• Struktur sxemalar
  • O oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ‘zbekiston respublikasi termiz muhandislik-texnologiya instituti




    Download 3,64 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/59
    Sana09.02.2024
    Hajmi3,64 Mb.
    #153757
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   59
    Bog'liq
    LJAA fani ma\'ruzalar

    sohalariga bo`linishi. ESKD bo`yicha sxemaning printsipial, funktsional, struktur 
    turlariga bo`linishi blokli-ierarxik loyihalash printsiplarini ifodalaydi. 
    Printsipial sxemalar bazaviy elementlarning umumiy yig‘indisini va ular 
    orasidagi bog‘lanishni aniqlaydi va mahsulotning ishlash printsipi haqidagi detalli 
    ko`rinishni beradi. 
    Struktur sxemalar iloji boricha umumiy va kamroq detalli ko`rinishli bo`lib, 
    ob`ektning asosiy funktsional qismlarini, ularning belgilanishi va o`zaro bog‘lanishini 
    aniqlaydi. 
     
    3.3. Blokli-ierarxik loyihalash usuliga misollar. 
    Raqamli hisoblash apparaturalarini loyihalashda ierarxik bosqichlarga bo`linish 
    mavjud (5-rasm, bu erda: LE – mantiqiy element, FU – funktsional uzel, FUS – 
    funktsional qurilma, FK – funktsional majmua). 
    Eng quyi bosqichda mantiqiy element LE larga ega bo`lgan printsipial sxemalar 
    loyihalanadi, keyingi bosqichda funktsional sxemalar loyihalanadi, ular ba`zan FU lar 


    element sifatida qaralganda registr sxemalari deb yuritiladi. So`ngra, FUS lar element 
    sifatida olinib, struktur sxemalar quraladi. Apparatura va jarayonlarni loyihalashning 
    ko`p sonli bosqichlarga bo`linishini tez-tez uchratish mumkin. Masalan, raqamli 
    apparaturalarni ishlab chiqishda funktsional sxema bosqichi mantiqiy hamda registr 
    sxemalarini loyihalash kabi ost bosqichlarga bo`linadi. Struktur sxemalarni loyihalash 
    bosqichida esa, alohida hisoblash mashinalarining struktur sxemalarini va hisoblash 
    sistemalarining va tarmoqlarining struktur sxemalarini loyihalash ost bosqichlarini 
    ajratish mumkin. 
    Konstruktorlik ierarxiyasi har doim ham funktsionalga mos kelavermaydi, 
    masalan hisoblash mashinalari konstruktsiyasida quyidagi ierarxik bosqichlari farq 
    qiladi: 
    1) Konstruktsiyalash ob`ekti – ustun, u rom va manba bloki hamda sovo`tish 
    sistemasi kabi qo`shimcha qurilmalardan iborat bo`ladi; 
    2) Romlarni konstruktsiyalash, bu panellardan iborat; 
    3) Panellarni konstruktsiyalash, bu toifali almashtirish elementlaridan (TEZ) 
    to`zilgan; 
    4) TEZ ni konstruktsiyalash, bu bosqich elementlari modullarni hosil qiladi 
    [2’4]. 
    Loyihalashning blokli-ierarxik usuliga navbatdagi misol tariqasida ASTxPP – 
    ishlab chiqarish strukturasini keltirish mumkin. Ba`zi hollarda texnologik 
    jarayonlarni loyihalash konstruktorlik loyihalashiga tor doirada bog‘langan bo`ladi, 
    shuning uchun texnologik jarayonlarni loyihalash ierarxiyasi xuddi konstruktorlik 
    ierarxiyasi kabi bo`ladi. Ammo, ba`zida ASTxPP etarlicha o`ziga xos bo`ladi, bunday 
    holda texnologik jarayonlarni loyihalash quyidagi asosiy ierarxik bosqichlari bilan 
    farq qiladi: 1) yo`nalishli texnologiya; 2) operatsion texnologiya; 3) asbob va 
    moslama. 
    ESKD bo`yicha mashinasozlik mahsulotlari ierarxiyasi aniqlangan bo`lib, u o`z 
    ichiga quyidagi bosqchlarni oladi: 1) detallar, 2) yig‘ma birliklar, 3) majmualar, 4) 
    to`plamlar (masalan, tishli g‘ildirak, val, metall ponacha – bular reduktorga kiruvchi 
    detallardir; reduktor yig‘ma birlik bo`lib, o`z navbatida stanok elementi hisoblanadi; 
    stanok yanada yuqoriroq bosqich yig‘ma birligi bo`lib, u stanoklar majmuasi – 
    uzluksiz liniya elementi bo`lishi mumkin). 
    Optik sistemalarni loyihalashda chetki o`lchovlari bo`yicha ishlab chiqarishning 
    uchta ierarxik bosqichlarini ajratish mumkin. eng yuqori A bosqichda struktur sxema 
    aniqlanadi, ya`ni sistema uzellarining soni, ularning o`zaro joylashuvi, taxminiy 
    o`lchamlari va fokus masofalari aniqlanadi. Bu bosqichni gabarit (o`lcham) hisob-
    kitoblari deb atash qabul qilingan. O`rta bosqich B da uzellarni konstruktsiyalash 
    amalga oshiriladi, quyi bosqich V da uzel elementlari – linza, ko`zgu va shu kabilar 
    loyihalanadi. 
    Hisoblash jarayonlarini loyihalashning ham o`rganib chiqish va ishlab chiqish 
    ierarxiyasi mavjud. Bu erda quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin: 
    1) Modul‘ tarkibini, ular orasidagi informatsion bog‘lanishlarni, informatsion 
    massivlar strukturasini ishlab chiqish, ya`ni dasturiy majmuaning 
    yaxlitlangan blok-sxemasini ishlab chiqish; 
    2) Alohida modullarning struktur sxemalarini ishlab chiqish; 


    3) Har bir blokka tanlangan dasturlash tilida yozish. 
    ФК 
    ФУС 
    ФУ 
    ЛЭ 
    ФУС 
    ФУ 
    ЛЭ 
    5-rasm. Raqamli apparaturalarni loyihalashning ierarxik bosqichlari. 
    Олдинги лойиҳалаш босқичидан 
    Синтез 
    Оптималлаш 
    Йўқ 
    Ҳа 
    Структуралар синтези 
    Моделларни тузиш 
    Ички параметрларнинг чиқиш 
    катталикларини ҳисоблаш 
    Анализ 
    Ишлаш шарт-
    шароитлари 
    бажариляптими? 
    Бошқарилувчи катта-
    ликларни ўзгартириш 
    Техник ҳужжатларни расмийлаштириш 
    Элементларни ишлаб чиқишда ТТ ни ифодалаш 
    ТТ
    н
    и 
    ко
    рр
    ек
    тл
    аш
    га
    6-rasm. Navbatdagi ierarxik bosqichdagi loyihalash jarayonining sxemasi. 
    Loyihalanayotgan ob`ektning blokli-ierarxik berilishini gorizontal bosqichlarga 
    taqsimlanish deb atash mumkin. Masalan, 5-rasmda gorizontal bosqichlar deb, LE 
    bosqichi, FU bosqichi va shu kabilar olinadi. O`z navbatida gorizontal bosqichlarda 


    sxemani, konstruktsiyani, texnologiyani loyihalash masalalarini ajratish mumkin. 
    Sxemani loyihalash masalalarining to`plamini ko`pincha loyihalashning funktsional 

    Download 3,64 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   59




    Download 3,64 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ‘zbekiston respublikasi termiz muhandislik-texnologiya instituti

    Download 3,64 Mb.
    Pdf ko'rish