan, to'g'ridan to'g'ri eskiz bo'yicha detal yasaladi. Ish chizmasi bilan eskizning farqi shundaki, ish chizma ma'lum masshtabda chizish asboblari yordamida, eskiz esa ko'z bilan chamalangan holda qo'lda chiziladi, Mukammal bo'lmagan, ba'zi o'lchamlari tushib qolgan eskiz ish chizmasi tuzish yoki detal tayyorlash uchun yaroqsiz bo'ladi.
    Eskizda tasviming kattaligi detalning o'lchamiga, murakkabligiga va chizma qog'ozning bichimiga qarab chiziladi, hamma kerakli o'Ichamlari, belgilari, texnik talablari va boshqa ma'lumotlarni yozishga imkon bo'lishi lozim.
    Eskizlar, odatda, kataklangan yoki millimetrli qog'ozda chizilishi qulay hisoblanadi. Bunday qog'oz to'r chiziqlarining kesishgan joylarida teshiklarning markazlarini qulay belgilashga, ayrim ko'rinishlar orasidagi proyeksion bog'lanishni yetarli darajada aniq saqlash imkonini beradi. Asliga qarab detallarning eskizlarini chizishda ba'zi bir detallarda uchraydigan noaniqliklar, ya'ni detallarni tayyorlashdagi yuz bergan, masalan, devorlari qalinligining bir xilda emasligi va boshqalarga tuzatish kiritish lozim. Quyish yo'li bilan tayyorlangan detallarning eskizlarini chizishda quyish nishabligini, konuslik va radiuslarni ko'rsatish lozim.
    Eskizlarni quyidagi tartibda chizish tavsiya etiladi (6-shakl): eskiz chizish uchun detalga mos chizma bichimi tanlanadi va xoshiyasi, asosiy yozuv o'rni belgilab chiqiladi; -detalning tashqi va ichki qiyofasi yaxshi o'rganib chiqiladi va unga nisbatan boshqa ko'rinishlar soni aniqlab olinadi. Bosh ko'rinish o'rni va unga nisbatan boshqa ko'rinishlar joyi belgilab chiqiladi. Bosh ko'rinsh detal haqida to'laroq va yaqqol ta'surot berishi kerak. Bu yerda detalga qo'yiladigan o'lchamlarga joy qoldirilishi hisobga olinadi;7

    Download 7.65 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 7.65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti professional ta

    Download 7.65 Mb.