|
O‘. O. Tohirov, D. S. Mirahmedova, Z. S. Shamsiyeva texnologiya metodik qo‘llanma umumiy o‘rta ta’lim maktablarining Pdf ko'rish
|
bet | 102/161 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 4,99 Mb. | | #123284 |
Bog'liq 5-sinf Texnologiya METODIKA metodik qo‘llanma
5-sinf darsligi bo‘yicha
Keling, darslikda berilgan matnni guruhlarda “Bumerang” texnolo
giyasidan foydalanib о‘rganamiz.
“Bumerang” texnologiyasining qо‘llanilishi.
Mustaqil о‘rganishlari uchun matnlar tarqatiladi.
Masalan:
1guruhga:
Kiyim haqida ma’lumot.
2guruhga:
Bichish va tikish haqida ma’lumot.
3guruhga:
Modellash va konstruksiyalash haqida ma’lumot.
Guruhlar tо‘g‘ri javoblari bо‘yicha tо‘plagan ballari guruh a’zolari
о‘rtasida teng taqsimlanadi. Faol ishtirokchilar rag‘batlantiriladi.
iV. yangi о‘quv materialni mustahkamlash va о‘quvchilar bilimini
baholash. (15 daqiqa)
Keling suhbatlashamiz. Biz bilamizki, moda doimiy о‘zgarib tu
ruvchi, kiyimlarning navbati bilan almashinuvidir. Nima deb о‘ylaysiz?
Yangi kiyim modelini kim yaratadi? Kim modellashtiradi? Chizmasini
chizadi? Bichadi va yakunida tikadi?
Ishlab chiqarish korxonalarida ushbu jarayonni quyidagi kasb
egalari amalga oshiradi. Ushbu kasblarni egallash uchun esa, di
zaynerlik kasbhunar maktablariga о‘qishga kirish kerak bо‘ladi.
Buning uchun insonda rasm chizishga iqtidori yetarli bо‘lishi kerak.
Chunki moda yaratishda nozik qalam egasi bо‘lish talab etiladi.
Bundan tashqari, matematika, geometriya, chizmachilik, informatika
fanlarini ham yaxshi о‘zlashtirish kerak bо‘ladi.
Yangi mavzuga taalluqli fikrlar ishchi daftarga yozdiriladi. Dars
jarayonida faol ishtirok etgan о‘quvchilar baholanadilar.
V. Darsni yakunlash. (5 daqiqa)
Uyga vazifa: Darslikda mustahkamlash uchun berilgan savollarga
javob yozib kelish. Keyingi darsda kerak bо‘ladigan asbobuskunalarni
olib kelish.
27–28-dars. О‘LChOV OLiSh VA hiSOBLASh FORMULASi.
9-amaliy mashg‘ulot.
О‘LChOV OLiSh VA hiSOBLASh FORMULASi. (2 soat)
|
| |