Tashkilotning mission, vision va strategiyasini belgilash




Download 266,19 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/18
Sana23.05.2024
Hajmi266,19 Kb.
#251630
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Новый документ (6)

2.2. Tashkilotning mission, vision va strategiyasini belgilash
Strategik rejani tuzish va uni amalga oshirish ko’plab tashkilotlar uchun juda
oddiy jarayonga o’xshaydi. Ular reja tuzib darhol uni bajarishga kirishadilar.
Natijada ayrim tashkilotlarning rejasi barbod bo’ladi. Reja muvaffaqiyatli
bajarilishi uchun uni baholash zarurdir. Ko’p mutaxassislar rahbarlarni strategik
reja tuzishda “oddiy qoidalar” yo’qdir. Murakkab tashkilotga oddiy modelni
qo’llash juda oson ko’rinadi, ammo, bu ham aldab qo’yishi mumkin. Hozirgi
keskin raqobat, tez o’zgaruvchan muhitning shunchaki harakatlar modelini
rejalashtirib, uni amalga oshirish bilan katta samaraga erishib bo’lmaydi.
Strategik rejalashtirish yuqoridan pastga tomon boruvchi jarayon bo’lib, u
rahbariyat tomonidan qo’llab-quvvatlanib, rag’batlantirib va baholab turilishi
zarur. Yuqori rahbariyat tomonidan e’tibor susaytirilsa jarayon sekinlashadi.
Strategik rejani tekshirish va qayta ko’rib chiqish lozimdir, shuning uchun uni
baholash kerak bo’ladi. Yirik tashkilotlarda maxsus korporativ rejalashtirish
bo’limi bo’ladi. U boshqa bo’limlarga maslahat (konsultatsiya) beradi va
savollarga javob beradi. Kichikroq tashkilotlarda katta menejerlar bu ishga,
vazifaga javobgar bo’ladi.Ishning maqsadi tashqi aloqalar boshlig’i tomonidan
tuzilib, yozilishi yoki jamoa a’zolariaro o’tkazilgan so’rovlar natijasi ularoq
qabul qilinadi. Korporatsiya ishlari boshqaruvchilar zimmasiga, bozorni
o’rganish va izlanishlar marketing bo’limi zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Strategik boshqaruvni o’rgatish. Bosh boshqaruvchilar birlashmaning hamma
maqsad va vazifalarini tuzib chiqadi. Lekin, bu ma’lumotlar asosiy rejani
tekshirish va qayta ko’rib chiqishdan hosil bo’lgan natijaga asoslanadi. Firma


uchun uning maqsad va vazifalarini biroz o’zgartirish qiyin ish emas. Masalan,
aloqa firmasi yakka tartibda mahsulot ishlab chikarishdan biznes muammolarini
saviyali yechishga o’tdi. Haqiqiy Fretwell-Downing kompaniyasi informatsion
texnologiyalar ishlab chiqarishda o’ta rivojlangan va shu sohada asosiy
g’oyalarini tubdan o’zgartirgan. Strategik reja birlashmaning strategik
maqsadlarga erishish uchun manbalarni ajratilishini nazorat qilib turadi.
Manbalar reja qismlariga va ustunliklariga asoslanib shakllanadi. Asosiy reja
maqsad va ustunliklarni amalda qo’llash bilan bog’liq.
Strategik rejaning maqsadga mosligini qayta ko’rib chiqilishi mumkin hamda
o’zgaruvchan muhitga mos holda almashtirilishi yoki moslashtirilishi mumkin.
Sababi tashkilot o’sha o’zgaruvchan muhitda faoliyat ko’rsatadi. Strategiyalarni
ishlab chiquvchi menejerlar biznes maqsadlari va vazifalariga tushunishlari
kerak. Chunki, bozorlarda yangi iste’molchilar yoki yangi ehtiyojlar, potentsial
iste’molchilar paydo bo’lishi mumkin. Shuningdek, marketing maqsadlari
mavjud imkoniyatlarni yoki xatoliklarni aniqlash uchun qayta ko’rib chiqish
maqsadga muvofiq bo’ladi. Korxona strategik rejasini ishlab chiqish va amalga
oshirish jarayoni – strategik rejani shakllantirish va amalga oshirishning
ketma-ket bosqichlari tizimi hisoblanadi. Strategiyani shakllantirish jarayoni
metodologiyasiga maxsus adabiyotlarda bir qancha yondashuvlar keltirilgan.
Bunday yondashuv doirasida strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish
jarayoni bir-biridan mantiqan to’g’ri keladigan oltita o’zaro bog’liq boshqaruv
jarayonining dinamik majmui sifatida qaraladi. Shu bilan birga, barqaror qaytar
aloqa va har bir jarayonning boshqa jarayonlarga ta’siri mavjuddir.
O’rganilayotgan jarayon o’z ichiga: korxona, tashkilot missiyasining ta’rifi;
korxona, tashkilot faoliyatining maqsad va vazifalarini shakllantirish; tashqi
muhitni tahlil qilish va baholash; korxona ichki tuzilishini tahlil qilish va
baholash; muqobil strategiyalarni ishlab chiqish va tahlil qilish; strategiyani
tanlash; strategiyani amalga oshirish; strategiyaning bajarilishini nazorat qilish
va baholashni oladi.
Tashkilotning mission, vision va strategiyasini belgilash jarayonida
yetakchining roli juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi yetakchilik
funksiyalari quyidagicha bo'lishi mumkin:
Tashkilotning mission (maqsad)ini aniqlab berish:

Tashkilotning mavjud bo'lish sababi, faoliyatining asosiy yo'nalishi va
qiymatlarini aniqlaydi.

Xodimlar va tashqi manfaatdor tomonlarni tashkilotning asosiy
maqsadiga yo'naltiradi.


Tashkilotning vishion (istiqbolli ko'rinishi)ni shakllantirish:

Tashkilotning kelajakdagi yetakchi mavqei, xususiyatlari va erishishi
lozim bo'lgan yutuqlarni aniqlaydi.

Xodimlarni ruhlantirib, ularga ilhom beradi.
Tashkilotning strategiyasini ishlab chiqish:

Tashkilotning mavjud holatini tahlil qiladi va kelajakdagi maqsadlarga
erishish yillarini aniqlaydi.

Strategik maqsadlarni aniq va o'lchanadiigan qilib belgilaydi.

Strategiyani amalga oshirish uchun zarur bo'lgan resurslar, harakatlar va
vaqt chegaralarini belgilaydi.
Tashkilotning strategik mavqeini mustahkamlash:

Tashkilotning bozordagi raqobatbardoshligini va innovatsion qobiliyatini
oshirish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Tashkilotning brendi, imijini mustahkamlash yo'llarini belgilaydi.
Strategik o'zgarishlarni boshqarish:

Tashkilotda sodir bo'ladigan o'zgarishlarga moslashish va ularni
muvaffaqiyatli amalga oshirish jarayonini tashkilllashtiradi.

Xodimlarni
o'zgarishlar
uchun
tayyorlaydi
va
ularning
qo'llab-quvvatlanishini ta'minlaydi.
Xulosa qilib aytganda, yetakchi tashkilotning mission, vision va strategiyasini
aniq belgilash va ularni muvaffaqiyatli amalga oshirish jarayonini
tashkilllashtirish, boshqarish va nazorat qilish funksiyasini bajaradi. Bu esa
tashkilotning
rivojlanish
va raqobatbardoshligini ta'minlashda muhim
ahamiyatga ega.

Download 266,19 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 266,19 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Tashkilotning mission, vision va strategiyasini belgilash

Download 266,19 Kb.
Pdf ko'rish