3.2. Muzokaralar, jismoniy aloqalar va ommaviy kommunikatsiya
Bugungi kunda axborot texnologiyalari faqat fan va texnika yangiligi
doirasidan chiqib, oddiy iqtisodiy taraqqiyotning muhim omiliga ham aylandi.
Shu bilan birga axborot mahsulotlari va xizmatlarini ularni kelgusida sot ish
uchun ishlab chiqish - ish lab chiqarishning mustaqil tarmog'iga aylandi. Inson
yashayotgan olam turli moddiy va nomoddiy obyektlardan, shuningdek,
aloqalar va ular o'rtasidagi o'zaro harakatlardan tashkil topgan. Sezgi organlari,
uskunalar va shu kabilar yordamida qayd etiladigan voqelik (fakt)lar ma
'Iumotlar deb ataladi va aniq vazifalarni hal qilishda ular axborotlarga aylanadi.
Vazifani hal qilish natijasida yangi bilimlar - tizimlashtirilgan, qonunlar,
nazariyalar va qarashlar hamda tushunchalarning boshqa yig'indisi ko'rinishida
umumlashtirilgan haqiqiy yoki sinovdan o'tgan ma'lumotlar paydo bo'ladi.
Kelgusida bu bilimlarning o'zi boshqa vazifani hal qilish yoki oldingilarini
aniqlashtirish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar tarkibiga kiradi. Ma'lumotlarni
axborotga aylantirish ularning iste'molchisi (foydalanuvchisi) tomonidan o'z
axborot modeli asosida amalga oshiriladi. Bularning barchasini amalga
oshirishda marketing organlari asosiy rol o'ynaydi. Ma'lumotlar ularning
bo'lg'usi iste'molchisi tomonidan (masalan, tadqiqotchi tomonidan ilmiy
eksperimentlar o'tkazishda) axborotga aylantirilganda ishlab chiqaruvchi va
iste'molchining axborot modellari tabiiy ravishda bir-biriga mos keladi. Agar
ma'lumotlar tovar sifatida namoyon bo'lsa, u holda iste'molchi axborot
mahsulotlari, ya'ni ma'lumotlarni ishlab chiqaruvchi tomonidan kelgusida
tarqatish uchun shakllantirilgan ma'lumotlar yig'indisiga duch keladi. Axborot
mahsuloti tuzilishi yoki unda ma'lumotlarni taqdim etish shakli uni ishlab
chiqaruvchining qandaydir bir axborot modelini o'z ichiga 253 olgan bo'ladi va
u ta'rifan foydalanuvchining axborot modelidan farq qiladi. Tabiiyki, tijorat
mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar o'z modellarida iste'molchilarning modelini
ham hisobga olishga harakat qiladi. Shu bilan birga, ishlab chiqaruvchilar va
foydalanuvchilarning axborot modeli hech qachon to'laligicha bir-biriga to'g'ri
kelishi mumkin emas.
Chunki: a) foydalanuvchilar ko'pincha o'zlariga qanday axborot kerakligi
to'g'risidagi ancha noaniq tasavvurlarini yaqqol axborot modeliga joylashtira
olmaydilar. Bu esa mazkur tushunchalarni mahsulot konsepsiyasida hisobga
olishga to'sqinlik qiladi; b) agar hatto bunday modellar qandaydir darajada bor
bo'lsada, birinchidan ishlab chiqaruvchi ular haqida bilmasligi yoki ularni
noto'g'ri qabul qilishi, ikkinchidan turli foydalanuvchilarda bu modellar
bir-biriga mos kelmasligi va shu bilan foydalanuvchining abstrakt axborot
modelini tuzishni umuman qiyin, ba 'zan esa amaliy ahamiyatsiz masalaga
aylantirishi mumkin. Ma'lumotlar olish va ularni qayta ishlash jarayonini
foydalanuvchilar uchun qanday qilib qulaylashtirish masalasi zamonaviy
axborot texnologiyalari paydo bo'lguniga qadar ancha oldin yuzaga kelgan edi.
Masalan, qog'oz manbalarida axborot ishlab chiqaruvchilar (kitoblar, jurnallar
va boshqa manbalar mualliflari va nashr etuvchilar) axborot qidirishni
materialni qulaylashtirib berish, predmet va nomli ko'rsatkichlar tashkil etish
yili bilan osonlashtirishga xizmat qilganlar. Shu maqsadda metama'lumotlar,
ya'ni «ma'lumotlar haqida ma'lumotlaf» ko'plab chop etilgan. Yangi axborot
texnologiyalari paydo bo'lishi bilan ma'lumotlar izlash va ularni qayta ishlash
imkoniyatlar tom ma'noda cheksiz kengaydi. Ensiklopediyalarning elektron
variantlari, axborot tizimlarining elektron variantlari va shu kabilar keng
qo'llanilmoqda. Marketing axborot xizmati keng ma'noda foydalanuvchiga
axborot mahsulotlarini taqdim etishdan iborat. Tor ma'noda axborot xizmatlari
deganda yangi axborot texnologiyalari yordamida olinadigan xizmatlar
tushuniladi. Marketingning muhim vazifalaridan biri - iste'molchilarni yangi
axborot texnologiyalariga ehtiyojini shak11antirish va rivojlantirishdir. Bu
vazifalarni to'g'ri va to'/iq bajarish yangi axborot mahsulotlariga 254 l' bo'lgan
talabni kengaytirdi, ma'lumotlami individuallashtirishga, uning alohida
foydalanuvchilar individual ehtiyojlariga yaqinlashishga va shu bilan ishlab
chiqaruvchilar va foydalanuvchilar axborot modellarining yaqinlashuviga
kO'maklashadi. Bundan tashqari, foydalanuvchi butun axborot mahsulotiga ega
bo'lishi shart emas. Bu esa boshqa teng sharoitlarda real olingan axborotni
ancha arzonlashtiradi. Shu bilan birga, axborot marketing xizmati axborot
mahsulotisiz mavjud bo'la olmaydi. Lekin, axborot mahsuloti ham marketingga
tegishli axborot xizmatlarisiz o'z ma'nosini yo'qotadi. Mohiyatan, mavjud
xizmatga biror xizmatni havola qilish foydalanuvchi uchun ma'lumotlami
taqdim etish shaklining o'zgarishiga olib keladi. Bu esa, o'z navbatida, aynan
oldingilaridagi
ma'lumotni
o'z
ichiga
olgan
bo'lishiga
qaramay,
axborotlashganlikning boshqa darajasiga ega bo'lgan yangi mahsulot paydo
bo'lishini keltirib chiqaradi.
Biznes muzokaralar, jismoniy aloqalar va ommaviy kommunikatsiya samarali
biznes kommunikatsiyaning asosiy yo'nalishlaridir. Quyida ularning asosiy
xususiyatlari va ulardan samarali foydalanish yo'llari yoritilgan:
Biznes muzokaralar:
●
O'zaro manfaatli kelishuv va shartnomalarni tuzish uchun asosiy
vositadir.
●
Unda taraf manfaatlari, maqsadlar va pozitsiyalarni aniqlash, fikr
almashish va kelishuvga erishish muhim.
●
Muzokaraning samaradorligini oshirish uchun tayyorgarlik ko'rish, aktiv
eshitish, takliflarni baholash va kompromissa kelish qobiliyatlarini
rivojlantirish lozim.
Jismoniy aloqalar:
●
Xodimlar, mijozlar, hamkorlar bilan bevosita muloqot qilish imkonini
beradi.
●
Jismoniy aloqalar ishonch, ijobiy munosabatlar va hamkorlikni
rivojlantirish uchun muhim.
●
Unda yuz ifodasi, ko'z kontakti, qo'l siqish, joylashish kabi noverbal
komponentlarni tegishli tarzda qo'llash muhim.
Ommaviy kommunikatsiya:
●
Tashkilotning tashqi manfaatdor tomonlarga, keng jamoatchilikka axborot
yetkazish vositasidir.
●
Reklama, PR, brend, imij va nufuz bilan bog'liq tadbirlarni o'z ichiga
oladi.
●
Ommaviy kommunikatsiya kanallaridan (ommaviy axborot vositalari,
raqamli platforma va boshqalar) samarali foydalanish, xabarlar mazmun
va shakllantirish muhim.
Bu uchala yo'nalish umumiy maqsad - samarali biznes kommunikatsiya uchun
o'zaro uzviy ravishda ishlaydi:
●
Muzokaralar orqali manfaatdor tomonlar bilan kelishuv va hamkorlikni
rivojlantirish;
●
Jismoniy aloqalar orqali mijoz va hamkorlar bilan yaqin munosabatlarni
shakllantirish;
●
Ommaviy kommunikatsiya orqali tashkilotning obro'si va nufuzini
mustahkamlash.
Ushbu yo'nalishlardagi ko'nikmalarni rivojlantirish tashkilotning bozordagi
mavqeini mustahkamlashda, mijozlar bilan samarali munosabatlarni o'rnatishda,
hamkorlik aloqalarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
|