Uzoq muddatli rejalar tuzish va ularni amalga oshirish




Download 266,19 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/18
Sana23.05.2024
Hajmi266,19 Kb.
#251630
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Новый документ (6)

2.3.Uzoq muddatli rejalar tuzish va ularni amalga oshirish
Korxona va firmalar faoliyatini strategik boshqarishda resurslar, yer, mehnat,
kapital va tadbirkorlik qobiliyati kabi ishlab chiqarish omillari asosiy o’rin
tutadi. Strategik boshqaruvni amalga oshirishda uni qanday iqtisodiy muhit
sharoitida vujudga kelganligini nazarda tutish kerak bo’ladi. Jamiyatdagi barcha
ishlab chiqarish resurslarini xususiy mulk egalarining qarori va mablag’i
evaziga amalga oshirilishi boshqaruv maktablaridagi aksariyat klassik
manbalarda ilgari surilgan bo’lsa, hozirda unga tom ma’noda qarash mumkin.
Chunki jamiyat miqyosida ushbu muammolarni davlat tomonidan tartibga
solinishini nazarda tutadi. Shu nuqtai-nazardan, bevosita firma va davlat
o’rtasida biznesning kelgusi rivoji va istiqboli xususida ham tegishli


munosabatlar vujudga keladi. Biznes strategiyasining shakllanishida esa
iqtisodiy erkinlikning kengayishi va davlat tomonidan cheklanishlar, imtiyozlar
va imkoniyatlarning vujudga kelishi yetakchi ahamiyat kasb etadi. Demak,
strategiya - murakkab tashkilotning mutanosib va o’sish yo’nalishlarini
belgilovchi sistemali yondoshish uslublari yig’indisi shaklida namoyon bo’ladi.
Strategiyalar kompaniyaning ichki salohiyatini rivojlantirish, uning bozor
muvaffaqiyatini ta’minlovchi omillarini mustahkamlashga qaratilgan. Bozor
muhiti omillarining turli kombinatsiyalari va kompaniyaning tashkiliy omillari
strategik rivojlanishning ko’plab mumkin bo’lgan variantlarini yaratadi.
Kompaniya rahbariyatining vazifasi innovatsiyalarga asoslangan mahsulotni
ishlab chiqish strategiyasini ishlab chiqish, kompaniya muvaffaqiyatini
ta’minlovchi barqaror raqobat ustunliklarini yaratishdan iboratdir. Shuni yoddan
chiqarmaslik kerakki, strategiya turlarining miqdoriy o’sishi boshqaruv
qarorlarini qabul qilishda murakkablashuvga ham olib kelishi mumkin.
Strategik reja tashkilotning biznes maqsadlari va ularning mavjud resurslarini
mosligini ta’minlaydi. Tashkilotda kelishilgan maqsadlar uchun resurslarning
ishlatilishini ta’minlaydi va bu kelishuvlar resurslarning ishlatilishida
ustuvorliklarini aniqlaydi. Har bir tashkilot muvaffaqiyatga erishishi uchun o’z
oldiga qo’ygan maqsadlariga yetish uchun ayrim savollarga javob topishi lozim
bo’ladi.
Tashkilotlar uzoq muddatli rejalarni tuzish va ularni muvaffaqiyatli amalga
oshirish jarayonida yetakchining roli juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu
boradagi yetakchilik funksiyalari quyidagicha bo'lishi mumkin:
Uzoq muddatli rejalarni ishlab chiqish:

Tashkilotning uzluksiz rivojlanishi va strategik maqsadlariga erishish
uchun uzoq muddatli rejalash jarayonini boshqaradi.

Rejalarni tuzishda xodimlarning fikr-mulohazalarini hisobga oladi.

Rejalarda innovatsion yechimlar va texnologiyalardan foydalanish
yo'llarini ifodalaydi.
Resurslarni samarali taqsimlash:

Tashkilotning moliyaviy, moddiy, mehnat va boshqa resurslarini uzoq
muddatli rejalarni amalga oshirishga yo'naltiradi.

Resurslardan oqilona va samarali foydalanish choralarini ko'radi.
Ijrochi jamoani tashkil etish:

Uzoq muddatli rejalarda belgilangan vazifalarni bajaradigan ijrochi
jamoani shakllantiradi.

Jamoaning faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularni qo'llab-quvvatlaydi.


Tashqi aloqalarni mustahkamlash:

Tashkilotning tashqi manfaatdor tomonlar bilan hamkorligini yaxshilaydi.

Tashqi manbalardan qo'shimcha resurslar jalb qilish yillarini ochib beradi.
O'zgarishlarni boshqarish:

Tashkilotning uzoq muddatli rivojlanishida sodir bo'ladigan o'zgarishlarga
moslashish va ularni boshqarish jarayonini tashkillaydi.

Xodimlarni o'zgarishlar uchun tayyorlaydi va rag'batlantiradi.
Xulosa qilib aytganda, yetakchi tashkilotning uzoq muddatli rejalarini samarali
amalga oshirish uchun zarur bo'lgan barcha jarayonlarni tashkillaydi,
muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. Bu esa tashkilotning rivojlanishida muhim
ahamiyatga ega.

Download 266,19 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 266,19 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Uzoq muddatli rejalar tuzish va ularni amalga oshirish

Download 266,19 Kb.
Pdf ko'rish