• MAKTUB ” METODI TOPSHIRIQLARI
  • To‘lqin” guruhiga
  • Mashg‘ulotda foydalaniladigan vositalar




    Download 365.83 Kb.
    bet8/13
    Sana23.11.2023
    Hajmi365.83 Kb.
    #103965
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    Ochiq dars tex xaritasi may oxirgi
    Togarak-malumotnoma, Курс иши тўғрилангани eski, 1 03 Касбий фаолиятда ахборот технологиялари
    Mashg‘ulotda foydalaniladigan vositalar. O‘quvchi dars jarayonida o‘zlashtirib olishlari uchun mo‘ljallangan materiallar (yangi mavzu bo‘yicha taqdimot, qisqa matnlar, ma'lumotlar).

    Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi: Ushbu texnologiya quyidagi tartibda o‘tkaziladi:

    • O‘quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi (“Zarra”, “To‘lqin”).

    • O‘quvchilar tomonidan mavzu o‘zlashtirilishini ta’minlash maqsadida o‘qituvchi har bir guruh o‘quvchilariga maktubda kichik matnlar taqdim etadi.

    • O‘quvchilar maktubdagi kicik matnlarni o‘zlashtirishlari lozim. Xotirada saqlab qolgan tushunchalarni, ta’rif, formula, qonunlarni bayon qilishlari so‘raladi.

    • Qolgan o‘quvchilardan mavzuni tinglashlari va o‘rtoqlari bildirgan fikrni to‘ldirishlari talab qilinadi.

    • Bu metod o‘quvchilarni mustaqil o‘rganishga, ijodiy fikrlashga, o‘z fikrini erkin bayon etishga, nutqini rivojlantirishga, o‘z-o‘ziga ishonch tuyg‘usi shakllanishiga olib keladi.

    • O‘quvchilar mavzuni bayon qilishidagi faoliyatiga qarab individual baholanadilar.

    • O‘qituvchi mavzuni umumlashtiradi.




    MAKTUB ” METODI TOPSHIRIQLARI:


    Zarra” guruhiga:
    1. 1800-yilda Uilyam Gerthel Quyosh nurlarini o‘rganish jarayonida tekshiriladigan asboblarning Quyosh nurlari ta’sirida qizib ketishini kamaytirish yo‘lini izlaydi. Temperaturani o‘lchaydigan sezgir asbob yordamida Quyoshdan hosil qilingan spektrning turli ranglariga mos kelgan joylarning temperaturalarini o‘lchaydi. Uilyam Gershel maksimum qizish, to‘yingan qizil nurdan keyin, ko‘rinmaydigan sohaga to‘g‘ri kelishini payqaydi.
    2. Ko‘zga ko‘rinmaydigan bu nurlar infraqizil nurlar deb ataldi. Shundan boshlab infraqizil nurlanishni o‘rganish boshlandi. Infraqizil so‘zining ma’nosi- qizildan pastroq chastotali-issiq nur.
    Infraqizil nurlanishning xususiyatlari quyidagicha:

    • Ular ko‘rinadigan spektrdan tashqarida bo‘lgan elektromagnit nurlanish shaklidir (biz uni oddiy ko‘z bilan ko‘ra olmaymiz).

    • Ularning to‘lqin uzunligi 760 nm dan 0,1 mmgacha oraliqda yotadi.

    • U harorati absolyut noldan yuqori bo‘lgan barcha jismlar, xususan, tirik mavjudotlar tomonidan chiqariladi va sirt issiqligining bir shakli sifatida qabul qilinadi.

    3. Yoritilganlik bo‘yicha xalqaro komissiya infraqizil nurlanishni uch guruhga bo‘lishni tavsiya qiladi:
    1. Yaqin infraqizil diapazon : 700 nm– 1400 nm;
    2. O‘rta infraqizil diapazon : 1400 nm– 3000 nm;
    3. Uzoq infraqizil diapazon : 3000 nm–1 mm.
    4.Inson ko‘zi infraqizil nurlarni ko‘rmasa-da, boshqa jonivorlar bu diapazonda ko‘ra oladi. Masalan, ayrim ilonlar ham ko‘zga ko‘rinadigan, ham infraqizil diapazonda ko‘rish qobiliyatiga ega. Baliqlardan piranya va oltin baliq deb ataluvchi turlari ham infraqizil diapazonda ko‘radi. Chaqadigan chivinlar ham infraqizil nurlar orqali ko‘rib, tananing qonga eng to‘yingan joyini topib qonni so‘radi.
    5. Infraqizil nurlanish manbalari:
    Quyosh, yulduzlar, qizdirilgan jismlar,volfram tolali cho‘g‘lanma lampa.
    Infraqizil nurlarning zararli tomoni ham bor. Temperaturasi yuqori bo‘lgan manbalarga qaralganda ko‘zning yoshlanish qobig‘ini quritishi mumkin.
    Infraqizil nurlanish bugungi kunda ko‘plab sohalarda qo‘llaniladi:
    Tunda ko‘rish uskunalari. Masofadan boshqarish pultlari. Infraqizil raqamli uzatish.
    6. Astronomiyada spektroskopik o‘rganish. Sovuq yulduzlar atmosferasidagi infraqizil nurlanishni o‘lchash orqali astronomlar ularda mavjud bo‘lgan kimyoviy elementlarni o‘rganishga qodir. Ushbu nurlar kosmosdagi molekulyar bulutlarni o‘rganish uchun ham ishlatiladi.Hushyorlik va xavfsizlik. Yopiq muhitda harorat darajasini o‘lchash, pandemiya davrida aeroportlarda qo‘llaniladigan kuzatuv va xavfsizlikning yangi shakllariga, harakatlanayotgan odamlarning massasida g‘ayritabiiy harorat darajasini aniqlashga imkon beradi.
    To‘lqin” guruhiga:

    1. Nemis fizigi Iogann Ritter 1801-yilda yorug‘lik ta’sirida parchalanadigan kumush xloridning spektrini binafsha qismidan keyin keladigan qismiga qo‘yilsa, tezroq parchalanishini kuzatadi. Ultrabinafsha so‘zining ma’nosi- binafshadan kattaroq chastotali-to‘q binafsha.

    2. Ultrbinafsha nurlanishning xususiyatlari quyidagicha:

      • Ular ko‘rinadigan spektrdan tashqarida bo‘lgan elektromagnit nurlanish shaklidir (biz uni oddiy ko‘z bilan ko‘ra olmaymiz).

      • Ularning to‘lqin uzunligi 10 nm dan 380 nmgacha oraliqda yotadi.

      • U harorati 3000 K dan yuqori bo‘lgan jismlar tomonidan chiqariladi.

    1. Ultrabinafsha nurlarni shartli ravishda to‘rt guruhga bo‘lish tavsiya qilingan:

    1. Yaqin ultrabinafsha diapazon : 400 nm–315 nm;
    2. O‘rta ultrabinafsha diapazon : 300 nm– 200 nm;
    3. Uzoq ultrabinafsha diapazon : 200 nm–122 nm.
    4. Ekstremal ultrabinafsha diapazon : 121 nm–10 nm.
    4. Ultrabinafsha nurlarning Yerdagi asosiy manbayi Quyosh hisoblanadi. Yer sirtiga yetib keladigan ultrabinafsha nurlarning miqdori atmosferadagi azonning konsentratsiyasiga, Quyoshning gorizontdan balandligiga, dengiz sathidan balandligiga, atmosferada sochilishiga, havoning bulutliligiga bog‘liq.
    5. Ultrbinafsha nurlar inson terisiga ta’sir etib, uni qoraytiradi. Ko‘pgina polimerlarning rangi o‘chadi, yoriladi, ba’zan to‘la parchalanib ketadi. Ko‘rinmaslik, kimyoviy va biologik faollik xosdir; shisha, muz, suv, qor, yomg‘ir tomonidan yutiladi; kiruvchanlik qobiliyati nihoyatda katta. Ultrabinafsha nurlar yer atmosferasi tomonidan kuchli yutiladi.
    6. Ultrbinafsha nurlardan kundalik turmushda va texnikada keng foydalaniladi. Ultrbinafsha nurlardan xonalarni dezinfikatsiyalash, qalbaki hujjat va banknotlarni aniqlash, suv, havo va turli yuzalarni turli bakteriyalardan zararsizlantirish, kimyoviy reaksiyalarni jadallashtirish, minerallarni analiz qilish, hasharotlarni zararsizlantirishda va boshqalarda foydalaniladi.



    Download 365.83 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 365.83 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mashg‘ulotda foydalaniladigan vositalar

    Download 365.83 Kb.