.2 .  OCHIQ USULDA QA7.IM OLISHNING O'ZIGA HOSLIKLARI VA




Download 8,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/139
Sana16.02.2024
Hajmi8,39 Mb.
#157908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139
Bog'liq
ochiq kon ishlari texnologiyasi mexanizatsiyasi va kon ishlarini

1 .2 . 
OCHIQ USULDA QA7.IM OLISHNING O'ZIGA HOSLIKLARI VA 
TEXNIK-IQTISODIY KO’RSATKICHLARI.
Ochiq usulda qazib olish yyer osti usuliga qaraganda quyidagi o ’ziga xos 
xususiyatlari bilan xarakterlanadi:
• ko ’mir va ruda karyerlarida foydali qazilmani qazib olishga sarflanadigan 
umumiy harajatning asosiy qismini tashkil etuvchi katta hajmdagi 
qoplovchi tog’ jinslarini karyerdan chiqarish (yoki unining chegarasida 
joylashtirish) ning zaruratiyligi bilan;
• qatlam lam i qazib olishning aniq ketma-ketligiga (tog’ jinsining quyi 
qatlamini qazib olish faqatgina yuqorida joylashgan qatlamdan vaqt 
b o ’yicha bir qancha ortda qolish bilangina boshlash mumkin) rioya 
etishning zaruratiyligi bilan;
• amalda, ancha yuqori texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlami ta’minlash 
qobiliyatiga ega bo’lgan, yuqori unumdorli, yirik o ’lchamli kon transport 
uskunalarini qo ’llash va yaratishning chegaralanmagan imkoniyatlarining 
mavjudligi bilan.
Yyer osti usuli bilan solishtirganda ochiq usulda qazib olishning afzalliklari 
quyidagilardan 
iborat: 
kon 
ishlarini 
kompleks 
mexanizatsiyalash 
va 
avtom atlashtirishning yuqori darajadaligi, ishlab chiqarish unumdorligining 
ancha (3-5 marotaba) yuqoriligi va mahsulot tannarxining kamligi, ancha 
xavfsiz va gigienik ish sharoitlari, foydali qazilmani to ’liq qazib olinishi, kam 
solishtirma xarajatlar. Ochiq kon ishlarining kamchiliklari: ob havo sharoitlariga 
bog’liqligi, katta yer maydonlarining egallanib olinishi va yer qa’ri suv 
balansining buzilishi.
Foydali qazilm a konlarini ochiq usulda qazib olish uchun xarakterli tomoni 
faqatgina kelgusida foydali qazilmani qazib olishning umumiy hajmidan uning 
ulushining oshishi emas, balki, ishlab chiqarish unumdorligi kon massasi


b o ’yicha yiliga 100-150 mln.t va chuqurligi 500 m va undan chuqur b o ’lgan 
quvvatli karyerlam i qurilishi hisoblanadi. Bunday karyerlarni qurilishi uchun 
kapital xarajatlar va uning butun qurilish m obaynida kon massasini qazib olish 
ancha kattadir. Shuning uchun, yangi karyerlam i qurish va mavjud karyerlami 
rekonstruksiya qilish iqtisodiy jihatdan asoslangan bo ’lishi lozim. Qabul 
qilingan echim lam ing iqtisodiy jihatdan asoslanganligi yildan yilga o ’sib 
bormoqda.
O chiq kon ishlarining iqtisodiy sam aradorligining darajasi karyeming foydali 
qazilm a v a qoplovchi to g ’ jinsi b o ’yicha yillik ishlab chiqarish unumdorligi, 
foydali qazilm aning joylashish sharoiti, qazib olinadigan tog’ jinsining fizik- 
texnik xarakteristikasi, qazib olish rayonining iqlimi bilan aniqlanadi. Ochiq kon 
ishlarining iqtisodiy samaradorligini baholash uchun foydali qazilma b o ’yicha 
ishchining oylik m ehnat unumdorligi, lm 3 qoplovchi to g ’ jinsiga sarflanadigan 
xarajat, foydali qazilm a tannarxi, lm 3 (t) foydali qazilmaga sarflanadigan kapital 
xarajat, 
yillik foyda va karyem ing 
rentabelligi 
kabi 
texnik-iqtisodiy 
k o ’rsatkichlar q o ’llaniladi.
Ishchining foydali qazilma b o ’yicha karyerlardagi oylik mehnat unumdorligi 
mexnazastiyalash, tashkil etish va energiya bilan ta ’minlanganlikning umumiy 
darajasini xarakterlaydi va bir oyda qazib olinadigan foydali qazilmaning 
ishchilam ing ro ’yxat bo’yicha tarkibiga nisbati bilan aniqlanadi. K o’mir 
karyerlarida ishchilam ing mehnat unum dorligi so ’nggi yillarda 5 baravarga 
ko ’paydi. R uda karyerlarida esa ishchilam ing mehnat unumdorligi so’nggi 1,5 
yilda 2 baravardan k o ’pga o ’sdi. U m um an olganda mamlakat bo’yicha ochiq 
kon ishlaridagi ishchilam ing mehnat unumdorligi yiliga 4-6% ga oshdi.
Foydali qazilm aning tannarxi qazish va ochish ishlariga sarflanadigan 
xarajatlam i o ’z ichiga oladi. Foydali qazilm ani ishlab chiqarish tannarxi uni 
realizatsiya qilish bilan bog’liq b o ’lgan xarajatlam i o ’z ichiga olmaydi. Foydali 
qazilm a tannarxida ochish ishlari uchun sarflangan xarajatlar ulushi 70% yoki 
undan yuqoriga etadi.


Ochiq 
kon 
ishlarining 
iqtisodiy 
ko’rsatkichlari 
kapital 
xarajatlar 
(tadqiqotchilik, geologik qidiruv va tayyorlov ishlari, bino va inshootlami 
qurish, jihozlam i olish, ta ’mirlash va boshqalar uchun sarflanadigan xarajatlar), 
ekspluatatsion xarajatlar (joriy xarajatlar) va qazib olingan foydali qazilmani 
realizatsiya qilishdan kelgan foydalarga bog’liqdir.
Kapital xarajatlar solishtirma kapital xarajatlar bilan baholanadi. Ular kapital 
xarajatlam ing karyeming foydali qazilma bo’yicha yillik ish unumdorligiga 
nisbatiga teng.
Karyem ing ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyati xo’jalik hisobi asosida 
aniqlanadi. Bunda korxonaning xarajat o ’rnini to’ldirishi uning o ’zining xususiy 
foydasi (qazib olingan foydali qazilmani realizatsiya qilish yo’li orqali) hisobiga 
am alga oshadi. Karyeming xo’jalik tizimidagi ishi ikki ko’rsatkich - foyda va 
rentabellik bilan aniqlanadi. Karyeming yillik foydasi foydali qazilmani 
realizatsiya qilishdan tushgan foydasi va uning tannarxi o ’rtasidagi farq bilan 
aniqlanadi. K aryem ing rentabelliligi yillik foydaning karyer foydalanishida 
b o ’lgan (asosiy ishlab chiqarish fondlari va normalangan aylanma vositalar) 
vositalarning umumiy qiymatiga nisbati bilan aniqlanadi.
M amlakat karyerlarining rentabelliligi 5-20% chegarasida o’zgarib turadi. 
O ’zining 
mohiyati 
bo’yicha 
rentabellik 
karyeming 
foydaliligi 
bilan 
xarakterlanadi va amaldagi karyerlaming xo’jalik va iqtisodiy faoliyatini nisbiy 
baholash uchun k o ’rsatkich bo ’lishi mumkin.
Kon va transport uskunalarining ish unumdorligi uning quvvati, qazib 
olinadigan tog’ jinsining fizik-texnik xarakteristikasi va vaqt bo’yicha 
uskunalardan foydalanish darajasiga bog’liq. Texnik taraqqiyot natijasida bu 
k o ’rsatkich tizimli ravishda o ’sib boradi.

Download 8,39 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139




Download 8,39 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 .2 .  OCHIQ USULDA QA7.IM OLISHNING O'ZIGA HOSLIKLARI VA

Download 8,39 Mb.
Pdf ko'rish