kompleks mexanizatsiyalash asosini tashkil qiladi. Konning qazib olish tizimi va
karyem ing kompleks mexanizatsiyalanishi o ’zaro bog’liq.
Qazib olish tizimi elementlarining о ’Ichamlari
(pog’onalar balandligi, ishchi
va ishchi bo ’lmagan maydonlar kengligi, ishlar fronti uzunligi, ishlar frontining
siljish tezligi, panellar o ’lchamlari va boshqalar) uskunalar majmuasi
parametrlari bilan bog’liq. Shu sababli ular bir bo’lgan ochish va qazib olish va
uskunalar majmuasining texnologik ko’rsatkichlari bilan birgalikda ko’rilishi
kerak. Bu texnologiya va kompleks mexanizatsiyalashning birligini ta’minlash
maqsadida akad. V.V.Rjevskiy tomonidan ochish va qazib olish texnologik
komplekslariga uskunalar va texnologik echinmalar birligi tushunchasi kiritilgan
(birinchi o ’rinda qazib olish tizimi va ularning parametrlari bo’yicha), ular
o ’zaro belgalangan hajmlarda kon ishlarining xavfsiz, katta unumli va iqtisodiy
bajarilishini ta’minlaydi.Kon ishlarining texnologik majmualari qo’llaniladigan
uskunalar majmuasi bilan farq qiladi, ularning variantlari esa - kon
uskunasining turi va parametrlari bilan farq qiladi, shuningdek uskunalaming
texnologik o ’matilish variantlari bilan ham farq qiladi. bir turdagi uskunalarda
texnologik majmualar karyer ishchi maydoniga ko’ra rejada va chuqurlikda
turlicha joylashishi mumkin. Bu o ’rinda faqatgina ochish va qazib olish
ishlarining texnologik o ’lchamlari o’zgaradi. Bunday turdagi texnologik
majmualar ekskavastiya sxemasi deb ataladi.
8 .2 . QAZIB OLISH TIZIM I ELEMENTLARI VA ULARNING O LCHAMLARI
Q azib olish tizimi elementlariga pog’ona, pog’ona ishlar fronti, karyer ishlar
fronti, karyeming ishchi maydoni, ishchi maydonchalar, transport va xavfsizlik
bermalari kiradi.