|
Dunnuryoda
ilmspektrdan
|
bet | 3/13 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 365,83 Kb. | | #103965 |
Bog'liq Ochiq dars tex xaritasi may oxirgiDunnuryoda
ilmspektrdan
boshinfraqaqizil
narentgenjot
yo‘ultraq
vyorug ‘lika
bo‘lbinafshamagay
Dunnuryoda
ilmspektrdan
boshinfraqaqizil
narentgenjot
yo‘ultraq
vbinafshaa
bo‘lyorug‘likmagay
Dars shiori:
“Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay”. Imom Buxoriy
Asosiy tushunchalar:
Nur, spektr, infraqizil, rentgen, ultrabinafsha, yorug‘lik
Baholash mezoni
Axborot
|
Mazkur bosqichning maqsadi – o‘quv xonadagi barcha o‘quvchilarga fanga oid ilmiy-amaliy ma’lumotlarni taqdim etish, oquvchilarning tanlagan mutaxassisligi doirasida yetarlicha kompetensiyalarga ega bo‘lishlarini ta’minlashdan iborat. Bunda ma’lumot va ma’lumotlar manbasini berish, tushuntirish, suhbat- munozara otkazish va pedagogik usullardan foydalaniladi
|
Итувчт
иDARSNING NAZARIY ASOSI VA BAYON ETILISHI
Mavzu: Elektromagnit to‘lqinlar shkalasi
Reja:
Kirish
1. Infraqizil nurlanish
2. Ultrabinafsha nurlanish
3. Rentgen nurlari
Xulosa
Kirish
XIX asrning 60-yillarida ingliz olimi Maksvell elektr va magnit hodisalarning yagona elektromagnit maydon nazariyasini yaratdi. Bu nazariyada ikkita muhim g‘oya yotadi.
Vaqt davomida o‘zgaruvchi magnit maydon o‘zgaruvchan elektr maydonni yuzaga keltiradi.
Vaqt davomida o‘zgaruvchi elektr maydon o‘zgaruvchan magnit maydonni yuzaga keltiradi.
Elektromagnit to‘lqin xossalari:
Elektromagnit to‘lqin ko‘ndalang to‘lqinlarga kiradi, ya’ni elektr maydon kuchlanganligi E, magnit induksiya vektori B va to‘lqinning tarqalish tezligi o‘zaro perpendikulyar tekislikda sodir bo‘ladi. ( , , ).
Elektromagnit to‘lqinlar vakuumda yorug‘likning vakuumdagi tezligiga teng tezlik bilan tarqaladi.
Elektromagnit to‘lqinlarning tezligi va to‘lqin uzunligi muhitning elektr va magnit xossalariga bog‘liq, chastotasi esa barcha muhitlarda o‘zgarmaydi.
.
Bu yerda ε va μ – muhitning dielektrik va magnit singdiruvchanligi, (ε = μ = 1):
ε0 va μ0 – elekt va magnit doimiysi: ε0 = 8,85·10–12 F/m, μ0 = 1,256·10–6 Gn/m.
Elektromagnit to‘lqinning muhitdagi tarqalish tezligi ,
Bu yerda - muhitning absolyut sindirish ko‘rsatkichi.
; ; elektromagnit to‘lqinning chastotasi va davri
; ;
Elektromagnit to‘lqin uchun quyidagi formula o‘rinli
.
J. Maksvell vakuumdagi elektromagnit to‘lqinlar tezligining qiymatni nazariy jihatdan bashorat qilgan. Hozirgacha o‘rganilgan elektromagnit to‘lqinlar diapazoni nihoyatda keng (10-15 m dan 106 m gacha). Elektromagnit maydon fazoda to‘lqin bo‘lib tarqaladi. Elektromagnit to‘lqinni birinchi bo‘lib Genrix Gers hosil qilgan. Elektromagnit to‘lqin- elektromagnit maydonning to‘lqin ko‘rinishida fazoda tarqalishidir.
Elektromagnit to‘lqinlar shkalasi chastotasi ortib borish tartibida quyidagicha ifodalanadi.
1. Radioto‘lqinlar
2.Infraqizil nurlanish
3. Ko‘zga ko‘rinadigan nurlanish
4. Ultrabinafsha nurlanish
5. Rentgen nurlari
6. Gamma nurlanish.
Elektromagnit to‘lqin barcha muhitlarda tarqaladi. Elektromagnit to‘lqinlar faqat metallarda tarqalmaydi.
Ko‘zga ko‘rinadigan yoruglik nuri elektromagnit to‘lqinining bir turidir. Quyosh nafaqat ko‘zga ko‘rinadigan yorug‘lik nuri, balki infraqizil va ultrabinafsha nurlarini ham chiqaradi. Insonlar elektromagnit to‘lqinlarni to‘lqin uzunligiga qarab turlicha his etadi. Inson ko‘zlari to‘lqin uzunligi 380 nm va 760 nm (ko‘zga ko‘rinadigan yorug‘lik nuri) orasidagi to‘lqinlarni ilg‘ay oladi. Yorug‘lik nurlari elektromagnit to‘lqinlar tarzida tarqaladi. Bunda har bir yorug‘lik rangiga bu to‘lqinlarning ma’lum uzunlikdagisi to‘g‘ri keladi.
|
| |