O chiqdarsi shlanmas I




Download 365.83 Kb.
bet4/13
Sana23.11.2023
Hajmi365.83 Kb.
#103965
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Ochiq dars tex xaritasi may oxirgi
Togarak-malumotnoma, Курс иши тўғрилангани eski, 1 03 Касбий фаолиятда ахборот технологиялари
Infraqizil nurlanish
1800-yilda ingliz olimi Uilyam Gershel Quyoshni tadqiq qilish jarayonida tekshiriladigan asboblarning Quyosh nurlari ta’sirida qizib ketishini kamaytirish yo‘lini izlaydi. Temperaturani o‘lchaydigan sezgir asbob yordamida Quyoshdan hosil qilingan spektrning turli ranglariga mos kelgan joylarining temperaturalarini o‘lchaydi.
Uilyam Gershel maksimum qizish, to‘yingan qizil nurdan keyin, ko‘rinmaydigan sohaga to‘g‘ri kelishini payqaydi. Ko‘zga ko‘rinmaydigan bu nurlar infraqizil nurlar deb ataladi. Shundan boshlab infraqizil nurlanishni o‘rganish boshlandi.
Yoritilganlik bo‘yicha xalqaro komissiya infraqizil nurlanishni uch guruhga bo‘lishni tavsiya qiladi:
1. Yaqin infraqizil diapazon (NIR): 700 nm– 1400 nm;
2. O‘rta infraqizil diapazon (MIR): 1400 nm– 3000 nm;
3. Uzoq infraqizil diapazon (FIR): 3000 nm–1 mm.
Yaqin infraqizil nurlanishni qayd etish uchun maxsus fotoplastinkalardan foydalaniladi. Ularni tadqiq qilishda sezgirligi kengroq diapazonda ishlaydigan fotoelektrik detektorlar va fotorezistorlardan foydalaniladi. Uzoq infraqizil diapazondagi nurlanishni qayd etish uchun infraqizil nurlanishga sezgir detektor – bolometrlardan foydalaniladi.
Inson ko‘zi infraqizil nurlarni ko‘rmasa-da, boshqa jonivorlar bu diapazonda ko‘ra oladi. Masalan, ayrim ilonlar ham ko‘zga ko‘rinadigan, ham infraqizil diapazonda ko‘rish qobiliyatiga ega. Baliqlardan piranya va oltin baliq deb ataluvchi turlari ham infraqizil diapazonda ko‘radi. Chaqadigan chivinlar ham infraqizil nurlar orqali ko‘rib, tananing qonga eng to‘yingan joyini topib qonni so‘radi.
Infraqizil nurlarning zararli tomoni ham bor. Temperaturasi yuqori bo‘lgan manbalarga qaralganda ko‘zning yoshlanish qobig‘ini quritishi mumkin.
Infraqizil nurlanishning xususiyatlari quyidagicha:

  • Ular ko‘rinadigan spektrdan tashqarida bo‘lgan elektromagnit nurlanish shaklidir (biz uni oddiy ko‘z bilan ko‘ra olmaymiz).

  • Ularning to‘lqin uzunligi 760 nm dan 0,1 mmgacha oraliqda yotadi.

  • U harorati absolyut noldan yuqori bo‘lgan barcha jismlar, xususan, tirik mavjudotlar tomonidan chiqariladi va sirt issiqligining bir shakli sifatida qabul qilinadi.

Infraqizil nurlanish bugungi kunda ko‘plab sohalarda qo‘llaniladi:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 365.83 Kb.